Abduraimova Dilbar Aybekovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘orma dehqonchilikda resurstejamkor suv ko‘tarish qurilmalarining hisobini takomillashtirish», 06.01.02 – Melioratsiya va sug‘orma dexqonchilik (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/T845.

Ilmiy rahbar: [Mirzajanov Qirgizboy], qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.27.06.2017.T.10.02.

Rasmiy opponentlar: Raximov Shavkat Xudergenovich, texnika fanlari doktori, professor; Sherov Anvar G‘ulomovich, texnika fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: ”UzGIP” MChJ.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: sug‘orma dehqonchilikda resurstejamkor past naporli suv ko‘targichlarni konstruktiv parametrlarini takomillashtirish va hisoblash usulini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

sug‘orish maydonlarini suv bilan ta’minlashda qo‘llaniladigan resurstejamkor struyali suv ko‘targichning yangi konstruksiyasi va uni hisoblash usullari oqimning suv ko‘targich kameralaridagi harakat qonuniyatlarini inobatga olgan holda takomillashtirilgan;

sug‘orma dehqonchilikda resurstejamkor sifonli suv ko‘targich qurilmasi oqim gidrodinamik parametrlarining o‘zgarishini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;

nov sug‘orish tarmoqlaridan sifon orqali suv olishni yaxshilash va suvdan tejamkorona foydalanishni ta’minlaydigan sifonli suv uzatish qurilmasining konstruksiyasi va uni hisoblash usullari quvurlardagi bosim o‘zgarishlarini inobatga olgan holda takomillashtirilgan;

suv resurslaridan samarali foydalanishda resurstejamkor suv ko‘tarish qurilmasi, konstruktiv parametrlari va ularni hisoblash usullari oqimning potensial energiyasini inobatga olgan holda  takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Sug‘orma dehqonchilikda resurstejamkor suv ko‘tarish qurilmalarining hisobini takomillashtirish  bo‘yicha olingan natijalar asosida:

sug‘orma dehqonchilikda oqimning energetik qonuniyatlaridan foydalangan holda suv ko‘tarish qurilmasiga Intellektual mulk agentligi tomonidan foydali modelga patent olingan («Oqimchali nasos», №FAP 01137-2013 y). Natijada yangi ishlab chiqilgan struyali suv ko‘targich orqali sug‘oriladigan maydonlarga resurstejamkor  suv uzatish imkoni yaratilgan;

sug‘orma dehqonchilikda kichik naporli sifonli suv ko‘tarish moslamasining yangi konstruksiyasiga Intellektual mulk agentligi tomonidan  foydali modelga patent olingan («Suv ko‘targich», №FAP 00733-2012 y). Natijada yangi ishlab chiqilgan suv ko‘targichdan sug‘oriladigan maydonlarga oqimning energiyasidan foydalanib suv ko‘tarish va uzatish imkoni yaratilgan;

sug‘orma dehqonchilikda qo‘llanadigan nov ariqlardan suv olishni takomillashtirish bo‘yicha sifonning yangi konstruksiyasiga Intellektual mulk agentligi tomonidan foydali modelga patent olingan («Pastdan yuqoriga suv uzatuvchi kuchma sifon», №FAP 001218-2017 y). Natijada yangi ishlab chiqilgan sifonli suv olish qurilmasi suv iste’molchilari uyushmalari va fermer xo‘jaliklari  hududidagi  nov ariqlardan suv olish  va uning miqdorini yuqori aniqlikda o‘lchash imkoni yaratilgan;

resurstejamkor  texnologiyalarga asoslangan suv ko‘tarish va uzatish qurilmalarining takomillashtirilgan hisoblash usullaridan Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi boshqarmalar, xususan,  To‘palang suv ombori boshqarmasi gidrouzelining drenaj quduqlaridagi fil`tratsiya suvini uzatish va Toshkent viloyatida “Chinobod-Kosimov-Shavkat” fermer xo‘jaligida, Toshkent kanali hududida suv uzatish va sarfni aniqlashda joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 19 iyundagi 03/18-308-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqotlar natijasida sarflanadigan energiyaning 15-25%ga tejalishi va suv ko‘targich qurilmalarining ish unumining 10-15%ga oshirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish