Shnekeev Jumabay Kalimbetovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston turar-joylar arxitekturasining rivojlanish xususiyatlari», 18.00.02–Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/A13.
Ilmiy rahbar: Nazilov Dodo Avazovich, arxitektura doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSs.27.06.2017.A.11.02.
Rasmiy opponentlar: Yusupova Mavlyuda Aminjanovna, arxitektura doktori, professor; Xojaniyazov Gayratdin, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: \"QIShLOQQURILIShLOYIHA\" MChJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘istondagi turar joylarning tipologiyasi va funksional-hajm shakllanish omillarini aniqlash, ekologik jihatdan samarador kam qavatli zamonaviy turar joy binolari loyihalarini ishlab chiqish uslubini takomillashtirishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qadimgi Mizdaxqonda shaharsozlikni rivojlantirish maqsadida daryo sathidan olingan qumlar bilan sun’iy tepaliklar bunyod etish orqali shahar aholisining suv toshqinidan himoyalanganligi va turar joy dahalarining iqlim sharoiti yaxshilangani aniqlangan;
an’anaviy “dalon”ning Qoraqalpog‘iston turar joy me’morchiligida qadimdan keng qo‘llanilganligi aniqlanib, evolyusion rivojlanishi tasniflangan va undagi qulay mikroiqlimning yaratilishi xronometrajli kuzatuv asosida isbotlangan;
XX asr o‘rtalarida “Besh qal’a” an’anaviy turar joylarini shakllantirishda Beruniy shahrida 3 ta, Mang‘it shahrida 3 ta, Xo‘jayli shahrida 4 ta, Chimboy shahrida 4 ta, Qo‘ng‘irot shahrida 3 ta turdagi turar joylar tipologiyasi qo‘llanilganligi aniqlangan;
Qoraqalpog‘istonning ekstremal iqlim sharoitiga mos turar joy arxitekturasini rivojlantirishda zararlangan atmosferadan ekologik himoyalangan an’anaviy uslubdagi \"ekohovli\", \"atrium\"li va namunaviy uylarga yangi arxitekturaviy echimli energiya tejamli isitish va sovutish devorga ega kam qavatli turar joy kompleksining loyihasi ishlab chiqilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston turar-joylar arxitekturasining rivojlanish xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qishloq aholisi turmush darajasini oshirish maqsadida Davlat dasturlariga asosan va «Davarxitektqurilish» qo‘mitasining 2009 yil 26 yanvardagi 1046-son qarorining 10-bandiga muvofiq hovli turidagi 3, 4, 5 xonali kam qavatli qishloq turar joy binolari loyihalari ishlab chiqilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat arxitektura-qurilish qo‘mitasining 2010 yil 2 iyuldagi 07/19-son ia’lumotnomasi). Ilmiy natija asosida bugungi kunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida 1000 dan ortiq kam qavatli turar joy binolari qurilgan;
4 qavatli turar joy binosining loyihalari ishlab chiqilib, Nukus va Beruniy shaharlari infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha Davlat dasturi asosida Nukus shahrida qurilgan jami 50 ta 88, 64 va 48 xonadonli 4 qavatli turar joy binolari loyihasida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat arxitektura-qurilish qo‘mitasining 2017 yil 17 fevraldagi 02/48-son ma’lumotnomasi). Natijada turar joylar uchun ajratilgan er maydonida samarali foydalanishga erishilgan.