Rahmatullaeva Shahodat Ziyotovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Harakat tarzi shakllarining lingvokul`turologik va sotsiopragmatik xususiyati (o‘zbek tili materiali asosida)». 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil367.
Ilmiy rahbar: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.30.05.2018.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev AzamatBaxronovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Nazarova SaidaAxmedjanovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti .
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tilida harakat tarzi shakllarining lingvokul`turologik va sotsiopragmatik tavsifini berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tili harakat tarzi shakllarining ma’noviy strukturasidagi milliy-madaniy semalar hamda harakat tarzi shakllarining harakatni turli tomondan milliy psixologiyaga bog‘liq holda tavsiflashi nazariy jihatdan asoslangan;
harakat tarzi shakllarining so‘zlovchi va tinglovchining yoshi, kasb-kori, saviyasi va jinsiga xoslangan holda qo‘llanishi tavsiflangan;
ayrim harakat tarzi shakllari ma’noviy mohiyatining so‘zlovchi va tinglovchi ruhiy holati (kayfiyati, munosabati, nuqtai nazari va boshqalar)ga bog‘liq ravishda namoyon bo‘lishi aniqlangan;
harakat tarzi shakllari lingvomadaniy va sotsial xususiyatlarini muayyan nutq sharoitiga bog‘liq ravishda voqelantirishi ilmiy dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Harakat tarzi shakllarining lingvokul`turologik va sotsiopragmatik xususiyatlarini ochib berish jarayonida ma’naviy-ma’rifiy tizimni takomillashtirish asosida:
harakat tarzi shakllarining lingvomadaniy va sotsial xususiyatlariga oid ilmiy natijalardan OT-F8-002 raqamli “Hozirgi zamon sivilizatsiyasining inson ijtimoiy qiyofasiga ta’siri” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 28 avgustdagi 89-04-1210-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar asosida harakat tarzi shakllarining harakatni turli tomondan milliy psixologiyaga bog‘liq holda tavsiflashiga doir nazariy qarashlarni mukammallashtirishga erishilgan;
harakat tarzi shakllarining voqelanishida ijtimoiy-lisoniy omillarning uyg‘unligi, lisoniy birliklar nutqda nolisoniy – sotsial-psixik, pragmatik omillar bilan bevosita va uzviy bog‘liq holda voqelanishiga oid nazariy xulosalardan BA-1-023 raqamli “Badiiy san’at asarlari talqini va unda madaniy nutq rolini kuchaytirish asosida yoshlar dunyoqarashiga milliy mental omillarni singdirish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 28 avgustdagi 89-04-1210-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini qo‘llash harakat tarzi shakllarining so‘zlovchi va tinglovchining yoshi, kasb-kori, saviyasi va jinsiga xoslangan holda ifodalashda xizmat qilgan.