Toirova Dilfuza Fayzullaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «XIX asr fransuz adabiyotida tarixiy roman danri tadriji (Biktor Gyugo prozasi misolida)», 10.00.04–Evropa, Amerika, Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017/3.PhD/Fil305.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.

Ilmiy rahbar: Xolbekov Muxammad Nurqosimovich, filologiya fanlari doktori, professor.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.

Rasmiy opponentlar: Lixodzievskiy Anatoliy Stepanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ismatov Sarvar Fayzullaevich, filologiya fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat  universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: XIX asr fransuz romantizm adabiyotida tarixiy roman janrining o‘rni va evolyusion tadrijini aniqlash, uning janr va uslub xususiyatlarini tasnif etish hamda tarixiy romanlar matni poetikasidan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

romantizm taraqqiyoti nemis adabiyotida ertaklar vositasida, ingliz adabiyotida inqilobiy harakat bilan bog‘liq ravishda Amerika adabiyotida sarguzasht janridagi romanlar orqali namoyon bo‘lganligi asoslangan;

XIX asr fransuz adabiyotida tarixiy roman janri tadriji Viktor Gyugo romanlari taraqqiyot tamoyillari asosida tasniflab berilgan;

fransuz tarixiy roman janrining shakllanishida ingliz adibi V.Skott asarlaridagi voqea-hodisa ifodasi, peyzaj tasviri Viktor Gyugo tarixiy romanlariga asos bo‘lganligi isbotlangan;

XIX asr fransuz adabiyotida tarixiy roman janri yo‘nalishi «Islandiyalik Gan», «Byug Jargal», «Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi» romanlari tarixiy roman janriga asos solganligi yoritib berilgan;

inson ruhiyati va uning tabiat voqea-hodisalariga mos holda rivojlanishi asar mazmun-mohiyatiga singdirilgan makon va zamon uyg‘unligi, kontrast tushunchalar ifodasi, obrazlarning ko‘rinishi badiiy adabiyotning estetik kategoriyalari bilan bog‘liqligi va ma’naviy taraqqiyotdagi muhim o‘rni aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

XIX asr fransuz adabiyoti tarixiy roman janri tadriji (Viktor Gyugo prozasi misolida) ilmiy tadqiqot bilan bog‘liq ilmiy natijalar asosida:

XIX asr fransuz adabiyotida tarixiy roman janrining tadrijini, o‘ziga xos xususiyatlari, uning o‘zbek tarixiy romanlari bilan mushtarak qirralarini o‘rganish yuzasidan V.Gyugo ijodi bo‘yicha amalga oshirilgan tahlil natijalaridan F-1-06 raqamli «Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida Sharqu G‘arb adabiy an’analari sintezi» fundamental loyihasining bajarilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 4 apreldagi 89-03-1270-son ma’lumotnomasi). Natijada jahon adabiyotida roman turlari badiiy taraqqiyotida Sharqu G‘arb adabiy an’analarining o‘zaro ta’siri va mushtarakligini asoslash bo‘yicha xulosalar chiqarish imkonini bergan;

matnlarni o‘rganish va qayta hikoya qilib berish bo‘yicha tavsiyalardan chet tilini egallashning kompetensiyalari asosida undash kategoriyasining milliy-madaniy xususiyatlari texnika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan A-1-057 raqamli «Oliy ta’lim muassasalari talabalarini modulli o‘qitishda pedagoglarni kompetentli tayyorlashning psixologik-pedagogik asoslari» mavzusidagi amaliy tadqiqotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 4 apreldagi 89-03-1270-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiy aloqalar hamda chet tillarni o‘qitish tizimini takomillashtirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bugungi kunda tadqiqot materiallar ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilgan;

yosh avlodni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashbilan bog‘liq natijalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat hududiy bo‘linmasi qoshidagi «Sadoqat» ijodiy seminarida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2018 yil 30 martdagi 01-03/295-son ma’lumotnomasi). Natijada seminar a’zolari yosh ijodkorlarning badiiy taffakurini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish