Usmanova Shaxnoza Erkinovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Revmatoid artritni yallig‘lanishga qarshi nosteroid terapiyasida gastro- va nefropatiyaning patogenetik mexanizmlari va aniqlangan o‘zgarishlarning korreksiya yo‘llari», 14.00.17–Farmakologiya va klinik farmakologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Tib164.

Ilmiy maslahatchi: Xamraev Abror Asrorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.

Rasmiy opponentlar: Daminova Lola Turg‘unpo‘latovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Fozilov Abduqahhor Vohidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimov Mirvosit Mirvosiqovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot:  Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Revmatoid artritni yallig‘lanishga qarshi nosteroid terapiyasida gastro- va nefropatiyaning mexanizmlarini o‘rganish va aniqlangan o‘zgarishlarni korreksiyasi uchun optimal sxemalarni ishlab chiqish.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

AAF-I, omeprazol va saytotekning me’da shilliq qavatini indometatsinning nojo‘ya ta’siridan himoya qilish samaradorligi o‘rganilgan, kaptopril va mizoprostolni profilaktika maqsadida qo‘llashning yuqori samaradorligi aniqlangan;

indometatsin ta’sirida me’da shilliq qavatining erozivyara ko‘rinishidagi jarohatlanishi me’da shilliq to‘sig‘i erimaydigan glikoproteinlari sintezining pasayishi va shilliq ishlab chiqaruvchi hujayralar sonining ahamiyatli darajada kamayishi bilan kechishi aniqlangan, bunday o‘zgarishlar korreksiyasida omeprazol va kaptopril hamda omeprazol va mizoprostolni birgalikda qo‘llash yuqori samara ko‘rsatishi isbotlangan;

indometatsin gastropatiyasida oksidlanish stressi jarayonlarining intensifikatsiyasi va NO-hosil bo‘lishi tizimidagi buzilishlar bilan bog‘liq ravishda me’da va buyraklarda monooksigenaza tizimining faolligi ahamiyatli darajada pasayishi aniqlangan, bu o‘zgarishlar korreksiyasida AAF-I va mizoprostol samarali ekanligi tasdiqlan gan; monooksigenaza tizimi fermentlari va NO-hosil bo‘lishi tizimiga induktiv ta’si ri va antioksidant samarasiga ko‘ra kaptopril lizinopril va enalaprildan ustunligi aniqlangan; omeprazol ushbu tizimlarga faqat me’da shilliq qavatida korreksiyalovchi ta’sir etishi, buyraklarga deyarli ta’sir ko‘rsatmasligi isbotlangan;

indometatsin gastropatiyasida me’da shilliq to‘qimasida va buyraklar to‘qimasida agressiv-protektiv omillarning o‘zaro aloqadorligining  o‘zgarishlari kollagen hosil bo‘lishi jarayonining me’da shilliq to‘qimasida ahamiyatli darajada susayishi va buyrak to‘qimasida ortishi bilan kechishi aniqlangan;

AAF-I va mizoprostolning me’da va buyraklar to‘qimasida kollagen sintezi jarayonlariga korreksiyalovchi ta’siri isbotlangan;

omeprazol chandiqlanish jarayonlarini me’da to‘qimasida stimulyasiya qilib, buyrak to‘qimasiga deyarli ta’sir ko‘rsatmasligi aniqlangan;

me’da shilliq qavatida regeneratsiya jarayonlarini stimulyasiya qilishda omeprazolni mizoprostol va kaptopril bilan kombinatsiyada qo‘llashning yuqori darajada samaradorligi, ushbu preparatlarni kombinatsiyada qo‘llashda buyraklar to‘qimasida oksiprolin miqdoriga farmakodinamik ta’siri o‘zgarmasligi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Revmatoid artritni yallig‘lanishga qarshi nosteroid terapiyasida gastro- va nefropatiyaning patogenetik mexanizmlari va aniqlangan o‘zgarishlarning korreksiya yo‘llarini baholash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:

“Tajriba hayvonlarida indometatsinli gastropatiyani oldini olishda revmatoid artritli modellash usuli” uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2012 yil 14 iyundagi 8N-M/180-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yallig‘lanishga qarshi nosteroid vositalar ta’sirida me’da himoya to‘sig‘ining tajovuz-himoya omillari o‘rtasidagi o‘zaro muvozanatning buzilishlarini korreksiyasi  asosida me’da shilliq qavatining  gastropatiyalar ko‘rinishidagi jarohatlanishlarini profilaktika qilish  va davolash imkoniyatini bergan;

tadqiqot natijalari Toshkent farmatsevtika institutining farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasining  o‘quv jarayoni hamda koordinatsion birikmalar sintezi va farmakotoksikologik tadqiqotlar laboratoriyasi faoliyatiga, Andijon davlat tibbiyot institutining MITL amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 4 maydagi 8n-d/87-son ma’lumotnomasi). Natijada revmatoid artrit kuzatilgan bemorlarda yallig‘lanishga qarshi nosteroid vositalar qo‘llanilishida gastro- va nefropatiyaning buzilgan mexanizmlarini korreksiyasi uchun maqbul samaradorlikka ega bo‘lgan va xavfsiz davolash sxemalarini tavsiya etish asosida bemorlar sog‘lig‘ining tez tiklanishi va ijtimoiy adaptatsiyasi, hayot sifatining ortishiga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish