Sayt test rejimida ishlamoqda

Jumaev Turdali Saminjonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Biometrik tizimlarda tasvirlarga dastlabki ishlov berish algoritmlari», 05.01.03–Informatikaning nazariy asoslari (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T44.

Ilmiy rahbar: Fozilov Shavkat Xayrullaevich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik IK.

Rasmiy opponentlar: Babomuradov Ozod Jo‘raevich, texnika fanlari doktori; Mirzamov Akmal Maxmudjanovich, texnika fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: biometrik ob’ektlar tasvirlariga dastlabki ishlov berish algoritmlari va dasturiy ta’minotini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy qilishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

bosh komponentalar usuli asosida biometrik ob’ekt rangli tasvirini kulrang tasvirga o‘tkazish algoritmi ishlab chiqilgan;

yorqinlik va ta’sir qilish kuchini aniqlab beruvchi algoritm asosiy parametrlarini hisoblash protsedurasini o‘z ichiga oluvchi tasvir sifatini oshirishning takomillashtirilgan Retinex algoritmi ishlab chiqilgan;

gistogramma tahlili asosida bosh komponentalar usuli uchun berilgan tasvirlar bazasidagi barcha tasvirlarni aynan bir xil o‘lchamga keltirish protsedurasi ishlab chiqilgan;

biometrik ob’ekt tasvirini bo‘laklarga bo‘lish asosida ushbu ob’ektni xarakterlovchi statistik belgilarini ajratish algoritmi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Biometrik tizimlarda tasvir sifatini oshirish va xarakterlovchi belgilarini ajratish algoritmlari va dasturiy majmualari bo‘yicha olingan natijalari asosida:

biometrik ob’ektlar tasvirlariga dastlabki ishlov berish va xarakterlovchi belgilarini ajratish bo‘yicha «Inson shaxsini identifikatsiyalashda quloq chanog‘i tasvirlariga dastlabki ishlov berish uchun dasturiy majmuasi», «Statistik tahlil asosida quloq chanog‘i belgilarini ajratib olish dasturiy majmuasi», «Bosh komponentalar usuli asosida quloq chanog‘i belgilarini ajratish va shaxsni tanib olish dasturiy majmuasi», dasturiy vositalariga «UNICON.UZ» DUK tomonidan foydalanish mumkinligi to‘g‘risida xulosa berilgan («UNICON.UZ» DUKning 2018 yil 27 sentyabrdagi xulosasi). Natijada biometrik ob’ektlar tasvirlariga dastlabki ishlov berish va xarakterlovchi belgilarini ajratish algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy ta’minot biometrik tizimlarni ishlab chiqish imkoni yaratilgan;

takomillashtirilgan Retinex algoritmi asosida yaratilgan quloq chanog‘i tasvirlari sifatini oshirish protsedurasini o‘z ichiga oluvchi dasturiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markaziga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 24 maydagi 33-8/3725-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalaridan foydalanilishi shaxsni quloq chanog‘ining identifikatsion kriminalistik ekspertizasiga sarflanadigan vaqtni o‘rtacha 1,2 barobarga qicqartirish hamda tanib olish aniqligini 4% ga oshirish imkonini bergan;

yuz tasviri sifatini oshirish va bo‘laklarga bo‘lish asosida yuz tasvirini tahlil qilish orqali uning xarakterlovchi belgilarini ajratish protsedurasini o‘z ichiga oluvchi dasturiy majmua «STAND KOMPUTERS» MChJga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 24 maydagi 33-8/3725-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalaridan «STAND KOMPUTERS» MChJ  xodimlarining binoga kirishlarini nazorat qilish va boshqarishda shaxsni tanib olish aniqligini 10%ga oshirish imkonini bergan;

Gabor fil`trini bosh komponentalar va bo‘laklarga bo‘lish algoritmlari bilan birgalikda qo‘llash hamda takomillashtirilgan Retinex algoritmiga asoslangan quloq chanog‘i tasvirlari sifatini oshirish va ularning xarakterlovchi belgilarini ajratib olish protseduralarini o‘z ichiga oluvchi dasturiy majmua «O‘zI-Jizzax» O‘zbekiston-Indoneziya qo‘shma korxonasida joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 24 maydagi 33-8/3725-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalaridan mavjud QK ga kirishni nazorat qilish va boshqarish tizimiga qo‘shimcha dasturiy komponentalar sifatida shaxsni tanib olish aniqligini 8% oshirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish