O‘lmasov Akmaljon Fozilovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar:

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Kushon davri Shimoliy Baqtriya me’moriy bezaklari tadriji va xususiyatlari», 18.00.01–Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2017.2.PhD/A5.

Ilmiy rahbar: Yusupova Mavluda Aminjanovna, me’morchilik fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent arxitektura qurilish instituti, DSc.27.06.2017.A.11.02.

Rasmiy opponentlar: Shaydullaev Shopo‘lat Bozorovich, tarix fanlari doktori, professor; Nurmuxamedova Shoira Zaxidovna, arxitektura nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Shimoliy Baqtriyaning Kushon davriga oid me’moriy bezaklari tadriji va xususiyatlarini yoritib berishdan iborat.

IIITadqiqotning ilmiy yangiligi:

Kushonlar davriga oid me’moriy bezaklarning inshootlardagi o‘rnidan kelib chiqib tosh poyustun, ustun o‘zagi, kapitel kabi order qismlariga hamda antefiks, kungura, buddaviylik stupalarining badiiy elementlari kabi guruhlarga ajratilgan;

Baqtriya me’morchiligida qo‘llanilgan konstruktiv qismlar va bezak elementlarining “ioniysimon” va yangi mahalliy “baqtriya” tosh poyustun turlari aniqlangan; 

me’morchilikka oid aniqlangan konstruktiv qismlar va badiiy bezaklarning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari asosida Axmoniylar (ioniysimon tosh poyustun, protokapitel), Yunon-Baqtriya (attik va korinf orderi qismlari) hamda kushon davrlari (mahalliylashgan me’moriy qismlar va stupa bezaklari)ga ajratilgan;

Ko‘hna Termiz, Dalvarzintepa, Xolchayon, Ayritom yodgorliklarida kashf qilingan saroy, turarjoy binolari va me’moriy order qismlari hamda Zurmala, Qoratepa buddaviylik stupalarining qadimgi grafik ko‘rinishlari tiklangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kushon davri Shimoliy Baqtriya me’moriy bezaklari yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:

Dissertatsiya natijasida aniqlangan yangi me’moriy elementlar ilmiy tavsifidan San’atshunoslik institutida Fundamental tadqiqotlar dasturi bo‘yicha 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-A1-G022 raqamli “O‘zbekistonning qadimgi va o‘rta asr badiiy madaniyatida an’analar va innovatsiyalar” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida 2013 yilda Koreya Respublikasida chop qilingan “Uzbekistan. Kushan dynasty and Buddhism” katalogida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 18 apreldagi 3/1255-989-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi me’moriy bezaklarga oid ma’lumotlar katalogini boyitishga xizmat qilgan;

tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan me’moriy bezaklarni fiksatsiya qilish uslublaridan Kushon davriga oid bino va inshoot majmualari va ularning konstruktiv-me’moriy qismlarini fiksatsiya va konservatsiya qilish, eksponatlar yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining 2018 yil 4 apreldagi 01-01/278-son ma’lumotnomasi). Amaliy ishlarning qo‘llanilishi yodgorlikka oid ma’lumotlarni boyitishga xizmat qilgan;

Ilmiy ishda ochib berilgan Fayoztepa yodgorligiga oid me’moriy elementlar tavsifidan YuNESKOning “Fayoztepa buddaviylik majmuasini konservatsiya qilish” halqaro loyihasi doirasida arxeologik topilmalarni fiksatsiya qilish va muzey tashkil etishda foydalanilgan (YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasining 2018 yil 9 apreldagi CM-FO-TAS-2018-003195-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy tavsiyalar asosida yodgorlikdagi ob’ektlar konservatsiya qilingan;

tadqiqot natijalari va tavsiyalaridan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama halqaro madaniyat karvonsaroyida 2010-2016 yillar davomida muntazam o‘tkazilgan O‘zbekiston madaniy merosi muhofazasi bo‘yicha trening va vorkshoplarda foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2018 yil 24 apreldagi 03-09/93-645-son ma’lumotnomasi). Ilmiy ishlar natijasi soha mutaxassislari va talabalari malakasini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish