Davranova Gulbahor Numondjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog'i): «Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib takomillashtirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4105.
Ilmiy rahbar: Izbullaeva Gulchehra Valerievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Saidova Moxinur Jonpo‘lotovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Olimov Shirinboy Sharifboevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida rus tilini o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish yo‘llarini aniqlash va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o’quvchilariga rus tilini o’qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning kommunikativ munosabatlari, o’qitish ehtiyojlari, kompyuter texnologiyalarining integratsiyasi asosida didaktik imkoniyatlarini takomillashtirish zarurati aniqlangan;
boshlang‘ich sinf o’quvchilarining rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitishda smart, taqdimot, multimedia texnologiyalarining ta’limiy, o‘quv, nazorat, o‘yin dasturlari vositasida nazariy, ijodiy va refleksiv tafakkurini rivojlantirishga oid xususiyatlari ochib berilgan;
2-3-4-sinf o‘quvchilarida rus tili fanini o‘qitishda tinglash, gapirish, o‘qish va yozuv kabi o‘quv faoliyati turlarining motivatsion, tashkiliy, kognitiv, operatsion, diagnostik hamda korreksion dasturiy metodik imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining rus tili faniga oid kommunikatsiya, kollaboratsiya, kreativlik va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga asoslangan metodikasi fanni o‘qitishning korrelyasion mexanizmini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga rus tilini o‘qitishni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o’quvchilariga rus tilini o’qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning kommunikativ munosabatlari, o’qitish ehtiyojlari, kompyuter texnologiyalarining integratsiyasi asosida didaktik imkoniyatlarini takomillashtirish zarurati aniqlanganligiga oid nazariy xulosalardan Buxoro davlat universitetida 2018-2022 yillarda amalga oshirilgan OT-F1-002 raqamli “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2024-yil 20-iyundagi 01-04/3420-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim oluvchilarning bo‘sh vaqtlarida xorijiy tillarni o‘rganish asnosida yoshlarda xalqning turmush tarzi, mentaliteti, dunyoqarashi bilan yaqindan tanishish, erkin fikrlash imkoniyati mavjud bo‘lishiga oid mavzularda dars va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rivojlantirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o’quvchilarining rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitishda smart, taqdimot, multimedia texnologiyalarining ta’limiy, o‘quv, nazorat, o‘yin dasturlari vositasida nazariy, ijodiy va refleksiv tafakkurini rivojlantirishga doir xulosa va natijalardan O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan berilgan №302-0651 raqamli nashr guvohnomasi asosida 60110200 – Maktabgacha ta’lim bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Qiyosiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-0651-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada rivojlangan davlatlar ta’lim tizimidagi yutuqlar va imkoniyatlardan foydalanib, fanlarni o‘qitishda yuqori samara beruvchi metodlarni tanlash va ularni umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf ta’lim-tarbiya jarayoniga qo‘llash imkoniyatiga erishilgan;
2-3-4-sinf o‘quvchilarida rus tili fanini o‘qitishda tinglash, gapirish, o‘qish va yozuv kabi o‘quv faoliyati turlarini motivatsion, tashkiliy, kognitiv, operatsion, diagnostik hamda korreksion dasturiy metodik imkoniyatlari aniqlashtirilganligiga doir xulosa va natijalardan O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 166-165-raqamli nashr guvohnomasi asosida Pedagogika ta’lim sohasining barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun “Ta’limda axborot texnologiyalari” nomli darslikni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-165-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada fanlarni o‘qitish bo‘yicha raqamli ta’lim ilovalarini yaratish hamda o‘quv jarayoniga tadbiq etish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining rus tili faniga oid kommunikatsiya, kollaboratsiya, kreativlik va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga asoslangan metodikasi fanni o‘qitishning korrelyasion mexanizmini ishlab chiqish asosida takomillashtirilganligi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza” teleko‘rsatuvlari senariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 9-fevraldagi 01-02-40-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu mavzu bo‘yicha maʼlumotlar teleradiokanal ko‘rsatuvlarining ilmiy- ommabopligini ta’minlashga xizmat qilgan.