Yaxshieva Zuxra Ziyatovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tabiiy va texnogen ob’ektlarda Pt(IV), Pd(II) va Au(III) ionlarini amperometrik aniqlashda oltingugurt tutgan reagentlar va ba’zi karbon kislota hosilalarining qo‘llanilishi», 02.00.02–Analitik kimyo (kimyo fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/K37.

Ilmiy maslahatchi: Smanova Zulayxo Asanalievna, kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.K.01.03.

Rasmiy opponentlar: Abduraxmanov Ergashboy, kimyo fanlari doktori, professor; Dosmagambetova Saule Sarkantaevna, kimyo fanlari doktori, professor; Shabilalov Azad Axmedovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: tabiiy va texnogen ob’ektlarda Pt(IV), Pd(II) va Au(III) ionlarini aniqlashda oltingugurt tutgan reagentlar va ba’zi karbon kislota hosilalarini qo‘llash hamda ular asosida amperometrik aniqlashning ratsional uslubini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor N-metilanabazin-a-azo-b-naftol, 4-(2-N-metilanabazinazo)-m-fenildiamin, 4-metoksifenilkarboksimetildietilditiokarbamat,  fenil-karboksimetildifeniltiokarbazon reagentlari Pt(IV), Pd(II), Au(III) ionlari bilan metallkomplekslarining elektrokimyoviy tabiati aniqlangan;

elektrooksidlanishda ishtirok etgan depolyarizatorning molekulasidagi elektronlar soni aniqlangan va uni nodir metallarning ionlariga nisbatan maxsus analitik titrant sifatida ishlatilishi isbotlangan;

Pt(IV), Pd(II) va Au(III) ionlarini oltingugurt va azot tutgan organik reagentlarning individual, binar, uchlamchi va murakkab aralashmalari bilan amperometrik titrlashning sharoitlari optimallashtirilgan;

ilk bor N-metilanabazin-a-azo-b-naftol, 4-(2-N-metilanabazinazo)-m-fenildiamin, 4-metoksifenilkarboksimetildietilditiokarbamat,  fenil-karboksimetildifeniltiokarbazon reagentlari elektrooksidlanishining vol`tamperometrik xossalari va individualligi aniqlangan;

ilk bor tioatsetamid, tiomochevina, difeniltiokarbazon, natriy dietilditiokarbamat, N-metilanabazin-a-azo-b-naftol, 4-(2-N-metilanaba-zinazo)-m-fenildiamin, 4-metoksifenil-karboksimetildietilditiokarbamat, fenilkarboksimetildifeniltiokarbazon reagentlari yordamida Pt(IV), Pd(II) va Au(III) ionlarining mikromiqdorini texnogen ob’ektlarda aniqlashda elektrokimyoviy  usullar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Tabiiy va texnogen ob’ektlarda Pt(IV), Pd(II) va Au(III) ionlarini amperometrik aniqlashda oltingugurt tutgan reagentlar va ba’zi karbon kislota hosilalarini qo‘llash bo‘yicha olingan natijalar asosida:

temir ionini analitik usulda aniqlash uchun O‘zbekiston  Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№ IAP 05417, 2012 y.). Natijada chiqindi suvlar analizida nodir metallar bilan birga uchraydigan temir ionini 2-nitrozo-5-metoksifenol reagenti bilan aniqlash imkonini bergan;

chiqindi suvlar analizida metall ionlarining kam miqdorlarini aniqlash usuli «Navoiazot» AJ amaliyotiga joriy etilgan («Navoiazot» AJning 2015 yil 21 apreldagi 03/3127-son ma’lumotnomasi). Natijada sintez qilingan reagentlar chiqindi suvlar analizida palladiy mikromiqdorini aniqlashda analitik titrant sifatida qo‘llash imkonini bergan;

elektrokimyoviy usuli yordamida Pd(II) ionini amperometrik titrlash «Elektrokimyo zavodi» AJga joriy etilgan («Elektrokimyo zavodi» AJning 2016 yil 3 noyabrdagi 266-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan usul sintez qilingan organik reagentlar yordamida nodir metall ionlarini keng diapazonda aniqlash imkonini bergan;

inversion-vol`tamperometrik va amperometrik usullari bilan validatsiya yordamida olingan natijalar «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJda joriy etilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning 2018 yil 31 maydagi 634/TK-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan usul tabiiy va texnogen ob’ektlarda palladiyning mikro miqdorini aniqlash imkonini bergan;

oltin va palladiyning miqdorini import o‘rnini bosuvchi kimyoviy reagentlar bilan amperometrik aniqlash usuli «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJda joriy etilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJ ning 2018 yil 31 maydagi 635/TK-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘llanilgan analitik reagentlar bilan palladiy va oltin ionlarini korxona oqava suvi tarkibida aniqlanishning imkonini bergan;

oltingugurt tutgan organik reagentlar va karbon kislota hosilali va ularning Pt(IV), Pd(II), Au(III) bilan hosil qilgan metallokomplekslari amperometrik titrlash natijalari
F-3-142 raqamli «Aromatik va geterohalqali birikmalar asosida yangi biologik faol moddalarni maqsadli sintezi, ularning kompleks hosil qilish, o‘stiruvchi va antimikrob qobiliyatlari tadqiqoti» mavzusidagi loyihada reagent sifatida nodir metallarni analiz qilishda foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 8 fevraldagi FTK-03-13/134 - son ma’lumotnomasi). Natijada aromatik va geterohalqali birikmalarning platina ioni bilan kompleks hosil qilishi elektrokimyoviy tadqiq qilinib, optimal sharoitda nodir metallarni amperometrik aniqlash uchun qo‘llash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish