Quttimuratova Iristi Abdiraxmanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanidagi qozoq shevasi», 10.00.05–Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (Qozoq tili) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil236/
Ilmiy rahbar: Abdinazimov Shamshetdin Najimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.20.01/
Rasmiy opponentlar: Eskeeva Mag‘ripa, filologiya fanlari doktori, professor; Al`niyazov Aytmurat filologiya, fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumani hududida yashaydigan qozoqlar tilining tarixi, uning sinxron holatdagi fonetik-morfologik va leksik-semantik xususiyatlarini ilmiy nuqtai nazardan har tamonlama o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qo‘ng‘irot tumanida o‘troq yashovchi qozoqlar tili tarixiy-etnografik, lisoniy manbalar, dialektologik materiallar asosida asoslangan;
Qo‘ng‘irot qozoqlari shevasining qoraqalpoq adabiy tili, qozoq adabiy tili, qozoq va qoraqalpoq tillarining boshqa dialekt va shevalarga munosabati ochib berilgan;
Qo‘ng‘irot qozoqlari tiliga hududda yashayotgan qoraqalpoq, o‘zbek, turkman millati vakillari tilining ta’siri va ushbu ta’sir dialektologik farqlarni paydo etishi lingvistik nuqtai nazardan har tomonlama tahlil etilgan;
Shevadagi fonetik-morfologik, leksik xususiyatlar tahlil qilingan va muayyan tizimi shakllantirilgan;
Qo‘ng‘irot qozoqlari shevasi qozoq dialektlari tizimida alohida sheva ekanligi, muayyan bir o‘rin egallashi ilmiy nuqtai nazardan asoslanilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani qozoqlari shevasining lingvistik xususiyatlari tadqiqi bo‘yicha olingan xulosalar va ilmiy-nazariy umumlashmalar asosida:
dissertatsiyaning Qo‘ng‘irot tumani qozoqlari shevasining leksik-semantik xususiyatlari va dialektal leksikaning mavzu tiplarini tasniflashga doir ilmiy-nazariy xulosalaridan O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan F1-FA-0-43429 raqamli «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish» mavzusidagi loyiha ishlarini amalga oshirishda foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutining 2018 yil 18 sentyabrdagi 179/1-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq fol`klori asarlari tilida uchraydigan dialektizmlar lug‘atini tuzish jarayonida urf-odat va marosimlar bilan bog‘liq dialektal so‘zlar va frazemalarning etimologik asosi hamda tarqalish arealini aniqlashga erishilgan;
tadqiqotning xalq amaliy san’ati, urf-odat va marosimlariga oid lug‘aviy birliklarning qozoq shevasidagi dialektal shakllarini qiyosiy-tarixiy jihatdan tahlil qilish orqali olingan natijalar I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat san’at muzeyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani qozoqlari tilidagi milliy urf-odatlar bilan bog‘liq so‘zlar, mahalliy o‘zbek, qoraqalpoq va turkman tillaridan o‘zlashgan kasbiy leksika, ularning lingvistik ma’nolari bo‘yicha ko‘rgazma va ekskurs darslarini o‘tishda hamda ilmiy-nazariy anjumanlarda ma’ruza shaklida targ‘ib etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018 yil 24 maydagi 2-04/1038-son ma’lumotnomasi). Shu asnoda, muzeyga tashrif buyurgan san’at ixlosmandlariga amaliy san’at va nomoddiy madaniy merosga aloqador atamalarning shakllanishida xalq tili, jumladan, Qo‘ng‘irot tumani qozoqlari shevasiga oid leksemalarning tutgan o‘rni haqida ma’lumotlar berilgan;
Qo‘ng‘irot tumanida o‘troq yashovchi qozoqlar tilidagi o‘ziga xos leksik qatlamning shakllanishiga lisoniy-etnografik hamda yozma manbalarning ta’siri, dehqonchilik, baliqchilik va chorvachilikka oid lug‘aviy birliklarning kelib chiqish tarixiga doir materiallardan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining «Atameken» eshittirishi hamda «Altin aymaq» ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2018 yil 23 maydagi 01-02/226-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarning ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan va milliy tillarning rivojlanish tamoyillariga doir nazariy ma’lumotlar tilshunoslik masalalariga qiziquvchi keng ommaga targ‘ib etilgan.