Adilova Gulshat Ag‘itaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston qozoqlari etnografizmlarining lingvomadaniy tahlili», 10.00.05–Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (qozoq tili) (filologiya fanlari).

Ilmiy rahbar: Abdinazimov Shamshetdin Najimovich, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fil398.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.20.01.

Rasmiy opponentlar: Sagidolla Gulg‘aysha, filologiya fanlari doktori, professor; Pirniyazova Alima, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston qozoqlari tilidagi etnografizmlarning shakllanish tarixi va o‘ziga xos lingvokul`turologik xususiyatlarini ochib berish, etnografik leksikaning  moddiy va ma’naviy madaniyatni aks ettiruvchi etnomadaniy mazmunini yoritishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor tilshunoslikda Qoraqalpog‘iston qozoqlarining etnografizmlari shu hududda yashab kelayotgan xalqning moddiy va ma’naviy madaniyati, turmush tarzi, milliy urf-odat va qadriyatlarini o‘zida ifodalovchi dialektal leksik qatlam ekanligi isbotlangan;

tahlilga tortilgan etnografizmlar qozoq tilidagi umummilliy etnografik leksika bilan tarixiy-genetik jihatdan mushtaraklik kasb etsa-da, Orolbo‘yi lingvomadaniy muhitining yetakchi komponentlari – qoraqalpoq va o‘zbek tili ta’sirida o‘zgarishga uchrab, lokal xususiyatga ega leksik tizimga aylanganligi aniqlangan;

hudud qozoqlari tilidagi etnografizmlar leksik-semantik xususiyatlariga ko‘ra bola tug‘ilishi va uning tarbiyasi, nikoh va dafn marosimlari, taom tayyorlash va ovqatlanish bilan aloqador lug‘aviy birliklarga, tuzilishiga ko‘ra esa sodda va qo‘shma etnografizmlarga bo‘linishi asoslangan;

etnografizmlarning asosiy qismi adabiy tilda muqobili bo‘lmagan leksik birliklardan iborat bo‘lib, o‘zining etimologik asosi, so‘z tuzilishi va lingvomadaniy xususiyatiga ko‘ra qozoq tili leksikasi taraqqiyotining qadimiy davriga mansub etnomadaniy atamalar ekanligi dalillangan;

etnografizmlar faqat kumulyativ va nominativ vazifalarni bajaribgina qolmasdan, xalqning boy ma’naviy va moddiy madaniyati an’analarini asrab-avaylash, avloddan-avlodga yetkazish vazifasini ham bajarishi asoslab berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.Qoraqalpog‘iston qozoqlari tilidagi etnografizmlarning leksik-semantik xususiyatlarini lingvomadaniy aspektda tadqiq etishga bag‘ishlangan dissertatsiya ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

etnografizmlarning shakllanish tarixi va etimologik asosini qadimgi turkiy yozma yodgorliklar bilan qiyoslab o‘rganish natijasida olingan ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan F1-FA-0-43429 raqamli «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish» mavzusidagi loyiha ishlarini amalga oshirishda foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutining 2018 yil 18 sentyabrdagi 178/1-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq fol`klori tilidagi etnografizmlarning adabiy til rivojidagi o‘rnini aniqlashga erishilgan;

Qoraqalpog‘istonda istiqomat qiluvchi qozoqlarning an’anaviy turmush tarzi, xo‘jalik yuritish usullari va nomoddiy madaniy merosi bilan bog‘liq etnografizmlarning etnomadaniy mazmuniga doir tadqiqot materiallari I.V.Saviskiy nomidagi san’at muzeyida milliy hamda o‘zlashtirilgan etnografizmlarning lingvomadaniy ma’nolari bo‘yicha ko‘rgazma  va ekskurs darslarini o‘tish, shuningdek, ilmiy-nazariy anjumanlarda ma’ruza shaklida targ‘ib etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018 yil 23 maydagi  2-04/10/2-son ma’lumotnomasi). Shu asnoda, etnografizmlarning o‘ziga xos xususiyatlari, asosiy leksik-semantik tiplari va turkiy xalqlar tilidagi etnografik leksika bilan mushtarak jihatlari haqidagi ma’lumotlar keng joriy etilgan;

xalq tilidagi urf-odat, dasturlar bilan bog‘liq etnografizmlar, ularning lingvomadaniy tahlili bo‘yicha ilmiy-nazariy qarashlar Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2018 yil aprel` va may oylaridagi «Altin aymaq» teleko‘rsatuvi va «Ata meken» eshittirishlarini tayyorlashda amaliyotga tatbiq qilingan. (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2018 yil 21 maydagi 01-02/221-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarning ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan va etnografizmlarning xalq tilini boyitishdagi ahamiyatiga doir ilmiy qarashlar jamoatchilik orasida keng ommalashtirilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish