Axmedov Farxod Qaxramonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Preeklampsiya bilan asoratlangan homilador ayollarda markaziy gemodinamika va buyrak qon aylanishining adaptatsion mexanizmlari», 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib5.

Ilmiy rahbar: Negmatullaeva Mastura Nurullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.

Rasmiy opponentlar: Karimova Feruza Javdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor;Sultonov Saidazim Nosirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: homiladorlik davrida markaziy gemodinamika va buyrak qon oqimining moslashuv mexanizmlari monitoringi asosida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni o‘z vaqtida prognozlash va homiladorlik hamda tug‘ruqlarni olib borish taktikasini tanlash uchun preeklampsiyani erta tashxislash imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

preeklampsiyaning o‘ziga xos rivojlanishini aniqlashda miokardning morfofunksional xususiyatlarini tavsiflovchi (chap qorincha miokard massasi va indeksi, chap qorincha orqa devori qalinligi, qorinchalararo to‘siq qalinligi, devorning nisbiy qalinligi, disproporsionallik koeffisienti), umumiy pereferik tomir qarshiligining oshishi va haydalish fraksiyasining kamayishi orqali namoyon bo‘ladigan klinik belgilari va metabolik markerlar (siydik kislotasi)ning laborator ko‘rsatkichlari aniqlangan;

homilador ayol yurak geometriyasi, uning buyrak qon oqimi hamda preeklampsiya bilan asoratlangan homilador ayollarda yurakning funksional faolligi va preeklampsiyaning klinik ko‘rinishlari orasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan;

preeklampsiyaning erta davrlarini tashxislashda siydikning biokimyoviy skriningi, buyrak qon oqimi va chap qorincha geometriyasining doplerometrik usulda aniqlashning optimal muddatlari ishlab chiqilgan;  

preeklampsiya bilan asoratlangan homilador ayollarda yurak va buyrak gemodinamikasi klinik ko‘rsatkichlarining o‘zaro bog‘liqligi va bashoratga ega ahamiyati baholangan. 

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Ayollarda homiladorlik vaqtida gipertenziv holatlarni, diagnostikasini va prognozlashga ega ahamiyatini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Preeklampsiya kechishida gemodinamik buzilishlarning zamonaviy jihatlari» mavzusida uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2013 yil 25 martdagi 8n-d/50-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma preelampsiya bilan asoratlanishni erta tashxislash, klinik kechishini aniqlash, laborator tashxislash va davolashning optimal variantini tanlashga imkoniyat yaratgan;

preeklampsiya bilan asoratlangan homilador ayollarda markaziy gemodinamika va buyrak qon aylanishini tashxislash va davolash samaradorligini  oshirish bo‘yisa olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi va Jondor tuman tug‘ruqxonasi akusherlik bo‘limi amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 24 avgustdagi 8n-d/45-son va 2018 yil 12 iyundagi 8n-z/125-son ma’lumotnomalari). Joriy qilingan natijalar preeklampsiyani davolash va tashxislash sifatini yaxshilash, perinatal asoratlar chastotasi hamda onalar o‘limini qisqartirish, davolash xarajatlarini kamaytirish va bemorlar hayoti sifatini yaxshilashga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish