Mirzaaxmedova Kamola Toxirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Eksperimental gepatit va oshqozon yarasida Fitin-S va glisitrinatning samaradorligi», 14.00.17–Farmakologiya va klinik farmakologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib249.
Ilmiy rahbar: Aminov Salaxitdin Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Sirov Vladimir Nikolaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raxmanov Alisher Xudoyberdievich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gepatit va me’da yarasining turli tajriba modellarida Fitin-S va glisitrinatning farmakologik ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor fitinning yangi birikmasi Fitin-S ni in’eksion eritmasini ma’lum bo‘lgan Essensiale va Silibor dori vositalari bilan taqqoslangan holda jigarning funksional holatiga gepatoprotektorlik ta’siri aniqlangan;
Glisitrinat dori vositasining me’da yarasiga qarshi faollik xususiyatining mavjudligi, glisitrinat me’da shirasi ajralishini pasaytirishi va rN muhitining ishqoriy tomonga surilishi aniqlangan;
Glisitrinat dori vositasining yaraga qarshi ta’siri uning antioksidant xususiyati, oshqozon bezlari sekresiyasini kamaytirishi, oshqozon shilliq qavatini himoya bar`erini kuchayishtirishi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
Fitin-S va Glisitrinat dori vositalarini umumiy toksikologiyasi o‘rganilganda zaharlilik darajasi past birikmalarning IV guruhiga mansubligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Davolashni takomillashtirish va mahalliy xomashyo asosidagi zaharlilik darajasi past, ishonchli, samarali dori vositalarini tayinlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Glisirrizin kislotasi asosidagi yaraga qarshi dori vositasi»ga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 20160085; 14.03.2016 y.). Natijada glisirrizin kislotasi asosida “Glisitrinat” tabletkasining tajriba namunalarini yaratish imkonini bergan.
Glisitrinat dori vositasining yaraga qarshi ta’siri uning antioksidant xususiyati, oshqozon bezlari sekresiyasini kamaytirishi, oshqozon shilliq qavatini himoya bar`erini kuchayishtirishi bilan bog‘liq tavsiyalar AJ “O‘zkimyofarm” farmatsevtik korxonasi ishlab chiqarish amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 5 yanvardagi 8n-d/1-son ma’lumotnomasi). Natijada «Glisitrinat» preparatning mahalliy o‘simlik xomashyosidan ishlab chikilishi import dori vositalariga nisbatan xarajatlar 2,3 marta kamaytirishga imkon bergan;
yangi farmakologik dori vositasi “Glisitrinat”ning yallig‘lanishga qarshi ta’sirini klinikagacha o‘rganishga oid tavsiyalar Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-klinikasi amaliy faoliyatiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 22 apreldagi 29/03-541-son ma’lumotnomasi). “Glisitrinat” dori vositasini qo‘llash natijasida oshqozon yara kasalligini davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan.
«Glisitrinat yangi glisirrizin kislotasini farmakologik tekshirish» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 19 avgustdagi 28n-r/119-son ma’lumotnomasi). Mazkur qo‘llanmadan foydalanish natijasida tajriba-ishlab chiqarish sharoitlarida ishlab chiqilgan reglamentga muvofiq «Glisitrinat» preparatini mahalliy xomashyo-qizil miya ildizi ekstraktidan ajratib olish imkonini bergan.