Jo‘raev G‘anijon G‘ulomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda oyoq yumshoq to‘qimalarining yiringli-nekrotik shikastlanishlarini jarrohlik yo‘li bilan davolashni takomillashtirish», 14.00.27 – «Xirurgiya».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3404.
Ilmiy rahbar: Kasimov Adxam Lutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Oxunov Alisher Oripovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Botirov Akram Kodiralievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda jarrohlik aralashuvi hamda tashrixdan keyingi reabilitatsiyaning taktik va texnik jihatlarini takomillashtirish orqali oyoqlarning yiringli-nekrotik shikastlanishlarini davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda oyoqlarning yiringli-nekrotik shikastlanishlarini davolashning mahalliy lazer ta’siri va fotodinamik effektni birgalikda qo‘llash orqali jarohat nuqsonlarini tozalanishi hamda bitishi kuchayishini ta’minlash bilan tavsiflanuvchi usuli takomillashtirilgan;
taklif etilgan usul jarohatni fibrinoz qoplamalardan tezroq tozalanishini, to‘qimalarning mahalliy shishi kamayishini va hujayraviy proliferatsiya jarayonlarini faollashishini ta’minlagani holda dermaning barcha qavatlarida hamda teri osti yog‘ to‘qimasida yallig‘lanish infil`tratsiyasining regressini tezlashtirishi aniqlangan;
fotodinamik terapiyani lazer nurlanishi bilan birgalikda qo‘llash mikrotsirkulyasiyani yaxshilashga, yiringli-nekrotik massalardan tozalanishni tezlashtirishga yordam berishi, granulyasiya, epitelizatsiya va jarohatning bitish jarayonlarini tezlashtirish bilan mahalliy immunitetni hamda to‘qimalar tiklanishini rag‘batlantirishi isbotlangan;
yumshoq to‘qimalarning yiringli-nekrotik zararlanishlarini davolashning taklif etilgan usuli zararlanish maydoniga bog‘liq holda 5-10-kundayoq kasallik qo‘zg‘atuvchisining to‘liq yo‘qolishigacha bo‘lgan davrni tezlashtirishi va shunga mos ravishda mikroorganizmlar o‘sishining yo‘qligi bilan bitishning yallig‘lanish fazasini 2-3 marta qisqartirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda oyoqlarning yiringli-nekrotik shikastlanishlarini davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda oyoqlarning yiringli-nekrotik shikastlanishlarini davolashning mahalliy lazer ta’siri va fotodinamik effektni birgalikda qo‘llash orqali jarohat nuqsonlarini tozalanishi hamda bitishi kuchayishini ta’minlash bilan tavsiflanuvchi usuli takomillashtirilganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 15 dekabrda 6i-58/u-son bilan tasdiqlangan «Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda oyoqlarning yiringli-nekrotik jarayonlarini davolashda fotodinamik ta’sirli lazer terapiyasi imkoniyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 16.12.2023 yildagi 395-son, Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 27.12.2023 yildagi 115-son hamda Andijon davlat tibbiyot instituti Klinikasining 28.12.2023 yildagi 126-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/109-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda oyoqlarning yiringli-nekrotik shikastlanishlarini davolashning takomillashtirilgan usulini qo‘llash asoratlar sonini kamaytirgani holda nogironlik darajasini pasaytiradi hamda bemorlar hayot sifatini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan takomillashtirilgan usulni qo‘llash orqali bemorlarning statsionarda bo‘lish muddati 3 kunga qisqartirildi. Buning natijasida 1 bemorning statsionarda bo‘lishining 1 kunlik jami xarajatlarining o‘rtacha miqdori 618825 so‘mni tashkil etgani holda 1856476 so‘m mablag‘ iqtisod qilinishiga imkon bergan. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikni davolash standartlariga kiritish o‘rin-kunlarni qisqartirish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=110) 204212342 so‘m mablag‘lar tejalishiga imkon beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: taklif etilgan usul jarohatni fibrinoz qoplamalardan tezroq tozalanishini, to‘qimalarning mahalliy shishi kamayishini va hujayraviy proliferatsiya jarayonlarini faollashishini ta’minlagani holda dermaning barcha qavatlarida hamda teri osti yog‘ to‘qimasida yallig‘lanish infil`tratsiyasining regressini tezlashtirishi eksperimental-morfologik tadqiqotlarda aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 15 dekabrda 6i-58/u-son bilan tasdiqlangan «Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda oyoqlarning yiringli-nekrotik jarayonlarini davolashda fotodinamik ta’sirli lazer terapiyasi imkoniyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 16.12.2023 yildagi 395-son, Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 27.12.2023 yildagi 115-son hamda Andijon davlat tibbiyot instituti Klinikasining 28.12.2023 yildagi 126-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/109-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda oyoqlarning yiringli-nekrotik shikastlanishlarini davolash muddatlarinining qisqarishi hisobiga bemorlarning mehnat qobiliyati tezroq tiklanadi va hayot sifati oshadi. Iqtisodiy samaradorligi: ilmiy yangilikdan foydalanish yarani bitish muddatlarini 7 kungacha (19 kundan 12 kunga) qisqartiradi. Buning natijasida 1 bemor jaroxatini davolash uchun sarflanadigan dori-darmonlar xarajatlarini (1 kunlik o‘rtacha xarajat 192500 so‘m) 1347000 so‘mga qisqartirishga imkon bergan. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikdan foydalanish dori-darmonlar xarajatlarini qisqartirish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=53) 71417500 so‘m mablag‘lar tejalishiga imkon beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: fotodinamik terapiyani lazer nurlanishi bilan birgalikda qo‘llash mikrotsirkulyasiyani yaxshilashga, yiringli-nekrotik massalardan tozalanishni tezlashtirishga yordam berishi, granulyasiya, epitelizatsiya va jarohatning bitish jarayonlarini tezlashtirish bilan mahalliy immunitetni hamda to‘qimalar tiklanishini rag‘batlantirishi isbotlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 15 dekabrda 6i-58/u-son bilan tasdiqlangan «Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda oyoqlarning yiringli-nekrotik jarayonlarini davolashda fotodinamik ta’sirli lazer terapiyasi imkoniyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 16.12.2023 yildagi 395-son, Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 27.12.2023 yildagi 115-son hamda Andijon davlat tibbiyot instituti Klinikasining 28.12.2023 yildagi 126-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/109-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda oyoqlarning yiringli-nekrotik shikastlanishlarini davolashda fotodinamik terapiyani lazer nurlanishi bilan birgalikda qo‘llash mahalliy immunitetni va to‘qimalar tiklanishini rag‘batlantirishi xisobiga asoratlar rivojlanishini oldini olishga, bemorlarni reabilitatsiya muddatlarini qisqartirishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan takomillashtirilgan usulni qo‘llash orqali bemorlarning statsionarda bo‘lish muddati 3 kunga qisqartirildi. Buning natijasida 1 bemorning statsionarda bo‘lishi 1 kunlik xarajatlarining o‘rtacha miqdori (tekshiruvlar bilan birgalikda) 440750 so‘mni tashkil etgani holda 1322250 so‘m mablag‘ iqtisod qilinishiga imkon bergan. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikdan foydalanish o‘rin-kunlarni qisqartirish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=53) 70079250 so‘m mablag‘lar tejalishiga imkon beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yumshoq to‘qimalarning yiringli-nekrotik zararlanishlarini davolashning taklif etilgan usuli zararlanish maydoniga bog‘liq holda 5-10-kundayoq kasallik qo‘zg‘atuvchisining to‘liq yo‘qolishigacha bo‘lgan davrni tezlashtirishi va shunga mos ravishda mikroorganizmlar o‘sishining yo‘qligi bilan bitishning yallig‘lanish fazasini 2-3 marta qisqartirishi aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 15 dekabrda 6i-58/u-son bilan tasdiqlangan «Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda oyoqlarning yiringli-nekrotik jarayonlarini davolashda fotodinamik ta’sirli lazer terapiyasi imkoniyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 16.12.2023 yildagi 395-son, Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 27.12.2023 yildagi 115-son hamda Andijon davlat tibbiyot instituti Klinikasining 28.12.2023 yildagi 126-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/109-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qandli diabet fonida kechayotgan oyoq flegmonasi bo‘lgan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ilmiy yangilikdan foydalanish yarani bitish muddatlarini 7 kungacha qisqartirishi xisobiga 1 bemor jaroxatini davolash uchun sarflanadigan dori-darmonlar xarajatlarini (1 kunlik o‘rtacha xarajat 192500 so‘m) 1347000 so‘mga qisqartirishga imkon bergan. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikdan foydalanish dori-darmonlar xarajatlarini qisqartirish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=53) 71417500 so‘m mablag‘lar tejalishiga imkon beradi.