Mamadalieva Nilufar Zokirjonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Lamiaceae oilasiga mansub dorivor o‘simliklarning kimyoviy tarkibi va biologik faolligi», 02.00.10–Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.DSc/K44.
Ilmiy maslahatchi: Azimova Shaxnoz Sadikovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.27.06.2017.K/V/T.37.01.
Rasmiy opponentlar: Aripova Salimaxon Fozilovna, kimyo fanlari doktori, professor; Muxamedov Rustam Sultanovich, biologiya fanlari doktori, professor; Novak Johannes, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Lamiaceae oilasiga mansub o‘simliklardan tabiiy birikmalarni ajratib olish, ularning kimyoviy tuzilishi, miqdori va biologik faolliklarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Lamiaceae oilasining 16 tur o‘simliklaridan 64 ta metabolitlar ajratilgan va tuzilishlari aniqlangan, shuningdek ushbu tur o‘simliklari efir moylarining kimyoviy tarkibi aniqlangan va identifikatsiya qilingan;
Ajuga turkestanica dan 7 ta yangi ekdisteroid va Phlomis thapsoides dan yangi birikma – 6,10,17-trimetil-2-oktadekanon ajratib olingan va tuzilishlari isbotlangan;
Scutellaria immaculata va S. ramosissima dan tegishlicha, 9 ta va 12 ta flavonoidlar, Thymus seravschanicus dan esa 4 ta flavonoid, 2 ta fenol birikmalari, 3 ta monoterpenlar aniqlangan va identifikatsiya qilingan;
Ajuga turkestanica, Leonurus panzerioides, L. turkestanicus, Thymus seravschanicus va 5 ta Phlomis turlaridagi marker birikmalar – ekdisteroid, iridoid va alkaloidlarning miqdori aniqlangan;
Ajuga turkestanica, Scutellaria immaculata, S. ramosissima, T. seravschanicus o‘simliklarini sitotoksik vositalar olish uchun yangi manbalar sifatida foydalanish mumkinligi asoslangan;
Salvia officinalis dan mikrobga qarshi birikma metilkarnozat ajratib olingan, shuningdek Ajuga turkestanica va Scutellaria ramosissima ekstraktlari yangi mikroblarga qarshi komponentlarning samarali manbai ekanligi aniqlangan;
Scutellaria immaculata va Thymus seravschanicus ekstraktlari va individual moddalari, shuningdek Nepeta alatavica efir moyidanantioksidant sifatida foydalanish mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Lamiaceae oilasiga mansub o‘simliklarning kimyoviy tarkibi va biologik faolliklarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Lamiaceae oilasi o‘simliklarining metabolitlarini ajratish va ularning biologik faolliklarini tekshirish bo‘yicha olingan natijalar Germaniyaning Geydel`berg universitetining ilmiy loyihalarida flavonoid, efir moylari, iridoid, ekdisteroidlar sinfiga oid birikmalarni kimyoviy tavsiflashda va ular orasidan biofaollarini aniqlashda foydalanilgan (Geydel`berg universitetining 2018 yil 29 maydagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar Ajuga, Nepeta, Phlomis, Salvia, Scutellaria, Thymus turkum o‘simliklarini sitotoksik, antioksidant va mikroblarga qarshi faolliklarga ega komponentlarini aniqlash imkonini bergan;
ajratib olingan 8 ta yangi moddalarning kimyoviy tuzilishlari va fizik-kimyoviy xususiyatlari aniqlanib, Amerikadagi xalqaro CAS ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (Chemical Abstract Service, https://www.cas.org /products /scifinder). Natijada bazaga CAS 1990464-65-7, 1922072-71-6, 1922072-72-7, 1922072-73-8, 1922072-74-9, 1922072-75-0, 190513-08-7, 710948-24-6 raqamlari ostida kiritilgan yangi birikmalar o‘xshash moddalarning tuzilishi va xususiyatlarini tavsiflashda taqdim etilgan ma’lumotlardan foydalanish imkonini bergan;
Lamiaceae oilasi o‘simliklarining kimyoviy tarkibi va biologik faolliklarini tadqiq qilish natijalaridan 130 dan ortiq xorijdagi impakt faktori yuqori jurnallarda chop etilgan ilmiy ishlarda o‘simliklardan ajratib olingan birlamchi va ikkilamchi metabolitlarni kimyoviy va miqdoriy jihatdan tavsiflashda, shuningdek antioksidant, sitotoksik, mikrob va zamburug‘larga qarshi faolliklarini aniqlashda foydalanilgan (Frontiers in Pharmacology, 2018, 9(566), ResearchGate (RG), IF-4.04; Food Chemistry, 2015, 182(1), RG, IF- 4.76; Molecules, 2017, 22(9), RG, IF-2.80 va h). Natijalar Lamiaceae oilasi o‘simliklarining kimyoviy tarkibi va biologik faolliklari to‘g‘risida ma’lumotlar olish imkonini bergan;
O‘zbekistonda o‘suvchi 2 turdagi Scutellaria o‘simliklarining kimyoviy va biologik faolliklarini tadqiq qilish natijalaridan 60 dan ortiq xorijiy impakt faktori yuqori jurnallarda chop etilgan ilmiy ishlarda LC-MS yordamida flavonoidlarni identifikatsiya qilishda va o‘simlik komponentlarining in vitro sharoitida biologik faolliklarini tavsiflashda foydalanilgan (Biotechnology Advances, 2014, 32(6), RG, IF-4.33; Critical Reviews in Food Science and Nutrition, 2017, 57(9), RG, IF-6.02; Jour Pharm Pharmacology, 2018, 70(7), RG, IF-2.31 va h). Natijalar Scutellaria turkum o‘simliklarining flavonoidlari tarkibi, shuningdek antioksidant, sitotoksik, triponosoma va mikroblarga qarshi faolliklari to‘g‘risida ma’lumotlar olish imkonini bergan;
dunyo bo‘yicha mavjud ilmiy adabiyotlarda keltirilgan ekdisteroidlarning kimyosi va biologik xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tizimlashtirilgan tarzda xalqaro Springer (Amerika) nashriyoti tomonidan chop etilgan 10 tomli «Natural compounds: Plant Sources, Structure and Properties» to‘plamga kiruvchi muallif tomonidan tayyorlangan «Phytoecdysteroids» tomiga (2013, 6-tom, 1–308-betlar. https://link.springer. com/referencework/10.1007%2F978-1-4614-0543-6#about) kiritilib, Lamiaceae oilasi o‘simlik turlaridan, jumladan, Ajuga turkestanica dan ajratib olingan ekdisteroidlarning kimyoviy tuzilishi, fizik-kimyoviy xususiyatlari va farmakologik faolliklari natijalari keltirilgan. Natijalar xorijiy universitet va institutlarda keng qo‘llanilib, olimlar, tadqiqotchilar va magistrantlarga ekdisteroidlar bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar olish imkonini bergan.