Sadikov Ilxam Ismailovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Texnologik mahsulotlar va o‘ta sof moddalarning neytron-aktivatsion tahlili», 01.04.01–Eksperimental fizikaning asboblari va usullari (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.DSc/T125.

Ilmiy maslahatchi: Yuldashev Bexzod Sadikovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Yadro fizikasi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, DSc.30.05.2018.FM/T.65.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Muminov Tolib Musaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik; Baxramov Sadulla Abdullaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik; Raxmatov Axmat Zaynutdinovich, texnika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: o‘ta toza Si, Ga, Zr, In, Te, Pd, Pt, U ning neytron aktivatsiyaviy tahlil uslublari majmuasi hamda texnogen mahsulotlar tarkibidagi nodir va tarqoq metallar miqdorini aniqlash va ularni ajratib olish uslublarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

o‘ta sof kremniyni instrumental neytron-aktivatsion tahlil variantida gamma spektrometrik uskunaning yuqori qayd tezliklarida ishlash mobaynidagi sistematik xatolikni kamaytirish va hisobga olish uslublari ishlab chiqilgan;

TBF-HCl, TBF-HBr, TBF- HNO3, D2EGFK-HCl, D2EGFK-HNO3 sistemalarida Ga, Zr, In, Te va U makrokomponentlarini, qator elementlar mikro miqdorlaridan, ekstraksion va ekstraksion xromatografik usullar bilan yuqori samarali ajratish uslublari ishlab chiqilgan;

ilk bor uranning mikroelement tarkibini neytron aktivatsion tahlilning ikki varianti radiokimyoviy va nurlatishdan oldin konsentrlash usullari majmuasi yordamida parchalanish mahsulotlari qiymatini hisobga olgan holdagi uslubi ishlab chiqilgan;

ilk bor n.10-4 – n.10-9 % mass aniqlash chegarasi bilan 34 elementni aniqlash imkonini beradigan palladiy va platinaning radiokimyoviy neytron-aktivatsion tahlili uslublari  ishlab chiqilgan;

kislotali eritmalardan palladiyning 98,2% miqdorini gidrazin gidrat yordamida cho‘ktirish va 99.92 % tozalikkacha qayta tozalashning optimal sharoitlari aniqlangan;

osmiyni sul`fatli chiqindi eritmalardan distillyasiya uslubi bilan 95% gacha va ekstraksion xromatografiya bilan 72% gacha ajratib olish sharoitlari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘ta sof moddalar va texnologik mahsulotlarning neytron-aktivatsion tahliliga oid olingan natijalar asosida:

o‘ta sof galliyning radiokimyoviy neytron-aktivatsion tahlil usuli «Tezlatgich» ilmiy-ishlab chiqarish korxonasida germaniy-68 radionuklidini olish va galliy siklotron nishonini tayyorlash uchun qo‘llanilgan («Tezlatgich» korxonasining 2018 yil 11 maydagi 249/1-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarining qo‘llanilishi 0,1 Kyuri germaniy-68 olish natijasida eksport mahsuloti hajmini oshirish imkonini bergan;  

o‘ta sof galliyning radiokimyoviy neytron-aktivatsion tahlil usuli «Tezlatgich» ilmiy-ishlab chiqarish korxonasida 68Ge/68Ga radionuklid generatorini yaratish uchun qo‘llanilgan («Tezlatgich» korxonasining 2018 yil 11 maydagi 249/1-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarining qo‘llanilishi  68Ge/68Ga radionuklid generatorining tajriba modelini yaratish imkonini bergan;

o‘ta sof tellur mikroaralashma tarkibini aniqlashning neytron-aktivatsion tahlil usuli Yadro fizikasi institutida o‘ta sof tellur olish texnologik jarayonining turli bosqichlarida analitik nazoratni ta’minlash, boshlang‘ich (95-96%) va yakuniy mahsulot (99,999%) tarkibini aniqlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 2 avgustdagi 2/1255-2049-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish 120 dan ortiq tahlil o‘tkazish va 200 kg dan ortiq o‘ta sof tellur olish va buning natijasida institutning eksport potensialini oshirish imkonini bergan;

ko‘p elementli va yuqori sezgir neytron-aktivatsion tahlil uslublari radionuklidlar va og‘ir metallarning silikat sorbentlarida suvli muhitda taqsimlanish koeffisientlarini o‘lchash uchun FA-A12-F009 raqamli «Suvli muhitdan radionuklidlar va og‘ir metallarni ajratib olish uchun silikatlar asosida tanlab ta’sir etuvchi sorbentlar tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish» (2015-2017) amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 2 avgustdagi  2/1255-2049-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish ishlab chiqilgan sorbentlarning ishlatilish sohasini, ajratib olinadigan og‘ir metallar va radionuklidlar turini, ularni ajratish samardorligini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish