Raximov Laziz Abduazizovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bobur davrida Hindiston arxitekturasining rivojlanish an’analari”, 18.00.01–Arxitektura nazariyasi va tarixi, arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/A4.

Ilmiy rahbar: Uralov Axtam Sindarovich, arxitektura doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSc.27.06.2017.A.11.02.

Rasmiy opponentlar: Yusupova Mavlyuda Amindjanovna me’morchilik fanlari doktori, professor; Po‘latov Xayrullo Shomuborakovich arxitektura nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomlik va dizayn instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Bobur davri me’morchiligining Hindiston hududidagi taraqqiyotini yoritib berish, Bobur davri va ungacha shakllangan me’moriy madaniyatlarning bir-biri bilan bog‘liqligini va farqini aniqlash, arxitekturaga Bobur olib kirgan va joriy etgan me’morchilik uslublarini, unga Movarounnahr arxitekturasida shakllangan “Temur uslubi”ning ta’sirini, binolar turlari va inshootlariga xos xususiyatlarni ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Hindiston mahobatli arxitekturasining xronologiyasi Qadimgi Hind sivilizatsiyasi, buddizm, braxmanizm dinlari va ibodatxonalar me’moriy an’analarining taraqqiyot yo‘llari asosida takomillashtirilgan;

Hind-Islomiy va Boburiylar uslubining shakllanishiga Xuroson, Movarounnahr, G‘aznaviylar, G‘uriylar, Sultonlik va “Temuriylar uslubi” arxitekturasining ijobiy ta’siri asoslab berilgan;

Boburiylar uslubining vujudga kelishida Hindistonga Bobur olib kirgan Temuriylar arxitekturasi an’analarining turganligi, Humoyun davrida Fors madaniyati kiritilganligi, Akbar davrida Gvalior, Rajput va Gujarat an’analari bo‘yicha bu uslub yanada boyitilganligi, Jahongir va Shoh Jahon davrida ornamental bezaklar rivojlanganligi, Avrangzeb va so‘nggi Boburiylar davrida ushbu uslubning so‘nib borishi grafoanalitik qiyosiy taqqoslash uslubida aniqlangan;  

Bobur va Boburiylar davri bunyodkorligi shakllanishining tub mohiyatini Hind-Islomiy, Sultonlik, Fors va Temuriylar an’analari tashkil etganligi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bobur davrida Hindiston arxitekturasining rivojlanish an’analari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

Bobur davri Hindiston arxitekturasining rivojlanish an’analarini o‘rganish asosida Boburning “Chorbog‘” uslubi konsepsiyasi bo‘yicha olingan natijalar F.1-86 raqamli “O‘zbekiston arxitekturasining mustaqillik mafkurasi asosida shakllanish qonuniyatlarini tadqiq etish va samarali rivojlantirish tamoyillarini ishlab chiqish” (2011–2016 yy.) mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasining “Me’moriy majmualar” deb nomlangan bo‘limini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 02 apreldagi 89-03-1212-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi Amir Temur va Temuriylar me’morligi hamda O‘zbekiston me’morligining tarixiy asosini ochib berish imkoniyatini bergan;

Boburning Samarqand va Hirot arxitekturasi va uning Temuriylar davridagi holatiga berilgan tahliliy ma’lumotlar “Samarqand va Jizzax viloyatlararo mintaqaviy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish davlat inspeksiyasi” ishini tashkil etishda ilmiy asos sifatida foydalanilgan (Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining 2018 yil 3 oktyabrdagi 01-01/769-son ma’lumotnomasi). Mazkur tadqiqotning amaliyotga joriy etilishi Samarqand va Jizzax viloyatlari arxitekturasining o‘ziga xoslik xususiyatlarini boyitish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish