Ixtiyorov A’zamjon Avazjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiyma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Turli tizimli tillarda subektiv munosabat semantikasi va uning lingvokulturologik xususiyatlari (Ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2021.4PhD/Fil2105.
Ilmiy rahbar: Bazarov Oybek Odilovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
 Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.76.05.
Rasmiy opponentlar: Andijon davlat chet tillar instituti dotsenti, filologiya fanlari doktori, Vositov Volijon Abduvahobovich; Samarqand davlat chet tillar instituti professori, filologiya fanlari doktori Hayrullaev Hurshid Zayniyvich
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  ingliz va o‘zbek tillarida subektiv munosabat semantikasining lingvistik va lingvokulturologik xususiyatlarini chog‘ishtirma aspektda ochib berishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
subektiv munosabat semantikasining an’anaviy qarashlariga muhim o‘zgarishlar, to‘ldirishlar kiritilib, bu kategoriya nafaqat falsafiy va mantiqiy hamda lingvistik kategoriya ekanligi shu asnoda mazkur semantika nazariyasi boyitildi, subektiv munosabat semantikasining mazmun mundarijasi (ijobiy, neytral, salbiy) aniqlangan;
 subektivlik kategoriyasining modallik, subektiv baho, emotsionallik, ekspressivlik  kabi hodisalarga munosabati ochib berilib, so‘zlovchi moddiy borliqdagi predmetlarga hamda voqea-hodisalarga o‘z subekiv munosabatini ijobiy, salbiy yoki neytral baho orqali ifodalashida o‘ziga yondosh hodisalar bilan bog‘liq ekanligi asoslangan;
supersegment birlik bo‘lgan intonatsiya va uning komponentlari bo‘lmish urg‘uni turlicha qo‘llanishi ya’ni unli yoki undoshni  cho‘zib talaffuz qilish, mantiqiy urg‘u  hamda ovoz tonini ko‘tarish yoki pastlatish natijasida, shuningdek, har bir so‘z turkumi doirasida prefiks va suffikslar yordamida  turli-tuman ijobiy, neytral  yoki salbiy munosabat ifodalanishi dalillangan;
lug‘aviy sath birliklari bo‘lgan leksema va frazemalarning ijobiy yoki salbiy munosabat ifodalash holatlari  hamda so‘z birikmasi va gaplarning subektiv munosabat semantikasini ifodalash xususiyatlari, o‘xshatish kategoriyalari va metaforalardan foydalanish orqali subektiv munosabat semantikasining shakllantirilishi, ularning milliy-madaniy  xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli tizimli  tillarda subektiv munosabat semantikasi va uning lingvokulturologik xususiyatlarini tadqiq etish jarayonida olingan natijalar asosida:
subektiv munosabat semantikasi modallik, subektiv modallik va uning turlari, aksiologik baho va aksiologik modallik, lingvistik baho, subektiv baho va uning til sathlarida voqelanishi kabi  kategoriyalar doirasida yuzaga chiqqanligi bois uning nafaqat falsafiy va mantiqiy, balki psixologik va lingvistik kategoriya ham ekanligi, supersegment birlik bo‘lgan intonatsiya va uning komponentlari bo‘lmish urg‘uni turlicha qo‘llanishi yani unli yoki undoshni cho’zib talaffuz etish, mantiqiy urg‘u  hamda ovoz tonini ko’tarish yoki pastlatish natijasida, shuningdek, har bir so‘z turkumi doirasida prefiks va suffikslar yordamida  turli-tuman ijobiy, neytral  yoki salbiy munosabat ifodalanishi haqidagi xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti ta’sisligida tashkil etilgan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2021-2023 yillarda bajarilgan F3-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 31-maydagi 04/1-1411-son ma’lumotnomasi). Natijada keltirilgan dalillar, nazariy fikr-mulohazalardan sub’ektiv munosabat semantikasining  o‘quvchilarining dunyoqarashini takomillashtirish, ularning  ijodiy interfaolligini ta’minlash, media tadbirlarni tashkil etish, illyustratsion taqdimot o‘tkazish, mashg‘ulotlarda instrumental-motivatsion, produktiv-faoliyatli kompleks yondashuvlardan foydalanishga hamda intensiv ustuvorlik berish asosida takomillashtirishni olib borish borasida tavsiyalar loyiha lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari samaradorligini oshirishga, mavjud dasturlar va qo‘llanmalarning takomillashuviga xizmat qilgan;  
supersegment birlik bo‘lgan intonatsiya va uning komponentlari bo‘lmish urg‘uni turlicha qo‘llanishi yani unli yoki undoshni  cho’zib talaffuz etish, mantiqiy urg‘u  hamda ovoz tonini ko’tarish yoki pastlatish natijasida, shuningdek, har bir so‘z turkumi doirasida prefiks va suffikslar yordamida  turli-tuman ijobiy, neytral  yoki salbiy munosabat ifodalanishiga doir  natijalardan Namangan davlat universitetida 2020-2023 yillarda bajarilgan FZ-20190815110 “Kodeks Kumanikus”  qo‘lyozmasining elektron ilmiy izohli matni va izohli lug‘atini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan (Namangan davlat universitetining 2024 yil 3-iyundagi 661-04 son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur loyiha ishi doirasida qo‘lyozmalarning elektron ilmiy izohli matni va izohli lug‘ati dissertatsion tadqiqot jarayonidan olingan ilmiy ma’lumotlar boyitgan;
lug‘aviy sath birliklari bo‘lgan leksema va frazemalarning ijobiy yoki salbiy munosabat ifodalash holatlari  hamda so‘z birikmasi va gaplarning subektiv munosabat semantikasini ifodalash xususiyatlari, o‘xshatish kategoriyalari va metaforalardan foydalanish orqali subektiv munosabat semantikasining shakllantirilishi, ularning urf-odatlar, an’analar, turmush tarzi kabi milliy-madaniy  xususiyatlari haqida olingan xulosalaridan Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2023- yil efirga uzatilgan “Ma’naviyat sarchashmasi”, “Adabiy muhit”, “Qadriyat” ko‘rsatuvlarida, shuningdek, “Ma’naviyat – qalb ko‘zgusi”  radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 28-dekabrdagi 02-12/242-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuv va radioeshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmun-mohiyati mukammallashgan, ilmiy dalillar bilan boyigan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish