Abidova Zaynab Qadirberganovnaning

falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar:

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Xorazm vohasi ziyoratgohlari va qadamjolari (tarixiy – etnologik tadqiqot)”, 07.00.07–Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2017.3.PhD/Tar186.

Ilmiy rahbar: Ashirov Adhamjon Azimbaevich, tarix fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, DSc.06.01.2018. Tar.56.01.

Rasmiy opponentlar: Ballieva Ruza, tarix fanlari doktori, dotsent; Abdulahatov Nodirbek Uraimovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm vohasi qadamjo va ziyoratgohlari, ularda o‘tkaziladigan urf-odat, marosimlarning mahalliy xususiyatlarini etnologik aspektda ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

XX asrda Markaziy Osiyo mintaqasidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy o‘zgarishlar ta’sirida Xorazm ziyoratgohlari bilan bog‘liq qarashlar transformatsiyalashganligi hamda muqaddas ziyoratgohlar etnomadaniy o‘zlikni anglash ob’ektiga aylanganligi etnografik materiallar asosida ochib berilgan;

mustaqillik yillarida Xorazm ziyoratgohlarining jamiyat iqtisodiy hayotidagi o‘rni yoritilib, respublikada davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan turizmni yangi yo‘nalishi bo‘lgan ziyorat turizmini rivojlanish bosqichlari voha ziyoratgohlari (Pahlavon Mahmud, Sulton Uvays, Yusuf Hamadoniy va Shayx Muhtor Valiy) misolida tarixiy-etnografik materiallar asosida dalillangan;

ziyoratgohlar ma’naviyat maskani bo‘lishi bilan birga etno-ekologik qo‘riqxona vazifasini ham bajarishi, ulardagi muqaddaslashtirilgan ob’ektlar (buloq, quduq, daraxt)ga bo‘lgan “tabu” natijasida o‘ziga xos ekosistema yaratilishi Xorazm vohasi ziyoratgohlari misolida yoritilgan;

ziyoratgohlarda o‘tkaziladigan xalqona marosimlar (darvishona, qurbonlik, sadaqa, chilla saqlash va jaar (zikr) va sayil (navro‘z, tut, qizil gul)lar etnologik aspektda yoritilib, Xiva tumanida ajdodlari ruhini xotirlash, xayr-ehson berish va qurbonlik qilish maqsadida “Avliyoning to‘yi” marosimi o‘tkazilishi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Xorazm vohasi ziyoratgohlari va qadamjolari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:

Xorazm vohasi ziyoratgohlari, muqaddas joylari tarixi va mintaqadagi maqbaralarning me’moriy tuzilishini yoritish, shuningdek, ziyoratgohlarning geografik o‘rnini aniqlashda etnografik tadqiqotlar materiallaridan Xorazm Ma’mun akademiyasida 2012–2013 yillarda bajarilgan M3-12 raqamli “Xorazmda tarixiy-madaniy ob’ektlar (muqaddas qadamjolar) va ularning shakllanish tarixi” fundamental loyihada foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 2018 yil 20 iyundagi 23/1255-1639-son ma’lumotnomasi). Bu Xorazm vohasi ziyoratgohlari va qadamjolari tarixi, me’moriy tuzilishi va ular bilan bog‘liq tarixiy shaxslar biografiyasini yoritishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qilagan;

Xorazm ziyoratgohlarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar asosida yig‘ilgan ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil  7 oktyabrdagi 222-sonli “2010–2020 yillarda nomoddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” qaroriga asosan dasturning 5-bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda, ya’ni ziyoratgohlar tarixini o‘rganish va asl mohiyatini yoritishda foydalanildi. (“Oltin meros” fondining 2018 yil 17 apreldagi 23-son ma’lumotnomasi). Bu natijalar o‘zbek halqining tarixiy va madaniy yodgorliklarini dunyoga tanitish va yoshlar ongida milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmat, milliy g‘urur tuyg‘ularini singdirishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish