Nishanov Daniyar Anarbaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘g‘ri ichak saratonida sfinkter saqlovchi operatsiyalarni patomorfologik asoslash mezonlari», 14.00.15–Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Tib162.
Ilmiy maslahatchi: [Abdullaxodjaeva Malika Samatovna], tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06. 2017.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Xasan Ziyaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aliev Baxrom Raximberdievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedov Muxammed Aminovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qozoq onkologiya va radiologiya ilmiy-tekshirish instituti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sfinkter saqlovchi jarrohlik amaliyotini o‘tkazishni asoslash maqsadida patomorfologik va immunogistokimyoviy mezonlarni ishlab chiqish yo‘li bilan to‘g‘ri ichak xavfli o‘smalari bilan og‘rigan bemorlarning davolash natijalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sfinkter saqlovchi jarrohlik amaliyotini bajarish jarayonining o‘ziga xosligini aniqlash maqsadida to‘g‘ri ichakda xavfli o‘smalari mavjud bemorlarda patomorfologik radikallarning o‘lchamlari isbotlangan;
xavfli o‘smaning patomorfologik tavsifiga bog‘liq holda to‘g‘ri ichakning xavfli o‘smalari ichak epiteliy hujayralarida rivojlanishining molekulyar-biologik markerlari asoslangan;
to‘g‘ri ichakning xavfli o‘smalari patomorfologik jihatdan tashxislanganda jarrohlik amaliyoti hajmini tanlash va uni o‘tkazish uchun zarur prognostik, morfologik va immunologik ko‘rsatkichlar isbotlangan;
to‘g‘ri ichakning xavfli o‘smalari bilan xastalangan bemorlarda xavfli o‘sma mavjud bo‘lgan to‘g‘ri ichak to‘qimasining immunologik ko‘rsatkichlarini, ya’ni T-V-limfotsitlarni patomoroflogik baholash hamda jarrohlik amaliyotidan keyingi makropreparat va molekulyar biologik markerlar bilan o‘zaro aloqadorligi isbotlangan;
to‘g‘ri ichakning xavfli o‘smalarni sfinkter saqlovchi jarrohlik amaliyotini bajarish uchun ahamiyatli bo‘lgan morfologik va immunogistokimyoviy mezonlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘g‘ri ichak saratonida sfinkter saqlovchi operatsiyalarni patomorfologik asoslash mezonlarini takomillashtirish chora-tadbirlarni ilmiy asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«To‘g‘ri ichak saratonida sfinkter-saqlovchi amaliyotni asoslashning patomarfologik mezonlari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 4 maydagi 8n-r/111-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma xavfli o‘sma kasalliklarida to‘g‘ri ichak saratonida sfinkter-saqlovchi amaliyotni asoslashda patomarfologik mezonlarini ishlab chiqish kasallikni to‘g‘ri tashxislash va to‘g‘ri davolash tizimini yaratish imkonini bergan;
to‘g‘ri ichak saratonida sfinkter saqlovchi operatsiyalarni patomorfologik asoslash mezonlari takomillashtirish chora-tadbirlarini ilmiy asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Farg‘ona viloyati Onkologik dispanseri Obdaminal jarrohlik bo‘limi klinik amaliyotiga va Respublika patologi-anatomik markazi ilmiy-amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 3 iyuldagi 8n-z/153-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi xavfli o‘sma kasalliklarni patomorfologik tashxislash, patomorfologik mezonlarni qo‘llagan holda to‘g‘ri ichak saratoni kasalliklarida sfinkter saqlovchi amaliyotlarni radikalligini ta’minlash va bemorlarni kasalxonda davolanish vaqtini qisqartirish imkonini bergan.