Jalolova Mohigul Odiljon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Harbiylar oilasida rollar taqsimotining ijtimoiy-psixologik o‘ziga xosligi», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/P691.
Ilmiy rahbar: Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Ummatova Sitora Shavkatulloevna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi harbiylar oilasida rollar taqsimotining ijtimoiy-psixologik o‘ziga xosligini aniqlash va zarur amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
harbiy va harbiy bo‘lmagan oila vakillarida oilaviy rollar taqsimoti to‘g‘risidagi tassavvurlarida o‘zaro munosabatlardan hissiy qoniqish darajasiga ko‘ra mazkur oilalardagi rollarining taqsimlanishida milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi dalillangan;
oilaviy munosabatlardagi ijtimoiy rollar taqsimoti natijasida harbiylar oilasida er-xotin qarashlarining umumiyligida muayyan integratsion bog‘liqlikning mavjudligiga asoslanib oilaviy rollar tizimida «men» ustanovkalaridan ko‘ra umumiylikni anglab etish, «biz» tuyg‘usining ko‘proq namoyon bo‘lishi harbiy bo‘lmagan oilalarga nisbatan ustuvorroq ekanligi isbotlangan;
oilaviy munosabatlarga ko‘ra harbiy erkaklarning oiladagi ijtimoiy rollardagi kutuvlari ayollariga nisbatan yuqoriligiga asoslanib ijtimoiy rollardagi o‘zaro moslik harbiy oilalarda harbiy bo‘lmagan oilalarga nisbatan barqaror ekanligi isbotlangan;
harbiy hamada harbiy bo‘lmagan oila vakilalarining gender jihatlarga ko‘ra, har ikki oila erkak respondentlarda maskulinlik sifatlari androgenlik sifatlariga qaraganda past darajada, ayol respondentlarda esa femininlik sifatlariga nisbatan androgenlik baland ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Harbiylar oilasida rollar taqsimotining ijtimoiy-psixologik o‘ziga xosligi bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
harbiy va harbiy bo‘lmagan oila vakillarida oilaviy rollar taqsimoti to‘g‘risidagi tassavvurlarida o‘zaro munosabatlardan hissiy qoniqish darajasiga ko‘ra mazkur oilalardagi rollarining taqsimlanishida milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2024-yil 9-iyuldagi PM – 171-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» va «Oila psixologiyasi» modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 13-iyuldagi PM – 171-a son ma’lumotnomasi). Natijada harbiy va harbiy bo‘lmagan oila vakillarida oilaviy rollar taqsimoti to‘g‘risidagi tassavvurlari aniqlashtirilgan;
oilaviy munosabatlardagi ijtimoiy rollar taqsimoti natijasida harbiylar oilasida er-xotin qarashlarining umumiyligida muayyan integratsion bog‘liqlikning mavjudligiga asoslanib oilaviy rollar tizimida «men» ustanovkalaridan ko‘ra umumiylikni anglab etish, «biz» tuyg‘usining ko‘proq namoyon bo‘lishi harbiy bo‘lmagan oilalarga nisbatan ustuvorroq ekanligi isbotlangan ma’lumotlar ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2024-yil 9-iyuldagi PM – 171-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» va «Oila psixologiyasi» modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 13-iyuldagi PM – 171-a son ma’lumotnomasi). Natijada oila uchun tayyorlanadigan maxsus amaliyotchi psixologlarda psixologik jihatdan tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirishga erishilgan;
oilaviy munosabatlarga ko‘ra harbiy erkaklarning oiladagi ijtimoiy rollardagi kutuvlari ayollariga nisbatan yuqoriligiga asoslanib ijtimoiy rollardagi o‘zaro moslik harbiy oilalarda harbiy bo‘lmagan oilalarga nisbatan barqaror ekanligi isbotlangan ma’lumotlar ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2024-yil 9-iyuldagi PM – 171-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» va «Oila psixologiyasi» modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 13-iyuldagi PM – 171-a son ma’lumotnomasi). Natijada oilaviy munosabatlarda ijtimoiy rollardagi kutuvlarining o‘ziga xos jihatlarini tadqiq etish imkoniyati yaratilgan;
harbiy hamada harbiy bo‘lmagan oila vakilalarining gender jihatlarga ko‘ra, har ikki oila erkak respondentlarda maskulinlik sifatlari androgenlik sifatlariga qaraganda past darajada, ayol respondentlarda esa femininlik sifatlariga nisbatan androgenlik baland ekanligi asoslangan xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv ilmiy markazining 2024-yil 9-iyuldagi PM – 171-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» va «Oila psixologiyasi» modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 13-iyuldagi PM – 171-a-son ma’lumotnomasi). Natijada harbiy oilalardagi erkak va ayollarning harbiy muhit ta’siri gender ustanovkalarga bog‘liqligi asoslangan.