Dadabaeva Feruza Xusanboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Abdulla Qodiriy “O‘tkan kunlar” romani ruscha va nemischa tarjimalarida tarixiy, milliy va uslubiy o‘ziga xoslikni qayta yaratish muammolari”, 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2024.1.PhD/Fil1136.
Ilmiy rahbar: Sadiqov Zoxid Yakubjonovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.76.05.
Rasmiy opponentlar: Hoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori, professor; A’zamov Omadjon Burxonovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asari va uning nemischa va ruscha tarjimalarini asliyat bilan tarixiy-milliy va uslubiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“O‘tkan kunlar” romanining ruscha va nemischa tarjimalarida berilgan izohlar asliyat va tarjima o‘rtasida mutanosiblik, mukammallikni belgilashga, B.Oripova tomonidan tayyorlangan to‘ldirilgan nashrdagi izohlar hamda epilog va epigraflar tarjimasi asarning Arno Shpext tomonidan amalga oshirilgan nemischa tarjimasini to‘ldirishga va mukammallashtirishga xizmat qilgani aniqlangan;
“O‘tkan kunlar”dagi real, ijtimoiy va psixologik xronotoplar tarjimalari butun dunyo xalqlari uchun qabul qilingan qonuniyatlar asosida tasvirlangani sababli mutarjimlar uchun muammo tug‘dirmagani, va, aksincha, asliyatdagi tarixiy, milliy va folklor xronotoplar tarjimalari bir millat tarixi, madaniyati va milliy o‘ziga xosligini ifodalagani uchun ularni tarjima qilishda mutarjimlar xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani isbotlangan;
asardagi milliy o‘ziga xoslikni qayta yaratishda rus tarjimonlari L.Bat va V.Smirnovalar asliyat tili vositalariga va tarjima tilida shu vositalarni ifodalay oladigan so‘zlar va birikmalarni qo‘llashda davr ruhini his qilmagan holda yondoshgani, natijada romanning rus tili orqali amalga oshirilgan nemischa tarjimasida ham ayrim o‘rinlarda shu kabi kamchiliklar kuzatilgani, romanning keyingi ruscha tarjimasida mutarjim M.Safarov esa aynan shu jihatlar bilan tarjimaning asliyatga muvofiqligini ta’minlashga erishgani dalillangan;
“O‘tkan kunlar” romanidagi muallif tomonidan qo‘llanilgan o‘xshatish, sifatlash, maqol va idiomalarni g‘arb tillariga tarjima qilishda konkretlashtirish, umumlashtirish, muqobil variant bilan berish, izohlash va sharhlash kabi tarjima tamoyillari ijobiy natija bergan bo‘lsa, so‘zma-so‘z tarjima qilish yoki tushirib qoldirish kabi holatlar asliyatdagi ma’no anglashilishiga to‘sqinlik qilgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘tkan kunlar” romanining ruscha va nemischa tarjimalaridagi tarixiy-milliy va uslubiy o‘ziga xoslikni qayta yaratish muammolarini tadqiq etish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
“O‘tkan kunlar” romanining ruscha va nemischa tarjimalarida berilgan izohlar asliyat va tarjima o‘rtasida mutanosiblik, mukammallikni belgilashga, B.Oripova tomonidan tayyorlangan to‘ldirilgan nashrdagi izohlar hamda epilog va epigraflar tarjimasi asarning Arno Shpext tomonidan amalga oshirilgan nemischa tarjimasini to‘ldirishga va mukammallashtirishga xizmat qilgani, asardagi real, ijtimoiy va psixologik xronotoplar tarjimalari butun dunyo xalqlari uchun qabul qilingan qonuniyatlar asosida tasvirlangani sababli mutarjimlar uchun muammo tug‘dirmagani, va, aksincha, asliyatdagi tarixiy, milliy va folklor xronotoplar tarjimalari bir millat tarixi, madaniyati va milliy o‘ziga xosligini ifodalagani uchun ularni tarjima qilishda mutarjimlar xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani haqidagi ilmiy xulosalardan Andijon davlat universitetida 2022-2023 yillarda bajarilgan “№ IL-402104213. O‘zbek tilida elektron lingvistik ensiklopedik lug‘at ishlab chiqish” davlat innovatsion-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2024 yil 22-iyundagi 39-04-723-son ma’lumotnomasi). Natijada tarjimada qo‘llaniluvchi ayrim til birliklarining o‘ziga xosliklari ochib berilgan;
asardagi milliy o‘ziga xoslikni qayta yaratishda rus tarjimonlari L.Bat va V.Smirnovalar asliyat tili vositalariga va tarjima tilida shu vositalarni ifodalay oladigan so‘zlar va birikmalarni qo‘llashda davr ruhini his qilmagan holda yondoshgani, natijada romanning rus tili orqali amalga oshirilgan nemischa tarjimasida ham ayrim o‘rinlarda shu kabi kamchiliklar kuzatilgani, romanning keyingi ruscha tarjimasida mutarjim M.Safarov esa aynan shu jihatlar bilan tarjimaning asliyatga muvofiqligini ta’minlashga erishgani haqidagi ma’lumotlardan 2021-2022 yillarda bajarilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” nomli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zR Mudofaa vazirligining 2024 yil 29-martdagi 10/617-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida ishlab chiqilgan monografiya mazmunining boyitilishiga erishilgan;
“O‘tkan kunlar” romanidagi muallif tomonidan qo‘llanilgan o‘xshatish, sifatlash, maqol va idiomalarni g‘arb tillariga tarjima qilishda konkretlashtirish, umumlashtirish, muqobil variant bilan berish, izohlash va sharhlash kabi tarjima tamoyillari ijobiy natija bergani, so‘zma-so‘z tarjima qilish yoki tushirib qoldirish kabi holatlar asliyatdagi ma’no anglashilishiga to‘sqinlik qilgani haqidagi ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston” teleradio kanali DM tomonidan tayyorlangan “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli dasturlarning senariysida 2023 yil fevral va dekabr oylari hamda 2024 yil yanvar va fevral oylari sonlarida tadqiqotchi bilan bevosita suhbat olib borilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2024 yil 6-martdagi 04-36-340-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu dasturlarning yanada qiziqarli va dolzarbligiga erishilgan, tadqiqot obekti bo‘lgan “O‘tkan kunlar” asari ustida olib borilayotgan tadqiqotlar, tahlillar va tarjimalar romanning tarjimashunoslik sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab masalalarga boyligidan dalolat ekanligi tinglovchilarning sohadagi bilimlarini oshirishga xizmat qilgan.