Naeem AllahRakha
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Raqamli iqtisodiyotda moliyaviy barqarorlik uchun transchegaraviy elektron jinoyatlarning oldini olish” 12.00.10 – Xalqaro huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Yu1491.
Ilmiy rahbar: Rustambekov Islambek Rustambekovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, PhD.07/03.06. 2023.Yu.22.04.
Rasmiy opponentlar: Umarxanova Dildora Sharipxanovna, yuridik fanlar doktori (DSc), professor; Tillaboev Mirzatilla Alisherovich, yuridik fanlar doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqoning maqsadi moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashning tartibga solish strategiyalarini aniqlash va raqamli iqtisodiyot uchun barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga mobil qurilmalarning xalqaro identifikatsiya kodini yoki abonent qurilmasini identifikatsiya qilish modulini qonunga xilof ravishda o‘zgartirganlik, kriptoaktivlar muomalasi sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik va konchilik faoliyatini noqonuniy amalga oshirganlik uchun ma’muriy javobgarlikni qo‘llashga oid takliflar asoslantirilgan;
“Internet global axborot tarmog‘iga to‘siqlarsiz kirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, milliy internet makonida kiberxavfsizlikni ta’minlash va fuqarolarning internetdan foydalanish savodxonligini oshirishga oid normalarni qonunchilikda belgilash zarurati asoslantirilgan;
vakolatli davlat organi o‘z vakolatlari doirasida muhim axborot infratuzilmasi kiberxavfsizligini ta’minlash sohasidagi xalqaro tadbirlarda ishtirok etishi va xalqaro shartnomalarga muvofiq kiberxavfsizlik tahdidlari va hodisalari to‘g‘risida ma’lumot almashishiga oid norma kiritilshi asoslantirilgan;
“elektron (raqamli) dalillar” tushunchasini, elektron dalillarni aniqlash, to‘plash, tekshirish, tekshirish, baholash, qayd etish, saqlash tartiblarini, shuningdek ishtirokchilarning huquq va majburiyatlarini belgilash zaruriyatiga oid takliflari, ushbu jarayonlarda axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha majburiy videoyozuvdan foydalangan holda, guvohlar ishtirokisiz kibermakonda tintuv va tekshirishlar o‘tkazish tartibini belgilash, shuningdek, axborotda raqamli barmoq izlarini saqlashda ma’lumotlarni saqlash bo‘yicha aniq talablarni (axborot turlarini) belgilash to‘g‘risidagi takliflar asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
mobil qurilmalarning xalqaro identifikatsiya kodini yoki abonent qurilmasini identifikatsiya qilish modulini qonunga xilof ravishda o‘zgartirganlik, kriptoaktivlar muomalasi sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik va konchilik faoliyatini noqonuniy amalga oshirganlik uchun ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 155-moddasi 3-qismi va 155-moddasining “a” bandlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2024y-yil 20-martdagi dalolatnomasi). Bu taklif kriptoaktivlar muomalasi sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik va konchilik faoliyatini noqonuniy amalga oshirishga samarali ta’sir chorasi bo‘lishga xizmat qilgan;
Internet global axborot tarmog‘iga to‘siqlarsiz kirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, milliy internet makonida kiberxavfsizlikni ta’minlash va fuqarolarning internetdan foydalanish savodxonligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklifi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2024-yil 5-avgustdagi dalolatnomasi). Bu taklif milliy internet makonida kiberxavfsizlikni ta’minlash va fuqarolarning internetdan foydalanish savodxonligini oshirishga xizmat qilgan;
vakolatli davlat organi o‘z vakolatlari doirasida muhim axborot infratuzilmasi kiberxavfsizligini ta’minlash sohasidagi xalqaro tadbirlarda ishtirok etishi va xalqaro shartnomalarga muvofiq kiberxavfsizlik tahdidlari va hodisalari to‘g‘risida ma’lumot almashishi bilan bog‘liq takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining muhim axborot infratuzilmasi obektlari kiberxavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi № PQ-167-son Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi muhim axborot infratuzilmasi obektlarining kiberxavfsizligini ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 8-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2024-yil 5-avgustdagi dalolatnomasi). Bu taklif axborot infratuzilmasi kiberxavfsizligini ta’minlash sohasidagi xalqaro tadbirlarda ishtirok etishi va xalqaro shartnomalarga muvofiq kiberxavfsizlik tahdidlari va hodisalari to‘g‘risida ma’lumot almashishini yanada soddalashtirishga xizmat qilgan;
“elektron (raqamli) dalillar” tushunchasini, elektron dalillarni aniqlash, to‘plash, tekshirish, tekshirish, baholash, qayd etish, saqlash tartiblarini, shuningdek ishtirokchilarning huquq va majburiyatlarini belgilash zaruriyatiga oid takliflari, ushbu jarayonlarda axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha majburiy videoyozuvdan foydalangan holda, guvohlar ishtirokisiz kibermakonda tintuv va tekshirishlar o‘tkazish tartibini belgilash, shuningdek, axborotda raqamli barmoq izlarini saqlashda ma’lumotlarni saqlash bo‘yicha aniq talablarni (axborot turlarini) belgilash to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 30 noyabrdagi Raqamli mahsulotlar (xizmatlar) isteʻmolchilari huquqlarini himoya qilish va raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni kuchaytirish choralari to‘g‘risida”gi PQ-381-son qarori bilan tasdiqlangan Raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va raqamli mahsulotlar (xizmatlar) isteʻmolchilari huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasining 8-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2024-yil 5-avgustdagi dalolatnomasi) Bu taklif elektron dalillarni aniqlash, to‘plash, tekshirish, tekshirish, baholash, qayd etish, saqlash tartiblarini, shuningdek ishtirokchilarning huquq va majburiyatlarini belgilash, kibermakonda tintuv va tekshirishlar o‘tkazish tartibini belgilash, shuningdek, axborotda raqamli barmoq izlarini saqlashda ma’lumotlarni saqlash bo‘yicha aniq talablarni (axborot turlarini) belgilashga xizmat qilgan.