Sayt test rejimida ishlamoqda

Kalandarov Ilyos Ibodullaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Funksional jadvallar asosida mantiqiy boshqaruv tizimlarining algoritmik va avtomat modellarini yaratish usullari va texnologiyalari», 05.01.02–Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T348.

Ilmiy rahbar: Kabulov Anvar Vasilovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01.

Rasmiy opponentlar: Safarov Tashpulat, texnika fanlari doktori, professor; Nusratov Tulkin Soxibovich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: matematik modellashtirish usullari yordamida murakkab tizimlarda funksional jadvallar (FJ) asosida mantiqiy boshqaruv tizimlarining algoritmik avtomat modellarini yaratish usuli va texnologiyasini agregat tizim hamda texnologik modullar (TM) darajasida ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

funksional jadvallar yordamida ob’ektlarni ifodalovchi yagona sxema asosida murakkab tizimni boshqarish modelini qurishning algoritmik usuli ishlab chiqilgan;

chekli avtomatlar, ishlab chiqarish uslublari hamda dasturlanadigan mantiqiy integrallashgan sxemalarda mantiqiy boshqarishni o‘rnatilgan tizimlari asosida agregativ tizimlarni boshqarish monitorlarini quruvchi mantiqiy usul ishlab chiqilgan;

murakkab tizimlarni boshqarish va qaror qabul qilish jarayonlarini axamiyatga ega aniq optimumini topish uchun diskret va ekstremal masalalarning alohida sinflarini echish algoritmi ishlab chiqilgan;

boshqarish tizimlarini qurishning algoritmlari, avtomatik model va usullarini amalga oshirish uchun instrumental algoritmli texnologiyali mantiqiy agregativ tizim (ATLAS) yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Ishlab chiqilgan funksional jadvallar yordamida mantiqiy boshqaruv tizimlarining algoritmik usullari, optimallashgan modellar hamda dasturiy majmualar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

funksional jadvallar yordamida murakkab mantiqiy boshqaruv tizimlarini boshqarishning algoritmik usullari bo‘yicha «Funksional jadvallar asosida axborot tizimlarini xavfsizligini ta’minlashning algoritmik modeli», «Tahdidlarning yo‘llari va harakatlarini vizual xaritalash», «Bull funksiyalarining dizyunktiv normal formalari asosida boshqaruv agregatlarini (monitorlarini) yaratish» dasturiy vositalariga «UNICON.UZ» DUK tomonidan foydalanish mumkinligi to‘g‘risida xulosa berilgan («UNICON.UZ» DUKning 2018 yil 27 sentyabrdagi xulosasi). Natijada kimyoviy reagentlarni aralashtirishni me’yorlab boshqarish, tizimga kiradigan havf-xatarni bartaraf qilish yo‘lini vizual ko‘rish, chekli avtomatlar asosida boshqaruv monitorlarini qurish usullarini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;

ishlab chiqilgan funksional jadvallar yordamida ob’ektlarni ifodalovchi yagona sxema asosida murakkab tizimni boshqarish modelini qurish uchun algoritmlar usuli «Navoiy Amirbek Nur» MChJga joriy qilingan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2018 yil 23 maydagi 02-06-03/6502-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida avvalgi usulga nisbatan energiya sarfi, dasturlashtiriladigan mantiqiy kontroller sonini qisqarishi evaziga samaradorlikni 20%ga oshirish imkonini bergan;

murakkab tizimlarni boshqarish va qaror qabul qilish jarayonlarini ahamiyatga ega aniq optimum nuqtasini topish uchun diskret va ekstremal masalalarning alohida sinflarini echish algoritmi Axborot va jamoat xavfsizligi markazida joriy qilingan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2018 yil 23 maydagi 02-06-03/6502-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida xavf-xatar va uni bartaraf qilish funksional jadval ko‘rinishida berilib, axborot xavfsizligini 11%ga oshirish imkonini bergan;

ishlab chiqilgan chekli avtomatlar asosida agregativ tizimlarni boshqarish monitorlarini quruvchi mantiqiy usul Navoiy kon-metallurgiya kombinati markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida qimmatbaho metallarning konsentratlari flotini (sizib chiqishini) tashkil etish uchun kimyoviy reagentlarni va turli xil sul`fid rudalarni aralashtirishni me’yorlab boshqarish jarayonida joriy qilingan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2018 yil 23 maydagi 02-06-03/6502-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida flotokonsentrat olishni optimallashtirish masalalarini echish, nazorat tizimi va avtomatlishtirilgan boshqaruvni
qo‘llash tufayli texnologik rejimlarni optimallashtirish va barqarorlashtirish, tizim faoliyati ishonchliligini oshirish, xomashyo sarfini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish