Mamadaliev Avazbek Ravshanbek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Travmatik intrakranial qon ketishda intraoperativ maxalliy gemostaz usulini takomillashtirish», 14.00.28- Neyroxirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3923.
Ilmiy rahbar: Davlatov Baxodir Nabijonovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Xazratkulov Rustam Bafoevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Kuldashev Kaxramon Abduxalilovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: travmatik intrakranial qon ketishlarda tashrix vaqtida mahalliy gemostazning samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bosh miya jarohatlarida “Xemoben” neytral biopolimeri jarohat yuzasida gemostatik ta’sirni ta’minlaydigan yupqa porloq qobiq hosil qilib, yot jism va biodegradatsiya maxsulotlariga javoban reaktiv yallig‘lanish jarayonisiz jarohat mahalliy reparatsiyasini yaxshilashi morfologik va klinik jihatdan asoslangan;
klinik tekshiruv usullari va jarrohlik davolash natijalari sifatini tahlil qilish imkonini beruvchi maxsus tadqiqotlar yordamida travmatik intrakranial qon ketish fonida yuzaga keladigan bosh miya jarohatlari bo‘lgan bemorlarni davolash algoritmi ishlab chiqilgan;
amalga oshirish qulayligi bilan tavsiflanuvchi va shoshilinch yoki rejali operatsiyalar paytida neyroxirurgiya amaliyotida faol qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan bosh miyaning parenximatoz va qobiqli qon quyilishlarini mahalliy gemostaz qilish usuli ishlab chiqilgan;
travmatik intrakranial qon ketishda jarrohlik davolash natijalarini baholash mezonlari (qon ketish intensivligi, intraoperativ gemostaz davomiyligi, umumiy qon yo‘qotish hajmi, operatsiyadan keyingi yaradan ajralmalar miqdorining kamayishi, reanimatsiya bo‘limida qolishning qisqarishi, miya ezilishining neyrovizualizatsion belgilarining yo‘qligi) aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Travmatik intrakranial qon ketishlarda tashrix vaqtida mahalliy gemostazning samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: bosh miya jarohatlarida “Xemoben” neytral biopolimeri jarohat yuzasida gemostatik ta’sirni ta’minlaydigan yupqa porloq qobiq hosil qilib, yot jism va biodegradatsiya maxsulotlariga javoban reaktiv yallig‘lanish jarayonisiz jarohat mahalliy reparatsiyasini yaxshilashi morfologik va klinik jihatdan asoslanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 30 yanvarda 6i-04/u-son bilan tasdiqlangan «Bosh miya parenximasi va pardalaridan qon ketishda mahalliy gemostaz usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 16.02.2024 yildagi 39/1-son hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 16.02.2024 yildagi 40-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/41-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: maxalliy maxsulotlardan ishlab chiqilgan vositani qo‘llash asosida parenximatoz va miya qobiqlaridan qon ketishlarning dastlab jadalligini sezilarli kamaytirib, bir etapli absolyut gemotazga erishiladi. Iqtisodiy samaradorligi: intrakranial bosh miya gematomalarni olib tashlash operatsiyasidan so‘ng qayta qon kuyilish va reaktiv yallig‘lanish jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlarni kamayishi - o‘pka sun’iy apparatini uzoq muddat davomida ishlatish, dori-darmon bilan ta’minlash, davomiy reabilitatsiya va nogironlik yuzasidan doimiy ijtimoiy ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirdi. Xulosa: eksperimental tadqiqotlar bilan asoslangan ilmiy yangilikni amaliyotga tadbiq etilishi qayta qon kuyilish va reaktiv yallig‘lanish jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlarni va asorat bilan bog‘liq sarf xarajatlarni kamaytiradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: klinik tekshiruv usullari va jarrohlik davolash natijalari sifatini tahlil qilish imkonini beruvchi maxsus tadqiqotlar yordamida travmatik intrakranial qon ketish fonida yuzaga keladigan bosh miya jarohatlari bo‘lgan bemorlarni davolash algoritmi ishlab chiqilganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 30 yanvarda 6i-04/u-son bilan tasdiqlangan «Bosh miya parenximasi va pardalaridan qon ketishda mahalliy gemostaz usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 16.02.2024 yildagi 39/1-son hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 16.02.2024 yildagi 40-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/41-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bosh miya jarohatlari bo‘lgan bemorlarni davolashning ishlab chiqilgan algoritmidan foydalanish asoratlar soni va nogironlik ehtimolini kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: operatsiyadan keynigi davrda so‘rdiruvchi, antikonvul`siv, antibakterial terapiya bilan bog‘liq qo‘shimcha sarf-xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xar bir bemor kesimida 300000 so‘mdan 600000 so‘mgacha mablag‘ tejalishiga erishilgan. Xulosa: gemostatik xususiyatlarning bir xafta mobaynida saqlanib qolishi tashrixdan keyingi arterial gipertenziya epizodlarida ishonchli gemostazga, biodestruksiyaning yiringli jarayonlarsiz va chandiksiz kechishi, bu o‘z o‘rnida gistoarxitektonik qatlamlarni erta tiklanishiga, nevrologik defisit rivojlanishi, nogironlikni oldinish olish, dori-darmon bilan bog‘liq sarf xarajatlarni kamaytirishga imkon bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: amalga oshirish qulayligi bilan tavsiflanuvchi va shoshilinch yoki rejali operatsiyalar paytida neyroxirurgiya amaliyotida faol qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan bosh miyaning parenximatoz va qobiqli qon quyilishlarini mahalliy gemostaz qilish usuli ishlab chiqilganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 30 yanvarda 6i-04/u-son bilan tasdiqlangan «Bosh miya parenximasi va pardalaridan qon ketishda mahalliy gemostaz usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 16.02.2024 yildagi 39/1-son hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 16.02.2024 yildagi 40-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/41-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan usuldan foydalanish gemostazning barcha etaplari davomiyligini 8,1±4,9 daqiqadan 4,9±1,9 daqiqagacha qisqartirib (t=5,83; p<0,05), qon ketish xajmini 70,2±16,6 ml.dan 54,4±15,1 ml.gacha kamaytirgan (t=6,77; p<0,05). Bu o‘z navbatida davolash natijalari va bemor xayot sifatini yaxshilashga imkoniyat yaratgan. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan usulning iqtisodiy samaradorligi xar bir bemor davolash kursiga 3532500 sumni tashkil etgan. Xulosa: maxalliy maxsulotlardan ishlab chiqilgan vositani qo‘llash asosidagi travmatik intrakranial parenximatoz va miya qobiqlaridan qon ketishlarda gemostaz usuli davolash natijalari va bemor xayot sifatini yaxshilaydi va xar bir bemor davolash kursiga 3532500 sumni iqtisod qiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: travmatik intrakranial qon ketishda jarrohlik davolash natijalarini baholash mezonlari (qon ketish intensivligi, intraoperativ gemostaz davomiyligi, umumiy qon yo‘qotish hajmi, operatsiyadan keyingi yaradan ajralmalar miqdorining kamayishi, reanimatsiya bo‘limida qolishning qisqarishi, miya ezilishining neyrovizualizatsion belgilarining yo‘qligi) aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 30 yanvarda 6i-04/u-son bilan tasdiqlangan «Bosh miya parenximasi va pardalaridan qon ketishda mahalliy gemostaz usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 16.02.2024 yildagi 39/1-son hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 16.02.2024 yildagi 40-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/41-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ushbu baholash mezonlaridan foydalanish qayta qon kuyilish va reaktiv yallig‘lanish jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlarni kamaytirib, intrakranial bosh miya gematomalar bilan bosh miya jarohatlarda o‘lim va nogironlik ko‘rsatkichlarini kamaytirishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: operatsiyadan keyingi davrda dori-darmonlarga qo‘shimcha sarf-xarajatlarni bir bemor uchun o‘rtacha 578000 so‘mga tejashga imkon bergan. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikdan foydalanish qo‘shimcha sarf-xarajatlarni qisqartirish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=88) 50864000 so‘m mablag‘lar tejalishiga imkon beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish