Turdibaev Dilshod Xamidovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini xalqaro baholash dasturlari asosida pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Ped659.
Ilmiy maslahatchi: Axmedjonov Dilmurod Gulomovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Qurbanov Mirzaaxmad, pedagogika fanlari doktori, professor; Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini xalqaro baholash dasturlari asosida pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini xalqaro baholash dasturlari asosida pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasining pedagogik imkoniyatlari PISA, TIMSS, PIRLS xalqaro baholash dasturlariga ko‘ra savodxonlikni oshirishning nazariy aspektlari va amaliy tendensiyalari adaptiv uyg‘unligini ta’minlashga erishish hamda ta’lim subektlari faoliyatining o‘zaro integral darajasining tashkiliy-didaktik va induktiv-reproduktiv muvofiqligini maqsadli ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini xalqaro baholash dasturlari asosida pedagogik faoliyatga tayyorlash texnologiyasi savodxonlikning rivojlanganlik darajalarini aniqlash mezonlarini qiyosiy darajalar, xalqaro baholash dasturlari kontekstlariga manzilli muvofiqlashtirish hamda ijtimoiy fikrlash va ilmiy tadqiqotchilik ko‘nikmalarining tashkiliy-uslubiy yaxlitligiga izchil ustuvorlik berish  asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini xalqaro baholash dasturlari asosida pedagogik faoliyatga tayyorlash texnologiyasi modeli o‘quvchilarning tabiiy va ilmiy savodxonlik darajasini dinamik oshirish, tanqidiy fikrlash va qaror qabul qilish mobilligini oshirish, hamda o‘qib tushunish kompetensiyalarini didaktik talab tamoyillariga maqbul moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini xalqaro baholash dasturlari asosida pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasi o‘zini-o‘zi faollashtirishga qaratilgan ijodiy-kreativ faoliyat, tanqidiy-mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarning pedagogik-korrelyasion ta’sir qilish traektoriyasiga determinatsiyalashganligini  bosqichma-bosqich  aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini xalqaro baholash dasturlari asosida pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasi ta’limiy algoritmik jarayonlariga tashkiliy-uslubiy jihatdan  ustuvorlik berish hamda to‘plangan ma’lumotlarni qayta ishlash va taqdim qilishga yo‘naltirilgan  uslubiy talablarining refleksiv jihatlariga birlamchi ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini xalqaro baholash dasturlari asosida pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini xalqaro baholash dasturlari asosida pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasining pedagogik imkoniyatlari PISA, TIMSS, PIRLS xalqaro baholash dasturlariga ko‘ra savodxonlikni oshirishning nazariy aspektlari va amaliy tendensiyalari adaptiv uyg‘unligini ta’minlashga erishish hamda ta’lim subektlari faoliyatining o‘zaro integral darajasining tashkiliy-didaktik va induktiv-reproduktiv muvofiqligini maqsadli ta’minlash asosida aniqlashtirishga doir takliflar “Matematika o‘qitish metodikasi”nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2024-yil 29-martdagi 01/11-8-84 son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasini hamda xalqaro baholash mezonlari asosida ta’lim jarayonini tashkil qilishning o‘quv-metodik mazmunini takomillashtirish imkoniyatini kengaytirishga erishilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini xalqaro baholash dasturlari asosida pedagogik faoliyatga tayyorlash texnologiyasi savodxonlikning rivojlanganlik darajalarini aniqlash mezonlarini qiyosiy darajalar, xalqaro baholash dasturlari kontekstlariga manzilli muvofiqlashtirish hamda ijtimoiy fikrlash va ilmiy tadqiqotchilik ko‘nikmalarining tashkiliy-uslubiy yaxlitligiga izchil ustuvorlik berish  asosida takomillashtirishga doir takliflar “Matematika o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Guliston davlat universitetining 2024-yil 23-fevraldagi 25-sonli buyrug‘i asosida berilgan 25-08-son guvohnoma). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini xalqaro baholash dasturlari asosida pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini xalqaro baholash dasturlari asosida pedagogik faoliyatga tayyorlash texnologiyasi modeli o‘quvchilarning tabiiy va ilmiy savodxonlik darajasini dinamik oshirish, tanqidiy fikrlash va qaror qabul qilish mobilligini oshirish, hamda o‘qib tushunish kompetensiyalarini didaktik talab tamoyillariga maqbul moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar 1-26-raqamli “Uzlyuksiz ta’lim tizimida fizika o‘qitishni ehtimoliy-statistik g‘oya va tushunchalarni shakllantirish asosida takomillashtirish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 11-iyundagi 11-05-3283/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalqaro baholash dastur kontekstlari asosida o‘quvchilar savodxonligini rivojlantirish mezonlarini aniqlashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini xalqaro baholash dasturlari asosida pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasi o‘zini-o‘zi faollashtirishga qaratilgan ijodiy-kreativ faoliyat, tanqidiy-mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarning pedagogik-korrelyasion ta’sir qilish traektoriyasiga determinatsiyalashganligini bosqichma-bosqich aniqlashtirish asosida takomillashtirishga doir takliflar A-1-33-raqamli “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv fanlarining modulli o‘qitish metodikasi va amaliyoti (“Matematika o‘qitish metodikasi” ta’lim yoʻnalishi misolida) mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini  ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 11-iyundagi 11-05-3283/04 - son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini xalqaro baholash dasturlari asosida pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini xalqaro baholash dasturlari asosida pedagogik faoliyatga tayyorlash metodikasi ta’limiy algoritmik jarayonlariga tashkiliy-uslubiy jihatdan  ustuvorlik berish hamda to‘plangan ma’lumotlarni qayta ishlash va taqdim qilishga yo‘naltirilgan  uslubiy talablarining refleksiv jihatlariga birlamchi ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Matematika o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Guliston davlat universitetining 2024-yil 23-fevraldagi 25-son buyrug‘i asosida berilgan 25-08-son guvohnoma). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini xalqaro baholash dasturlari asosida pedagogik faoliyatga tayyorlashning didaktik mazmuni boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish