Abdikayumov Zaynilabiddin Abdivoxidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gilos uchun kuchsiz o‘suvchi payvandtaglar tanlash va payvandlash texnologiyasini takomillashtirish», 06.01.07–Mevachilik va uzumchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Qx136.
Ilmiy rahbar: Buriev Xasan Chutbaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jalik instituti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Kojaxmetov Sovetbek Kojaxmetovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Fayziev Jamoliddin Nosirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gilos o‘simligining kuchsiz o‘suvchi payvandtaglarini tanlash va intensiv tipdagi bog‘ barpo qilishga mo‘ljallangan ko‘chat etishtirish uchun payvandlash texnologiyasining samaradorligini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonga gilosning «SAV 6R», «Maxma Delbard-14», «Colt», «Krimskiy-5» va «VSL-2» kabi xorijiy payvandtaglar introduksiyasi va ularning mahalliy tuproq-iqlimi sharoitida o‘sish kuchi aniqlangan;
gilosning yangi «Shubinka olchasi», «SAV 6R», «Colt», «Krimskiy-5» va «VSL-2» payvandtaglarini yashil qalamchasidan ko‘paytirishning samarali usuli ishlab chiqilgan;
payvandust kurtaklar tutish sifatining tuproqni maqbul chegaraviy nam sig‘imiga (r=0,97) hamda payvand qilishning mo‘’tadil muddatlariga (r=0,93) bog‘liqligi aniqlangan;
yangi payvandtaglarning interkalyar (oraliq) qo‘yilmasidan foydalangan holda kuchsiz o‘suvchi gilos ko‘chatlari etishtirishning yangi usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Gilosning kuchsiz o‘suvchi payvandtaglarini tanlash va payvandlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun «Intensiv gilos bog‘lariga shakl berish» tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 28 noyabrdagi 02/22-617-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklarida qo‘llanilishi natijasida gilos bog‘larida an’anaviy shakl berish usulidagiga nisbatan daraxtlarning bo‘yini ikki barobar qisqartirishga erishilgan;
Toshkent davlat agrar universiteti ishlab chiqarish tajriba stansiyasi hamda Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Farg‘ona tajriba stansiyasida «SAV 6R», «Maxma Delbard-14», «Colt», «Krimskiy-5» va «VSL-2» kabi xorijiy payvandtaglarning ona ko‘chatzori barpo etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 28 noyabrdagi 02/22-617-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida ushbu payvandtaglarni respublikamizning o‘zida qalamcha usulida ko‘paytirish imkoniyatini yaratishga erishilgan;
gilosning kuchsiz o‘suvchi payvandtaglarini yashil qalamchalaridan ko‘paytirish, maqbul muddatlarda kurtak payvand qilish hamda interkalyar (oraliq) qo‘yilmadan foydalanish asosida kuchsiz o‘suvchi gilos ko‘chatlarini etishtirish texnologiyalari 2016–2017 yillarda Farg‘ona viloyatida 1,85 gektar, Toshkent viloyatida 2,25 gektar, jami 4,1 gektar bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 28 noyabrdagi 02/22-617-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida fermer xo‘jaliklarida gilos ko‘chatlarining o‘sish kuchini 2 martagacha qisqarishiga, maydon birligida payvandtag materialini etishtirish hajmini an’anaviy usullarga nisbatan 3–5 martagacha oshirishga hamda payvand qilingan kurtaklarning tutish sifatini yaxshilashga erishilgan.