Xayrullaev Xurshidjon Zaynievichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Til va nutq birliklarining ierarxik munosabatlari», 10.00.11–Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.3.DSc/Fil81.

Ilmiy maslahatchi: Turniyozov Ne’mat Qayumovich, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc. 27.06.2017 Fil.19.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Muhamedova Saodat Xudoyberdievna, filologiya fanlari doktori; Hakimov Muhammadxon Xo‘jaxonovich, filologiya fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi til va nutq birliklari ierarxik munosabati ilmiy talqinini amalga oshirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 

sathtushunchasi haqidagi an’anaviy nazariyaning munozarali o‘rinlari aniqlangan hamda sathni belgilashning til birliklari bilan bog‘liqligi asoslangan;

til birliklari sath tushunchasining asosida yotishi, til sathlari soni ham shunga muvofiq bo‘lmog‘i lozimligi o‘zbek tili materiallari asosida isbotlangan;

til sathlari ham, nutq sathlari ham bir-birining ishtirokisiz mavjud bo‘la olmasligi, shu bois ularni faqat nisbiy avtonomligi asoslangan;

gapning nutq birligi ekanligi asoslangan, gap sathida barcha til birliklari va sathlarining ierarxik munosabatga kirishishi dalillangan;

til sathlari ichida sintagmatik munosabat mavjudligi va ularning har biri sistema ichida sistema tarzida faollik ko‘rsatishi ochib berilgan;

nutq birliklarining gap, murakkab sintaktik qurilma hamda abzatsdan iborat ekanligi aniqlangan va nutq sathlari belgilangan.

 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Til va nutq birliklarining ierarxik munosabatini, sathlar va sathlararo munosabatlarni tadqiq etish jarayonida olingan natijalar asosida:

so‘zning til birliklarining gap sathiga ko‘chirilishini ta’minlovchi asosiy vosita sanalishi, umumiy ma’no unga grammatik ma’no qo‘shilgandan so‘ng shakllanishiga oid xulosalardanOT-F8-027 raqamli «Qo‘lyozma manbalarning milliy ma’naviy va adabiy meros targ‘ibotidagi ahamiyati» (2008–2011) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 13 martdagi 89-03-975-son ma’lumotnomasi). Natijada til hodisalarini nutq hodisalaridan farqlab o‘rganishga doir masalalar echimini mukammallashtirish imkoniyati yaratilgan;

til va nutq birliklari hamda ularning paradigmatik, sintagmatik va ierarxik qonuniyat asosidagi munosabatlari bilan bog‘liq xulosalardan 5111200 – o‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishida Respublika oliy o‘quv yurtlari o‘zbek filologiyasi fakul`teti bakalavrlari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan «Umumiy tilshunoslik» darsligini yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 8 iyundagi 89-03-2264-son ma’lumotnomasi). Natijada darslikda til va nutq birliklari va ularning paradigmatik, sintagmatik hamda ierarxik qonuniyatini talabalarga tushuntirish imkoniyatlarini kengaytirishga erishilgan;

fonema, morfema va so‘zlarning tildagi holati va ularning nutqda gap tarkibida qo‘llanilishi holatlari haqidagi xulosalardan oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Respublika chet tillar oliy o‘quv yurtlari olmonshunos talabalari uchun darslik sifatida tavsiya qilingan «Nemis tili» darsligini yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 8 iyundagi 89-03-2264-son ma’lumotnomasi).  Natijada darslikda fonema, morfema va so‘zlarning tildagi holati va ularning nutqda gap tarkibida qo‘llanilishini talabalarga tushuntirilishi soddalashtirilgan;

til sathlari ichida sintagmatik munosabat mavjudligi va nutq birliklari haqidagi ma’lumotlar ITD-1, A-1-219 raqamli «Ta’lim tizimida xorijiy til (ingliz) yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida umumevropa kompetensiyalari (CEFR) bo‘yicha S1 darajasini egallashni ta’minlaydigan o‘quv-uslubiy majmua yaratish» mavzusidagi amaliy loyiha (2015–2017) doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 13 martdagi 89-03-975-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz tilidagi muayyan so‘zning tildagi va nutqdagi holatini o‘rganish soddalashtirilgan, topshiriq va mashqlarning sifat jihatdan takomillashuviga erishilgan; 

Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining «Samarqand sadosi» eshittirishi va «Oydin oqshom» ko‘rsatuvida tadqiqotchi tomonidan tavsiya etilgan til hamda nutq birliklari va ularning qo‘llanishi bilan bog‘liq fikrlaridan foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2018 yil 10 yanvardagi 09-02/1-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur eshittirish va ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan hamda yangi manbalar bilan boyigan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish