Kurbanov Janibek Fayzullaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Elektromagnit maydonni tahlil qilish usullari va ularga asoslangan energiya tejovchi qurilmalarni ishlab chiqish», 05.05.02–Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T275.

Ilmiy rahbar: Xalikov Abdul`xak Abdul`xairovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va «Ilmiy-texnika markazi» MChJ, DSc.27.06.2017.T.03.03.

Rasmiy opponentlar: Gayibov Tulkin Shernazarovich, texnika fanlari doktori, professor; Sokolov Valeriy Konstantinovich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: elektromagnit maydonlar asosida tog‘ rudalarini tahlil qilish usullarini takomillashtirish va energiya tejamkor texnologiyalar va tog‘ jinslarini qayta ishlash uchun qurilmalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

kompozision materiallardan zarur elementlarni ajratish uchun elektromagnit maydonda zaryadlangan zarrachalarning o‘zaro ta’sirlariga bog‘liqligi asoslangan;

kompozit materialarni maydalash uchun ekvienergetik yuzalarni qurish usullari elektromagnit maydon kuchi xususiyatlari asosida takomillashtirilgan;

elektromagnit maydon qurilmasi orqali yuqori sifatli sement va o‘ta toza materiallarni olish usullari elektromagnit maydonga asoslangan sochiluvchan materiallarni boyitish orqali takomillashtirilgan;

ekologik toza kompozision materiallar olishda ularni maydalash, ajratish, to‘yintirish va texnologik jarayoni takomillashtirilgan ko‘p funksiyali boshqarish qurilmasi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Elektromagnit maydon asosida kompozit materialarni maydalash, ajratish va boyitish uchun takomillashtirilgan usul va energiya tejamkor qurilmalarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

elektr magnit dezintgratsiyalash qurilmasi asosida kompozit minerallar va texnogen xomashyoni maydalash uchun elektr magnit maydon ekvienergetik yuzalarni qurishning takomillashtirilgan usullari «Geologiya va geofizika institut» davlat korxonasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2017 yil 7 noyabrdagi IMR-3933-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida kompozit materiallarni 4-10 mkm-gacha maydalash orqali ulardan ishlab chiqariladigan materiallarning sifatini oshirish, texnologik jarayonlarda energiya sarfini 35%ga kamaytirish imkoni yaratilgan;

elektromagnit maydon boshqaruv tizimi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tasarrufidagi «RSP-14» unitar korxonasida joriy qilingan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2016 yil  29 dekabrdagi NG/4517-16-son ma’lumotnomasi). Natijada texnologik jarayonlarda sarflanadigan energiya sarfini 27%ga kamaytirish, poezd tarkiblarini nazorat qilishda aniqligini oshirish imkonini yaratgan.

ikkilamchi kaolin konlarini boyitish quruq texnologiyasi va elektromagnit qurilmasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tasarrufidagi «Markaziy laboratoriya» davlat korxonasida ishchi loyihasini ishlab chiqish uchun texnologik reglamentiga kiritilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2017 yil 7 noyabrdagi IMR-3933-son ma’lumotnomasi; Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tasarrufidagi «Markaziy laboratoriya» davlat korxonasining 2017 yil 2 oktyabrdagi vaqtinchalik texnologik reglamenti). Natija ikkilamchi kaolinni boyitish texnologiyasining texnologik jarayonlarini ikki marta qisqartirish, texnologik jarayonlarda energiya sarfini 35%ga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish