Majidova Shahnoza Komilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi: “Surxondaryo gidronimlarining lingvistik tahlili”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2392.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Umurqulov Bekpo‘lat, filologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04.
Rasmiy opponentlar: Kilichev Bayramali Ergashovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Yoqubov Sharif, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxondaryo viloyati gidronimlarini toʻplash, tasniflash, semantik, morfologik tavsiflash asosida gidronimlarning til tizimidagi oʻrnini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxondaryo viloyati gidronimlar tizimi o‘zining tarixiyligi, nomlanish tamoyillari, mavzu yo‘nalishlari bo‘yicha rang-barangligi, elat, urug‘larning aralashuvi va ishtiroki, turli tillarning ta’siri ostida shakllanganligi, milliy an’ana hamda urf-odatlariga asoslanganligi, madaniy-ma’rifiy qarashlari, etnografik dunyosi bog‘liq ekanligi dalillangan;
Surxondaryo viloyati gidronimlarining yuzaga kelishida obektdagi muhim belgilar suv obektlarini turli belgi-xususiyatlari asosida boshqasiga qiyoslash, taqqoslash asosida nomlash nisbiylik, tabiiy-geografik xususiyati yoki nomlash uchun asos boʻladigan voqea-hodisani anglashga asoslanganlikka koʻra pozitivlik, obektning biror belgi-xususiyatini ifoda etmasligiga ko‘ra negativlik tamoyillarining mavjudligi aniqlangan;
Surxondaryo gidronimlarining lug‘aviy ma’nosi, etimologiyasi, morfemik, morfologik tarkibiy tuzilishi grammatik modellari, affiksatsiya, kompozisiya, transonimizatsiya usulida yasalish xususiyatlari, gidronimlarning shakllanishi uchun asos bo‘ladigan ijtimoiy-siyosiy, sotsial, madaniy omillar boshqa hudud gidronimlari bilan mavzuiy guruhlari jihatdan leksik-semantik xususiyatlariga ko‘ra o‘xshash jihatlari dalillangan;
Surxondaryo gidronimlarining lingvistik jihatdan shakllanishida buloq, daryo, soy, koriz, jilg‘a, ko‘l gidronimik aniqlagichlarning o‘rni gidronimlar hosil qilishda muhim ekanligi, ariq, buloq, koʻl, soy, ariq, daryo, buloq, kanal, suv ombori gidronimik aniqlagichlar mustaqil so‘z turkumlariga qo‘shilib, Boʻstonsoy, Zarangbuloq, Gʻoʻrinbuloq, Yangiariq, Panjobdaryo, Chuqurkoʻl qo‘shma va Sherobod magistral kanali, Amu-Zang kanali, Janubiy Surxon suv ombori murakkab gidronimlar yasalishi faol ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxondaryo viloyati gidronimlarining lingvistik tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Surxondaryo gidronimlarining lug‘aviy ma’nosi, etimologiyasi, morfemik, morfologik tarkibiy tuzilishi grammatik modellari, affiksatsiya, kompozisiya, transonimizatsiya usulida yasalish xususiyatlari, gidronimlarning shakllanishi uchun asos bo‘ladigan ijtimoiy-siyosiy, sotsial, madaniy omillar boshqa hudud gidronimlari bilan mavzuiy guruhlari jihatdan leksik-semantik xususiyatlarining o‘xshashligi haqidagi ma’lumotlardan PZ-2020042022 “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2023-yil 31-martdagi 01/10-655-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida turkiy tillardagi gidronimlarning elektron platformadagi sifat va miqdor jihatdan yangilanishida ijobiy samara bergan;
Surxondaryo gidronimlarining paydo bo‘lish davri, o‘rganilishi, lingvistik jihati, tuzilish jihatdan turlari, nomlanish asoslari va tarixiy-etimologik jihatdan tahlil qilishdagi xulosalaridan AM-FZ-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2023-yil 27-fevraldagi 01/4-410-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida e’tibordan chetda qolib ketgan qo‘shma va tarkibli gidronimlarning elektron platformadagi miqdoriy jihatdan yangilanishida ijobiy samara bergan;
Surxondaryo viloyati gidronimlar tizimi o‘zining tarixiyligi, nomlanish tamoyillari, mavzu yo‘nalishlari bo‘yicha rang-barangligi, elat, urug‘larning aralashuvi va ishtiroki, turli tillarning ta’siri ostida shakllanganligi, milliy an’ana hamda urf-odatlariga bog‘liqligiga oid qimmatli materiallar beradi. Bu materiallar tahlil natijasi va xulosalaridan “Surxondaryo” telekanalining “Munavvar kun” va “Ta’lim va taraqqiyot” koʻrsatuvlarida ma’lumot berildi. (Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi Surxondaryo viloyati Teleradiokompaniyasi “Surxondaryo” telekanali davlat muassasasining 2024-yil 18-yanvardagi 01-01/10-son ma’lumotnomasi). Natijada telekoʻrsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashuviga, ilmiy dalillarga boy boʻlishiga erishilgan.