Asilbekova Daniya Tolimbekovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Apiales, Fabaceae, Lamiaceae, Primulaceae va Solanaceae oilasiga mansub dorivor o‘simliklar vakillarining lipidlari», 02.00.10–Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/K24.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.27.06.2017.K/V/T.37.01.

Rasmiy opponentlar: Boboev Bahrom Nurillaevich, kimyo fanlari doktori; Salimov Baxodir Taxirovich, kimyo fanlari doktori; Abduraximov Saidakbar Abdurahmonovich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: Apiales, Fabaceae, Lamiaceae, Primulaceae va Solanaceae oilalariga mansub dorivor o‘simliklarning lipidlari tarkibi va tuzilishini hamda lipidli konsentratlar uchun mahalliy o‘simlik xomashyo manbalarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor 30 turdagi o‘simlikning turli organlaridagi lipidlar bo‘yicha yangi ma’lumotlar olinib, Primula capitellata va Primula fedschenkoi urug‘i va er ustki qismida, Cortusa turkestanica urug‘i va barglarida spesifik γ-linolen va stearidon kislotalar identifikatsiya qilingan;

ilk bor Ferula tenuisecta, Ferula kuhistanica, Capsicum annuum va Mandragora turcomanica barglarida geksadekatrien kislotasi topilib, uning miqdori aniqlangan va ushbu o‘simliklar «16:3 o‘simliklar» guruhiga tegishli ekanligi isbotlangan;

Capsicum annuummevasining triatsilgliserinlaridalinol kislotasi atsilgliserollarning sn-2-holatida spesifik bog‘langanligi, Mandragoraturcomanicamevasi va ildizidaesaolein kislotasining ikkilamchi gidroksilga bog‘lanish darajasi yuqoriroq ekanligi aniqlangan;

Phlomus turlarining urug‘ida laballen kislotasi triatsilgliserinlarning chetki gidroksillarida bog‘langanligi, Eleutherococcus sessiliflorus mevasida esa petrozelin kislotasining sn-3-holatda eterifikatsiyalanish darajasi yuqori ekani asoslangan;

spesifik yog‘ kislotalarining bog‘lanmagan shaklda uchrashi va gliserolipidlar molekulasidagi bog‘lanish xususiyatlariga asoslanib, urug‘dagi eterifikatsiyalanmagan va bargdagi galaktolipidlarning yog‘ kislotalari tarkibini o‘simliklar xemosistematikasi uchun qo‘shimcha belgi (marker) sifatida qo‘llash mumkinligi asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Apiales, Fabaceae, Lamiaceae, Primulaceae va Solanaceae oilasiga mansub o‘simliklarning lipidlari va lipofil birikmalari bo‘yicha olingan natijalar asosida:

«terining metabolik jarayonlariga ijobiy ta’sir etuvchi lipidli biokonsentrat olish usuli»ga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 04370, 2009 y.). Natijada mahalliy termopsis o‘simligi xomashyosini kompleks qayta ishlash jarayonida biologik faol lipidli konsentrat olish imkonini bergan;

ordinar va spesifik yog‘ kislotalar tahlili bo‘yicha natijalar Turkiyaning Anadolu universiteti Medical Plant, Drug and Scientific Research Center (AUBIBAM) markazida mahsar va shaftoli mag‘zidan ajratib olingan moylar tarkibidagi kislotalarni identifikatsiyalashda foydalanilgan (AUBIBAMning 2018 yil 20 avgustdagi ma’lumotnomasi). Natijada essensial kislotalarni spektral va xromatografik ma’lumotlari biologik faol lipid tabiatli moddalarni tavsiflash imkonini bergan;

Origanum onites, Capsicum annuum, Termopsis alterniflora va Mandragora turcomanica o‘simliklarining lipidlari kimyoviy tarkibiga oid natijalardan xorijdagi imfakt faktori yuqori bo‘lgan (IF, ResearchGate) 10 dan ortiq ilmiy jurnallarda chop etilgan obzor va maqolalarda (Journal Citation Reports: Journal of Agricultural and Food Chemistry, 2016, Vol. 64,  No 32, P. 6306, IF 3.154; Saudi Journal of Biological Sciences, 2016, Vol. 23, No 3, P. 397, IF 2.564; European Journal of Lipid Science and Technology, 2009, Vol. 111, No 7, P. 705, IF 1.831 va boshqalar) foydalanilgan. Ilmiy natijalar asosida chop etilgan ma’lumotlar lipidlar tuzilishini aniqlash, yog‘ kislotalari va lipofil birikmalarni identifikatsiyalash hamda dorivor va ozuqaviy o‘simliklar bo‘yicha ilmiy materiallarni umumlashtirish imkonini bergan;

Thermopsis alterniflora lipidlariga oid ilmiy ma’lumotlar IFA2012-6-5 raqamli «Sitizin substansiyasini ishlab chiqarishni tashkillashtirish» innovatsion loyihasida xomashyo tarkibidagi neytral va polyar lipidlarning yog‘ kislotalarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 8 maydagi 4/1255-1196-son ma’lumotnomasi). O‘simlik va uni qayta ishlash chiqindilarini tahlil qilish natijalari xomashyoni qayta ishlash jarayonining qaysi bosqichida lipidlarni saqlovchi ikkilamchi mahsulot hosil bo‘lishini aniqlash imkonini bergan;

termopsis o‘simligining ekstraktlarini kimyoviy va farmakologik tahlil qilish natijalari I6-FA-T008 raqamli «Flateron substansiyasini ishlab chiqarishni tashkillashtirish» mavzusidagi innovatsion loyihada xomashyo fosfolipidlarining miqdori va tarkibini aniqlash uchun qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 8 maydagi 4/1255-1196-son ma’lumotnomasi). Ilmiy ma’lumotlar xomashyoni kompleks qayta ishlash texnologiyasi asosida olinadigan lipidli konsentrat tarkibi va faolligini tavsiflash imkonini bergan;

Mandragora, Origanum, Phlomus va Salvia turlariga oid materiallar ushbu o‘simlik turlariga tegishli ilmiy natijalar bilan tizimlashtirish uchun foydalanilgan va SpringerLInk portalining elektron kitoblari kolleksiyasiga joylashtirilgan (https://link.springer.com/referencework/) «Lipids, Lipophilic components and Essential Oils from Plant Sources (New York, London, Springer, 2012, 1-36; 389-548; 873-926 betlar) nomli 2 tomli ma’lumotnomaning tegishli boblariga kiritilgan. Natijada Apiales, Lamiaceae va Solanaceae oilalariga mansub turdosh o‘simliklardagi lipidlar va efir moylarini kimyoviy va farmakologik jihatdan taqqoslash, umumlashtirilgan ilmiy materiallar to‘plamidan esa ilmiy manba sifatida foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish