Robiddinova Muxlisa Sahobiddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Tarkibida azot va oltingugurt birikmalari saqlovchi yuqori intensiv ftalotsiyanin pigmentlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4117.
Ilmiy rahbar: Sherquziev Doniyor Shermamatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Adilov Ravshan Irkinovich, texnika fanlari doktori, professor; Eshqurbonov Furqat Bozorovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarkibida azot va oltingugurt saqlovchi yuqori intensiv ftalotsiyanin pigmentlarini sintez qilish  hamda turli metall tutgan yangi hosilalarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ftal angidrid, ammoniy sulfat, karbamid, noorganik mineral komponentlar va metall tuzlari asosida yangi tarkibli yuqori intensiv ftalotsiyanin birikmalari sintez qilingan;
sintez qilingan azot va oltingugurt saqlovchi yuqori intensiv ftalotsiyanin birikmalari tarkibining haroratga, sintez davomiyligiga, dastlabki tarkibiy qismlarning nisbatiga hamda muhitning pH ga bog‘liqligi asoslangan;
azot va oltingugurt saqlovchi birikmalar asosida yangi tarkibli ftalotsiyaninlar olingan va ularning strukturaviy tahlili hamda termik barqarorligi tajribalar yordamida isbotlangan;
azot va oltingugurt saqlovchi ftalotsiyaninlarning metall komplekslari asosida lok-bo‘yoq qoplamalari olingan va ularning fizik-mexanik va ekspluatatsion xossalari aniqlangan;
ftal angidrid, ammoniy sulfat, karbamid, noorganik moddalar va metall tuzlari asosida yangi tarkibli yuqori intensiv ftalotsiyanin olishning texnologik usuli va ularni olish jarayonining maqbul texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Azot va oltingugurt saqlovchi ftalotsiyanin pigmentlari asosida lok-bo‘yoq materiallarini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarkibida azot va oltungugurt birikmalari saqlovchi ftalotsiyanin pigmentlarini olish texnologiyasi «O‘zcharmsanoat» uyushmasining “2024-2025 yillarda joriy etiladigan istiqbolli ilmiy ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zcharmsanoat» uyushmasining 2024 yil 24 iyuldagi AS-7/2153-son ma’lumotnomasi). Natijada, ftal angidrid, ammoniy sulfat, karbamid, noorganik moddalar, metall tuzlari (CuSO4; NiCl2; CuCl, va CaCl2) va ftal angidrid massasiga nisbatan 1 % miqdorda katalizator qo‘shib azot va oltingugurt saqlovchi yuqori intensiv metall ftalotsiyanin pigmenti olish imkonini beradi;
sintez qilingan azot va oltingugurt saqlovchi yuqori intensiv, yuqori harorat ta’siriga barqaror, faol yorqin metall ftalotsiyanin pigmentlari qo‘shib tayyorlangan alkid emal kompozisiyalari olish  texnologiyasi «O‘zcharmsanoat» uyushmasining “2024-2025 yillarda joriy etiladigan istiqbolli ilmiy ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zcharmsanoat» uyushmasining 2024 yil 24 iyuldagi AS-7/2153-son ma’lumotnomasi). Natijada, tavsiya etilayotgan texnologiya bo‘yicha tayyorlangan pigmentning intensivligi yuqoriligi sababli charm mahsulotining yorqinligi va rang turg‘unligini 2-3 marta ortish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish