Matmuratov Azizbek Abdikarimovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farididdin Attor ma’naviy-axloqiy qarashlarining antropologik-pedagogik imkoniyatlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3PhD/Ped3828.
Ilmiy rahbar: Xajieva Maqsuda Sultanovna, pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Pazilova Meruert Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farididdin Attor ma’naviy-axloqiy qarashlarining antropologik-pedagogik imkoniyatlarini aniqlashtirish va ularni ta’lim-tarbiya jarayonlarida qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.     Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farididdin Attor ma’naviy-axloqiy qarashlarining retrospektiv tahlili “poetik” va narrativ pedagogikaning metoforik-timsolli, analitik-sintetik, sinektik jihatlarining ma’naviy-ruhiy poklanish, qalb uyg‘oqligi, fikrning tiniqligi va ratsionalligi kabi transsendental qadriyatlar bilan vitagenlik darajasi identivligini korrelyasiya qilish orqali aniqlashtirilgan;
Farididdin Attor ma’naviy-axloqiy qarashlarining antropologik-pedagogik imkoniyatlari ta’lim-tarbiya jarayonlarining subekti sifatida talaba shaxsining universal, erkin, mas’uliyatli tarzda idrok etishning antropotsentrik yo‘nalganligi, insonparvarlik tamoyillari, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar bilan mutafakkir qarashlarining o‘zaro tutash ekanligining faktologik tahliliga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
 Farididdin Attor ma’naviy-axloqiy qarashlarining ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati mutafakkirning sufiylik, ma’rifatparvarlik, insonparvarlik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik bilan bog‘liq fikrlarining ma’naviy mentorlik, fasilitatorlik, fenomenologik ta’lim paradigmasi, tolerantlik pedagogikasidagi yetakchi g‘oyalar, tamoyillar va pedagogik invariantlar bilan bevosita aloqadorligini  qat’iy belgilash orqali aniqlashtirilgan;
Farididdin Attor ma’naviy-axloqiy qarashlaridan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishning pedagogik modelini metodologik va tashkiliy pedagogik komponenti internallik, eksternallik, konseptuallik tamoyillarining konstruktiv, kollaborativ, reflektiv, integrativ yondashuvlar bilan qayta aloqasini jukstapozision, germenevtik, binar o‘qitish texnikalari vositasida ta’minlanishiga erishishning maqbul darajasini bevosita hisobga olish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farididdin Attorning ma’naviy-axloqiy qarashlarining antropologik-pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
Farididdin Attor ma’naviy-axloqiy qarashlarining retrospektiv tahlilini “poetik” va narrativ pedagogikaning metoforik-timsolli, analitik-sintetik, sinektik jihatlarining ma’naviy-ruhiy poklanish, qalb uyg‘oqligi, fikrning tiniqligi va ratsionalligi kabi transsendental qadriyatlar bilan vitagenlik darajasi identivligini korrelyasiya qilish orqali aniqlashtirish, Farididdin Attor ma’naviy-axloqiy qarashlarining antropologik-pedagogik imkoniyatlarini ta’lim-tarbiya jarayonlarining sub’ekti sifatida talaba shaxsining universal, erkin, mas’uliyatli tarzda idrok etishning antropotsentrik yo‘nalganligi, insonparvarlik tamoyillari, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar bilan mutafakkir qarashlarining o‘zaro tutash ekanligining faktologik tahliliga ustuvorlik berish orqali takomillashtiriga doir taklif va tavsiyalardan 70110101 – Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi magistrantlari uchun “Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism” nomli darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalari vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i, 68-875-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak pedagog-tadqiqotchilarning “poetik” va narrativ pedagogikaga doir bilimlarni tarkib toptirishga xizmat qilgan;
Farididdin Attor ma’naviy-axloqiy qarashlarining ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyatini mutafakkirning sufiylik, ma’rifatparvarlik, insonparvarlik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik bilan bog‘liq fikrlarining ma’naviy mentorlik, fasilitatorlik, fenomenologik ta’lim paradigmasi, tolerantlik pedagogikasidagi yetakchi g‘oyalar, tamoyillar va pedagogik invariantlar bilan bevosita aloqadorligini  qat’iy belgilash orqali aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika yoshlar markazi Xorazm viloyat bo‘linmasida bajarilgan №2.655. “Xorazm viloyatida yoshlar daftariga kirgan yoshlarni, band bo‘lmagan yoshlarni va ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand oila farzandlarini kasb-hunar, ilm-fan to‘garaklarida o‘qitishni tashkil qilish” nomli amaliy fundamental loyihasining yoshlarda hayotiy kompetensiyalarni rivojlantirish qismini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil  11-oktyabrdagi 02-07-4558/04-son dalolatnomasi). Natijada, to‘garak mashgʻulotlarida ma’rifatparvarlik gʻoyalarini keng targʻib qilishga erishilgan;
Farididdin Attor ma’naviy-axloqiy qarashlaridan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishning pedagogik modelini metodologik va tashkiliy pedagogik komponentini internallik, eksternallik, konseptuallik tamoyillarining konstruktiv, kollaborativ, reflektiv, integrativ yondashuvlar bilan qayta aloqasini jukstapozision, germenevtik, binar o‘qitish texnikalari vositasida ta’minlanishiga erishishning maqbul darajasini bevosita hisobga olish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 70110101 – Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi magistrantlari uchun “Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism” nomli darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalari vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘i, 68-875-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak pedagog-tadqiqotchilarning pedagogikaning pragmatik aspektlari va pedagogik fikrlar taraqqiyotiga doir bilimlarini mustahkamlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish