Abduvahobov Sherzodbek Abduvahobovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jinoyat protsessida mutaxassisning isbot qilishdagi huquqiy maqomini takomillashtirish”, 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Yu600.
Ilmiy rahbar: Rashidov Bexzod Nurboevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Radjabova Mavjuda Abdullaevna, yuridik fanlar doktori, professor; To‘laganova Gulchehra Zaxitovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jinoyat protsessida mutaxassisning isbot qilishdagi huquqiy maqomini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishning muayyan holatlarini aniqlash uchun fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilimlar zarur bo‘lgan barcha hollarda, agar ekspertiza tayinlanmasa sud muhokamasiga mutaxassisni jalb etish orqali ushbu holatlar aniqlanishi mumkinligi asoslantirilgan;
dalillarni tekshirish chog‘ida sudga yoki protsess ishtirokchilariga maxsus bilim va ko‘nikmalar zarur bo‘lib qolganda (masalan, texnologik yoki ishlab chiqarish jarayonini, u yoki bu kasbning o‘ziga xos xususiyatlarini tushunishda va hokazo) mutaxassis sud muhokamasiga taklif etilishi kerakligi asoslantirilgan;
maxsus bilimlar zarur bo‘lgan barcha hollarda olingan mutaxassis fikri og‘zaki yoki yozma bo‘lishidan qat’iy nazar sud majlisi bayonnomasida aks ettirilishi shartligi asoslantirilgan;
mutaxassis tomonidan ish doirasida isbot qilish bilan bog‘liq bajarilgan ish uchun haq manfaatdor tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnomada yoki amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan miqdorda to‘lanishi zarurligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jinoyat protsessida mutaxassisning isbot qilishdagi huquqiy maqomini takomillashtirish uchun olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
ishning muayyan holatlarini aniqlash uchun fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilimlar zarur bo‘lgan barcha hollarda, agar ekspertiza tayinlanmasa sud muhokamasiga mutaxassisni jalb etish orqali aniqlanishi mumkinligi masalasi hal qilinishi lozimligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi “Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 7-son qarorining 17-bandi ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil 17-noyabrdagi 01-489-23-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning inobatga olinishi orqali birinchi instansiya sudida maxsus bilimlar zarur bo‘lgan barcha hollarda, ishning muayyan holatlarini aniqlash uchun mutaxassisni jalb etish ta’minlanishiga erishilgan;
dalillarni tekshirish chog‘ida sudga yoki protsess ishtirokchilariga maxsus bilim va ko‘nikmalar zarur bo‘lib qolganda (masalan, texnologik yoki ishlab chiqarish jarayonini, u yoki bu kasbning o‘ziga xos xususiyatlarini tushunishda va hokazo) mutaxassis sud muhokamasiga taklif etilishi kerakligi haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi “Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 7-son qarorining 17-bandi ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining 2023-yil 17-noyabrdagi 01-489-23-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning inobatga olinishi sud dalillarni tekshirishda hamda maxsus bilim va ko‘nikmalar zarur bo‘lganda mutaxassisni taklif etishning majburiyligi ta’minlanishiga xizmat qilgan;
maxsus bilimlar zarur bo‘lgan barcha hollarda olingan mutaxassis fikri og‘zaki yoki yozma bo‘lishidan qat’iy nazar sud majlisi bayonnomasida aks ettirilishi shartligi haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi “Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 7-son qarorining 17-bandi ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining 2023-yil 17-noyabrdagi 01-489-23-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning inobatga olinishi sud majlisida isbotlash jarayonida mutaxassis fikrining ahamiyatini oshirishga xizmat qilgan;
mutaxassis tomonidan ish doirasida isbot qilish bilan bog‘liq bajarilgan ish uchun haq manfaatdor tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnomada yoki amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan miqdorda haq to‘lanishi to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-oktyabrdagi 570-son qarori bilan tasdiqlangan “Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 12-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-noyabrdagi 12-15-118-son dalolatnomasi). Mazkur takliflarning inobatga olinishi mutaxassis tomonidan jinoyat protsessida bajarilgan ish uchun haq belgilangan miqdorda to‘lanishi ta’minlanishiga olib kelgan.