Maxkamova Aliya Shinibaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Eroziyaga uchragan tipik bo‘z tuproqlarning agrofizikaviy xossalariga hamda g‘o‘za hosildorligiga ma’danli va biologik o‘g‘itlarning ta’siri”, 06.01.03–Agrotuproqshunoslik va agrofizika (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Qx557.
Ilmiy rahbar: Kamilov Bobir Sultonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/07.06.2024.Qx.13.03.
Rasmiy opponentlar: Kurvantaev Rakhmantoy, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xaqberdiev Obid Eshniyazovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Chirchiq-Ohangaron havzasi irrigatsiya eroziyasiga uchragan tipik bo‘z tuproqlarining agrofizikaviy xossalari, biologik faolligini aniqlash, hamda eroziyalangan tuproqlar unumdorligini oshirishda ma’danli va biologik o‘g‘itlarning ta’siriga oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sug‘oriladigan hududlarda irrigatsiya eroziyasiga uchragan tipik bo‘z tuproqlarning morfologik hususiystlari, agrofizikaviy, agrokimyoviy xossalari, biologik faolligini eroziya ta’sirida o‘zgarishi aniqlangan;
ArcGIS dasturi asosida hudud tuproqlarining 1:10000 masshtabli eroziyalanish xarita sxemasi, qiyalik ekspozisiyasi bo‘yicha xaritasi ishlab chiqilgan;
Eroziya darajasiga bog‘liq ravishda tuproqlarning biologik faolligi va o‘g‘itlar orasidagi, hosildorlik va o‘g‘itlar orasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
Irrigatsiya eroziyasini bartaraf etish hamda ekinlar hosildorligini oshirishda ma’danli va biologik o‘g‘itlardan foydalanish sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarning agrofizikaviy xususiyatlari va biologik faolligini yaxshilashi, tuproq unumdorligini oshirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent viloyatining irrigatsiya eroziyasiga uchragan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarining unumdorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
«Irrigatsiya eroziyasiga uchragan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarning unumdorligi va uni oshirish yo‘llari bo‘yicha tavsiyalar» ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 4-may 06/28-28-06/440-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyalar Toshkent viloyatining paxta-g‘allachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklarida biopreparatlarini va turli o‘g‘itlarni qo‘llash orqali tuproq unumdorligini oshirish uchun qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
Tipik bo‘z tuproqlar sharoitida ishlab chiqilgan N200P140K100+gumat-Na biopreparatini qo‘llashning takomillashtirilgan agrotexnologiyasi Toshkent viloyati Piskent tumanida 50 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 4-may 06/28-28-06/440-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tuproqning haydalma qatlamida gumus miqdori 0,07%, nitrat shakldagi azot 7,3 mg/kg, harakatchan fosfor 5,45 mg/kg ga oshgan va o‘rta pishar g‘o‘za Sulton navidan gektaridan qo‘shimcha 1,8 s/ga paxta hosili olishga erishilgan.
N200P140K100+Rizokom-1 qo‘llashning takomillashtirilgan agrotexnologiyasi Toshkent viloyati Piskent tumani «Ibroxim Zoda Xondamir» fermer xo‘jaligida 20 gektar sug‘oriladigan er maydonida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 4-may 06/28-28-06/440-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu takomillashtirilgan texnologiya fermer xo‘jaliklarida g‘o‘zadan gektariga 2,3 s/ga qo‘shimcha g‘o‘za hosili olish imkonini bergan.