Sidiqjanov Nodirbek Maxmud o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Andijon shahri urbanoflorasining zamonaviy holati va ekologiyasi», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/B995.
Ilmiy rahbar: Naralieva Nasibaxon Mamanovna, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/28.02.2023.B.60.06.
Rasmiy opponentlar: Esanov Husniddin Qurbonovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Turginov Orzimat Turdimatovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Andijon shahri urbanoflorasining zamonaviy holati va ekologiyasini ochib berish, uni biologik xilma-xillikni saqlab qolishdagi ahamiyatini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Andijon shahri urbanoflorasi zamonaviy tarkibi 47 oila, 218 turkumga mansub 355 turdan iborat ekanligi aniqlangan va urbanofloraning zamonaviy konspekti tuzilgan;
ilk bor Scorzonera laciniata, Trifolium medium, T. subterraneum, Heliotropium europaeum, Poa sylvestris invaziv turlarining O‘zbekiston florasida uchrashi aniqlangan;
urbanoflora tarkibining ekologik guruhlarga ajratilgan holda tahlili amalga oshirilib, namlikka nisbatan mezofitlar va yorugʻlikka nisbatan geliossiofitlar ustunlik qilishi asoslangan;
Andijon shahri urbanoflorasiga adventiv turlarning transformatsiya yoʻllari aniqlangan, avtoxton va adventiv fraksiyalari ajratilgan holda qiyosiy tahlili amalga oshirilib, bahorgi va kuzgi senuziyadagi dominant va subdominant turlar tarkibi ochib berilgan;
ilk bor Andijon shahri urbanoflorasining hududlar kesimida Shannon va Simpson indekslari bo‘yicha biologik xilma-xillik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
muhofazaga muhtoj o‘simlik biotoplarining transformatsiyaga uchrash sabablari asoslantirilgan, ularni saqlab qolishga oid tavsiyalar ishlab chiqilgan hamda global iqlim o‘zgarishining turli ssenariylari asosida kelajakdagi potensial tarqalishi modellashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Andijon shahri urbanoflorasining zamonaviy holati va ekologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
355 tur yuksak o‘simliklarning ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, ularning ekologik tavsifi, bioxilma-xillik ko‘rsatkichlari, tarqalishi, geoaxborot-bioiqlimiy modellashtirilishi, yuksak o‘simliklarga ekologik omillarning ta’siri, ekologik xususiyatlari, xo‘jalikdagi ahamiyati hamda noyob turlarni muhofaza qilishga oid yangi ma’lumotlar va tavsiyalar Andijon viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Andijon shahar bo‘limi faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiua, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 15 dekabrdagi 03-03/3-8210-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Andijon shahar o‘simliklar dunyosi bioxilma-xilligining davlat monitoringini olib borish, o‘simliklar dunyosi obektlari davlat kadastrini yuritish hamda hududda tarqalgan yuksak o‘simliklarning tur tarkibi, areallari va geoaxborot ma’lumotlari bazasini shakllantirish imkonini bergan;
urbanoflorani ekologik baholash asosida muhofazaga muhtoj o‘simliklarni saqlab qolishga oid tavsiyalar Andijon viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiua, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 15 dekabrdagi 03-03/3-8210-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Andijon shahrining Bog‘ishamol dahasi va unga yondosh hududlardagi noyob, endemik, muhofazaga muhtoj o‘simlik turlarini aniqlash, ularning areallarini belgilash, saqlab qolish va populyasiyalarini baholash imkonini bergan;
Andijon shahri urbanoflorasiga doir 355 turning 984 nusxadagi gerbariy namunalari O‘zbekiston Milliy gerbariysi (TASN) fondiga kiritilgan (O‘zbekiston Resrublikasi Fanlar Akademiuasining 2023 yil 14 dekabrdagi 4/1255-2761-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Andijon shahri urbanoflorasiga oid yangi gerbariy namunalari O‘zbekiston Milliy gerbariysining noyob ilmiy obektlari fondini boyitgan, turlarining tarqalishi, taksonomiyasi, ekologiyasi bo‘yicha olingan natijalar va dala tadqiqotlari davomida to‘plagan ilmiy ma’lumotlar Andijon shahri urbanoflorasini to‘r tizimli xaritalash hamda O‘zbekiston florasi bo‘yicha axborot-tahlil tizimini to‘ldirish imkonini bergan.