Abdullaeva Feruza Suyunovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuridik terminlarni o‘qitishning lingvodidaktik asoslarini takomillashtirish (ingliz tili misolida)”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Ped171.

Ilmiy rahbar: Teshaboeva Dilfuza Mo‘minovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.27.01.

Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildorxon Urinboevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Salieva Zarina Ilxomovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: ingliz tilidayuridik terminlarni o‘qitishning lingvodidaktik asoslarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

terminlarni tasniflash mezonlari, darajalari va tipologiyasi umumiste’mol va sud qarorlari bo‘yicha o‘xshash hamda yuridik kontekst bo‘yicha farqli xususiyatlari aniqlashtirilgan;

yuridik terminlarning sintaktik-derivatsion xususiyatlari o‘zbek va ingliz tillaridagi autentik materiallarda qiyosiy tahlil va taqqoslash orqali aniqlashtirilgan;

paradigmatik yondashuv bo‘yicha yuridik kontekstda terminologiya etimiologiyasi va affiksal, morfemik-morfologik, leksik-semantik, funksional-semantik va sintaktik usulda yasalishi aniqlashtirilgan;

kompetensiyaviy yondashuv asosida yurisprudensiyaning davlat-huquqiy, fuqarolik-huquqiy, jinoiy-huquqiy, tadbirkorlik-huquqiy, xalqaro-huquqiy faoliyati bo‘yicha yuridik terminlarni o‘qitish metodikasi maxsus sohaviy kontekstda takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Yuridik terminlarni o‘qitishning lingvodidaktik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

umumiste’mol va sud qarorlari bo‘yicha o‘xshash hamda yuridik kontekst bo‘yicha farqli xususiyatlari asosida aniqlashtirilgan terminlarni tasniflash mezonlari, darajalari hamda tipologiyasidan A-1-219 raqamli “Ta’lim tizimida xorijiy til (ingliz) yo‘nalishidagi oliy ta’lim ta’lim muassasalarida umumevropa kompetensiyalari (CEFR) bo‘yicha S1 darajasini egallashni ta’minlaydigan o‘quv-uslubiy majmua yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 13 iyundagi 89-03-2317-son ma’lumotnomasi). Natijada huquqiy tizim asosida terminologik nominatsiyalar shakllari bo‘yicha yuridik terminlarning tipologik tasnifi ishlab chiqilgan;

o‘zbek va ingliz tillaridagi autentik materiallarda qiyosiy tahlil va taqqoslash orqali aniqlashtirilgan yuridik terminlarning sintaktik-derivatsion xususiyatlaridan OT-F8-062 raqamli “Til taraqqiyotning derivatsion qonuniyatlari” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 15 fevraldagi 89-03-716-son ma’lumotnomasi). Natijada yuridik terminlar mazmunidagi nostandart test va topshiriqlar tizimi, Blis-so‘rov va o‘quv loyihalari ishlab chiqilgan;

paradigmatik yondashuv bo‘yicha yuridik kontekstda aniqlashtirilgan terminologiya etimiologiyasi va affiksal, morfemik-morfologik, leksik-semantik, funksional-semantik va sintaktik usulda yasalishidan innovatsion hamkorlik shartnomalarining sohaviy lug‘atlar yaratish tizimida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 15 fevraldagi 89-03-716-son ma’lumotnomasi). Natijada fransuzcha-o‘zbekcha-ruscha hamda nemischa-o‘zbekcha-ruscha yuridik lug‘atlar yaratilgan;

kompetensiyaviy yondashuv asosida yurisprudensiyaning davlat-huquqiy, fuqarolik-huquqiy, jinoiy-huquqiy, tadbirkorlik-huquqiy, xalqaro-huquqiy faoliyati bo‘yicha maxsus sohaviy kontekstda takomillashtirilgan yuridik terminlarni o‘qitish metodikasidan ITD-1-07 raqamli “Tilshunoslik asoslari fanidan darslik, o‘quv-uslubiy majmua va ularning elektron nusxalarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada hamda “Huquqiy himoya” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 2 fevraldagi 89-03-543-son ma’lumotnomasi hamda “O’zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2018 yil 1 fevraldagi 39-39-157-son ma’lumotnomasi). Natijada yuridik terminlarni o‘qitish metodikasi ommalashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish