Babadjanov Elmurod Satimbaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aqlli chorva fermalarini shakllantirishda qoramol kasalliklarini aniqlashning algoritmik va dasturiy ta’minoti”, 05.01.04 – Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/T773.
Ilmiy maslahatchi: Nishanov Axram Xasanovich, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01
Rasmiy opponentlar: Zaynidinov Hakimjon Nasriddinovich, texnika fanlari doktori, professor, Muxamedieva Dilnoza Tulqinovna, texnika fanlari doktori, professor, Seytov Aybek Jumabaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aqlli chorva fermalarini shakllantirishning avtomatlashtirilgan tuzilmasi va uning bazasida qoramol kasalliklarini aniqlashning zamonaviy texnologiyalarga asoslangan algoritmik va dasturiy ta’minotini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bulutli hisoblash imkoniyatlari asosida “aqlli chorva” fermalarida ma’lumotlarni samarali qayta ishlashning kengaytirilgan tuzilmasi ishlab chiqilgan;
kasallik alomatlari, me’yorlar, kasallik darajalari va kasalliklarni aniqlash usullarining “oltin qoidalari” asosida ma’lumotlar bazalari loyihalashtirildi hamda dastlabki qaror qabul qilishga ko‘maklashuvchi algoritm ishlab chiqilgan;
sensorlardan olingan kasallik ko‘rsatkichlari va mavjud ma’lumotlar bazalari asosida qoramol kasalliklarini, xususan, mastitni aniqlashning ko‘p paramertli umumlashgan matematik ta’minoti ishlab chiqilgan;
“aqlli chorva” fermalarida qoramol kasalliklarini aniqlashning o‘qitiluvchi mashina-ekspert interfeysiga mos bilimlar va ma’lumorlar bazasi asosida aniq tashxislashga ko‘maklashuvchi algoritm ishlab chiqilgan;
ferma binolarida qoramollar joylashuvi va harakat tartiblari ma’lumotlar bazasi asosida ularning salomatlik parametrlarini tahlil qilish algoritmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ilmiy tadqiqotda ishlab chiqilgan “Uz_PLF - aqlli chorva” majmuasida qoramol kasalliklarini aniqlashning algoritmik va dasturiy ta’minoti asosida:
elektron quloq birkalarini taqsimlash va qoramol bosh sonini nazoratlash, hisobotlar shakllantitish, hayvon kasallik chora-tadbirlari doirasida ma’lumotlarini birlashtirish orqali tashxislash, veterinarlar hamkorligi hamda fermer xo‘jaliklarini yagona nuqtadan boshqarish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasida joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 8 apreldagi №03-03/1413-son ma’lumotnomasi). Natijada sensorlar va inson tomonidan aniqlangan kasallik alomatlari, veterinar tarixiy qaydnomalar, qoramollarning ajdod-nasl shajarasi, oltin qoidalar va mashinali o‘qitish algoritmlari asosida kasalliklarini mukammal tashxislashning o‘qitiluvchi mashina-ekspert tizimi veterinarlarning kasalliklarga tashxis qo‘yish jarayonidagi aniqlikni 1,7 marta oshish va mehnat resurisini 3-5 marta kamayish imkonini bergan;
fermada elektron qaydnomalar yuritish va tahlil qilish, qoramollarni elektron identifikatsiya va joylashuvini aniqlash, veterinarlarning qoramol kasalliklarini tashxislashi Nukus tumanidagi “Qo‘ngirot-Mexri” fermer xo‘jaligiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 8 apreldagi №03-03/1413-son ma’lumotnomasi). Natijada fermada RFID identifikatsiya qilish tizimi ma’lumotlar bazasi asosida sigir to‘g‘risidagi barcha ma’lumotnomalarini ko‘rish tezligi 98% ga va veterinarlarning qaydnoma yuritish va tahlil qilish jarayoni 80% ga oshdi, sut sog‘ish zalida “sog‘inlarni elektron identifikatsiya qilish, joylashuvini aniqlash” va IoT elektron sut qaydnoma vositalari orqali insion mehnati 2 marta kamaydi, “qoramolda aniqlangan kasallik alomatlari, veterinar tarixiy qaydnomalar, qoramollarning ajdod-nasl shajarasi, oltin qoidalar va mashinali o‘qitish algoritmlari” veterinarning to‘g‘ri qaror qabul qilish unumdorligini 1,5 marta oshirish imkonini bergan;
katta hajmli qoidalar bazasiga ega kasalliklarni tashxislash tizimi Amudaryo tumanidagi “Amudaryo sohili” fermer xo‘jaligiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 8 apreldagi №03-03/1413-son ma’lumotnomasi). Natijada “qoramol kasalliklarini aniqlashning o‘zini-o‘zi o‘qituvchi mashina-ekspert tamoyiliga mos tashxis qo‘yish” algoritmlari veterinar vrachlarning qoramollarga kasallik tashxisini qo‘yish jarayonidagi mehnat sarfini 3 barobarga kamayish, tashxisda to‘g‘ri xulosalar chiqarish ish qobilyatini 2 marta oshish, tizim ogohlantirishlari orqali xodimlarning vaqtga bo‘g‘liq chora-tadbirlar o‘tkazish aniqligini 2-5 marta oshirish imkonini bergan;
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filialida “Chorvachilik komplekslarini elektron boshqarishning mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyiha bajarilgan (ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi asosida ilmiy loyihani bajarish to‘g‘risida shartnoma IL-392103072: 05.01.2022 y.)