Salomova Guli Shodimurodovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Madaniyatlararo kompetentlik talabalar kognitiv jarayonlarining ijtimoiy-psixologik omili sifatida”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P186.
Ilmiy maslahatchi: Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Shoira Xamidovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Nazarov Akmal Mardonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.  
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi madaniyatlararo kompetentlikning talabalar kognitiv jarayoniga ta’siri mexanizmini ochib berish, ijtimoiy-psixologik omilga ko‘ra psixologik-uslubiy tavsiyalarni asoslash hamda kognitiv jarayonlarining ijtimoiy modelini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda “madaniyatlararo kompetentlik” va “madaniyatlararo aloqalar tajribasi”ga ko‘ra rivojlanadigan kognitiv jarayonlarni tashxislash uchun shaxsning turli vaziyatlarni baholashi va muloqot xususiyatlari shakllanganligini aniqlash mezonlariga yo‘naltirilgan “tanqidiy tafakkur”, “kognitiv moslashuvchanlik”, “qaror qabul qilish” darajalari belgilangan usullar moslashtirilgan va tanqidiy tafakkur testlari ishlab chiqilgan;
madaniyatlararo munosabatlar va noaniq vaziyatlar sharoitida talabalardagi qaror qabul qilish jarayonining tarkibiy komponentlari bo‘lgan “emotsional barqarorlik”, “strategik ko‘nikma”, “ijtimoiy-madaniy idrok” namoyon bo‘lishidagi cheklanganlik tufayli ijtimoiy va hissiy holatlarning takrorlanish chastotasi tartiblangan;
madaniyatlararo ta’sirchanlikning turli gradatsiyalariga ko‘ra, talabalarning ma’lumotlarni “Taxminlar”, “Dalillar”, “Deduktiv xulosalar”, “Mantiqiy xukmlar” mezonlari asosida madaniy va emotsional kontentni aniqlash, turli qarashlarni bir qarorda umumlashtirish muhimligi tufayli tanqidiy tafakkurning empatik, kognitiv moslashuvchanlikning integrativ fikrlash va qaror qabul qilishning tajriba orqali orttirilgan bilimga asoslangan komponentlari dalillangan;    
kognitiv jarayonlarni rivojlantirish modeli shaxsning madaniy pozisiyasi qaror qabul qilish strategiyasiga bog‘liq tanlovdan qoniqish darajasini kontent tahlil qilish orqali “tanqidiy tafakkur”, “kognitiv moslashuvchanlik”, “madaniyatlararo ta’sirchanlik”, “madaniyatlararo aloqadorlik tajribasi” komponentlarining o‘zaro integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda tanqidiy tafakkurning rivojlanganlik darajasi asosida etnik vaziyatlarni baholash, boshqarishning irodaviy, ratsional, emotiv, strategik ijtimoiy-psixologik xususiyatlarga uyg‘un namoyon bo‘lishiga ko‘ra qaror samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar differensatsiyalashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Madaniyatlararo kompetentlik talabalar kognitiv jarayonlarining ijtimoiy-psixologik omillari borasida olingan natijalar asosida:
talabalarda “madaniyatlararo kompetentlik” hamda “madaniyatlararo aloqalar tajribasi” asosida rivojlanadigan kognitiv jarayonlarni tashxislash uchun shaxsning turli vaziyatlarni baholashi va muloqot xususiyatlari shakllanganligini aniqlash mezonlariga yo‘naltirilgan “tanqidiy tafakkur”, “kognitiv moslashuvchanlik”, “qaror qabul qilish” darajalari belgilangan usullar moslashtirilgan va tanqidiy tafakkur testlari ishlab chiqishga doir takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv ilmiy-markazining 2024 yil 20 maydagi PM-133-son buyrug‘iga asosan “Din psixologiyasi. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv ilmiy-markazining 2024 yil 25 maydagi PM-133a-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning kognitiv xususiyatlari: tanqidiy tafakkur, kognitiv moslashuvchanlik, qaror qabul qilishni rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan;
madaniyatlararo munosabatlar va noaniq vaziyatlar sharoitida talabalardagi qaror qabul qilish jarayonining tarkibiy komponentlari bo‘lgan “emotsional barqarorlik”, “strategik ko‘nikma”, “ijtimoiy-madaniy idrok” namoyon bo‘lishidagi cheklanganlik tufayli ijtimoiy va hissiy holatlarning takrorlanish chastotasini tartiblashga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv ilmiy-markazining 2024 yil 20 maydagi PM-133-son buyrug‘iga asosan “Din psixologiyasi. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv ilmiy-markazining 2024 yil 25 maydagi PM-133a-son ma’lumotnomasi). Natijada madaniyatlararo kompetentlik talabalar kognitiv jarayonlarining ijtimoiy-psixologik omilini o‘rganishga sharoit yaratilgan;
kognitiv jarayonlarni rivojlantirish modeli shaxsning madaniy pozisiyasi qaror qabul qilish strategiyasiga bog‘liq tanlovdan qoniqish darajasini kontent tahlil qilish orqali “tanqidiy tafakkur”, “kognitiv moslashuvchanlik”, “madaniyatlararo ta’sirchanlik”, “madaniyatlararo aloqadorlik tajribasi” komponentlarining o‘zaro integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid taklif Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv ilmiy-markazining 2024 yil 20 maydagi PM-133-son buyrug‘iga asosan “Din psixologiyasi. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv ilmiy-markazining 2024 yil 25 maydagi PM-133a-son ma’lumotnomasi). Natijada tanqidiy tafakkur, kognitiv moslashuvchanlik darajasi turli bosqichlarida hal qilivchi qaror qabul qilishning kontent va sifat tahlillarini olib boorish zaruratini asoslashga erishilgan;
madaniyatlararo ta’sirchanlikning turli gradatsiyalariga ko‘ra talabalarning ma’lumotlarni “Taxminlar”, “Dalillar”, “Deduktiv xulosalar”, “Mantiqiy xukmlar” mezonlariga ko‘ra madaniy idrokni baholash muhimligi tufayli tanqidiy tafakkur darajalari va kognitiv moslashuvchanlikning integrativ firklash, qaror qabul qilishning tajriba orqali olingan bilimlarga asoslangan  komponentlari dalillashga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv ilmiy-markazining 2024 yil 20 maydagi PM-133-son buyrug‘iga asosan “Din psixologiyasi. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv ilmiy-markazining 2024 yil 25 maydagi PM-133a-son ma’lumotnomasi). Natijada sinaluvchilrning qaror qabul qilish vaziyatlarini tahlil qilishga erishilgan;
talabalarda tanqidiy tafakkurning rivojlanganlik darajasiga asosida etnik vaziyatlarni baholash, boshqarishning irodaviy, ratsional, emotiv, strategik ijtimoiy psixologik xususiyatlarga uyg‘un namoyon bo‘lishiga ko‘ra qaror samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni differensasiyalashtirishga oid ma’lumotlar  Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv ilmiy-markazining 2024 yil 20 maydagi PM-133-son buyrug‘iga asosan “Din psixologiyasi. Etnopsixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv ilmiy-markazining 2024 yil 25 maydagi PM-133a-son ma’lumotnomasi). Natijada kognitiv xususiyatlarning namoyon bo‘lishini aks ettiruvchi ijtimoiy-psixologik modelni ishlab chiqish orqali tadqiqot empirik bosqichlarining ahamiyatini qayd etish samaradorligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish