Xatamov Salimjon Raximjon o‘g‘lining

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Och tusli bo‘z tuproqlar unumdorligi va ekinlar hosildorligiga organo-ma’dan kompost hamda o‘g‘itlar me’yorlarining ta’siri (Andijon viloyati sharoitida)», 06.01.01–Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Qx268.

Ilmiy rahbar: Iminov Abduvali Abdumannobovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filiali.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.

Rasmiy opponentlar: Oripov Razzoq Oripovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; BoltaevSaydulla Maxsudovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida qisqa navbatli almashlab ekishning 1:1, kuzgi bug‘doy+takroriy ekin - soya:g‘o‘za tizimida tuproqning unumdorligi, ekinlar hosildorligiga organo-ma’dan kompost hamda ma’dan o‘g‘itlar me’yorlarining ta’sirini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida qisqa navbatli almashlab ekishning 1:1, kuzgi bug‘doy+takroriy ekin-soya:g‘o‘za tizimida tuproq unumdorligini oshirishda kuzgi bug‘doyda qo‘llanilgan ma’dan o‘g‘itlar va organo-ma’dan kompostning samaradorligi aniqlangan;

kuzgi bug‘doydan keyin ekilgan soyaning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga organo-ma’dan kompostning so‘ngi ta’siri o‘rganilgan;

tuproqning agrofizikaviy va agrokimyoviy xususiyatlarining o‘zgarishiga kuzgi bug‘doyda qo‘llanilgan organo-ma’dan kompostning so‘ngi va takroriy ekin soyaning ta’sirlari aniqlangan;

qo‘llanilgan organo-ma’dan kompost va takroriy ekin soyaning g‘o‘zadagi samaradorligi o‘g‘it me’yorlariga bog‘liq holda asoslangan va azotli o‘g‘itlarni tejash imkoniyati aniqlangan;

organo-ma’dan kompost va takroriy ekin soyaning g‘o‘zani vilt kasalligi bilan zararlanishi va ular ta’sirida kasallikka chidamliligi ortganligi kuzatilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qisqa navbatli almashlab ekish tizimlarida organo-ma’dan kompost va ma’dan o‘g‘itlar qo‘llashning samaradorligini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:

fermer xo‘jaliklari uchun “Qisqa navbatli almashlab ekish tizimlarida organo-ma’dan kompost va ma’dan o‘g‘itlarni qo‘llash” bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 25 avgustdagi 02/023-1016-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma Andijon viloyati sharoitida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklarida qisqa navbatli almashlab ekish tizimlarida g‘o‘za majmuidagi ekinlarda organo-ma’dan kompost va ma’dan o‘g‘itlarni qo‘llashda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;

qisqa navbatli almashlab ekishning 1:1, kuzgi bug‘doy+takroriy ekin-soya:g‘o‘za tizimida organo-ma’dan kompost va ma’dan o‘g‘itlarni qo‘llash texnologiyasi Andijon viloyati Andijon tumanidagi fermer xo‘jaliklarida 184 gektar, Paxtaobod tumanidagi fermer xo‘jaliklarida esa 133 gektar, jami 317 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 25 avgustdagi 02/023-1016-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida kuzgi bug‘doydan gektaridan 8,5-9,4 sentner, takroriy ekin soyadan 3,9-4,2 sentner, g‘o‘zadan esa 4,5-5,6 sentner qo‘shimcha hosil olishga erishilgan;

qisqa navbatli almashlab ekishning 1:1, kuzgi bug‘doy+takroriy ekinning soya:g‘o‘za tizimida kuzgi bug‘doyda ma’dan o‘g‘itlar me’yoriga qo‘shimcha ravishda 15 t/ga organo-ma’dan kompostni qo‘llash texnologiyasi Andijon viloyati Andijon tumanida 184 gektar va Paxtaobod tumanida 133 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 25 avgustdagi 02/023-1016-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘zani parvarishlashda qo‘llaniladigan ma’dan o‘g‘itlar me’yorlarini 20-25 foizga tejash imkonini hamda yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish