Raxmatov Anvar Mamatovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I.Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Salatbop va bargli sholg‘om etishtirish texnologiyasini takomillashtirish», 06.01.06–Sabzavotchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Qx32.

Ilmiy rahbar: Aramov Muzaffar Xoshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jalik instituti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.

Rasmiy opponentlar: Dusmuratova Saodat Ismailovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Bo‘stonov Zokirjon Tadjibaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: karamguldoshlar oilasiga mansub ekinlar, salatbop va barg sholg‘om nav namunalari to‘plamini morfologik, qimmatli xo‘jalik belgilariga ko‘ra baholash va shu asosda yangi istiqbolli navlarini tanlash, ularni turli mavsumlarda maqbul ekish muddatlarini aniqlash, eng istiqbolli navlarni introduksiya qilishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor salatbop va barg sholg‘omning nav namunalari to‘plaminingqimmatli xo‘jalik belgilari o‘rganilib, iqlim sharoitiga mos istiqbolli nav namunalari boshlang‘ich manba sifatida ajratilgan;

tezpishar, serhosil, iqlim sharoitiga mos salatbop sholg‘omning «Gulshod» va barg sholg‘omning «Darmon» navlari yaratilgan;

yuqori va sifatli hosil olish uchun ushbu ekinlarni bahorgi va yozgi ekish muddatlari aniqlangan;

ushbu ekinlar ildizmevasi va bargning biokimyoviy tarkibini ekish muddatlariga bog‘liqlik darajasi ilmiy asoslangan, yangi yaratilgan navlarni  etishtirish texnologiyasi takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Salatbop va bargli sholg‘om etishtirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:

Qoraqolpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi sabzavotchilik hamda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari uchun «Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini etishtirish agrotexnologiyasi» hamda «Takroriy muddatda sabzavot, poliz, kartoshka ekinlaridan mo‘l va sifatli hosil etishtirish agrotexnologiyasi» tavsiyanomalari ishlab chiqilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 28 sentyabrdagi 02/22-499-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanomalar dehqon, fermer xo‘jaliklari va tomorqa er egalari ekin maydonlarida salatbop va bargli sholg‘omdan yuqori va sifatli hosil etishtirishga xizmat qilgan;

salatbop sholg‘omning «Gulshod» va barg sholg‘omning «Darmon» navlari va ularni ekishning eng maqbul muddatlari 2015–2016 yillar mobaynida Andijon, Namangan, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlaridagi sabzavotchilik hamda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida jami 142 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 28 sentyabrdagi 02/22-500-son ma’lumotnomasi). Bunda barg sholg‘omning «Darmon» navidan gektaridan 18–21 tonna, salatbop sholg‘omni «Gulshod» navidan 31–35 tonna hosil olingan, qo‘shimcha hosildorlik 2,2-4,0 tonnani tashkil etgan va rentabillik darajasi 23–35 foizga teng bo‘lgan;

salatbop sholg‘omning  «Gulshod» va barg sholg‘omning «Darmon» navlari yaratilib, Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash Davlat komissiyasiga topshirilgan (Qishloq xo‘jalik ekinlari navlarini sinash Davlat komissiyasining 2017 yil 6 sentyabrdagi 53/4-403-son ma’lumotnomasi). Mazkur navlar Oltinko‘l, Shahrisabz nav sinash stansiyalarida va Toshkent nav sinash uchastkasida Davlat nav sinovidan o‘tib, O‘zbekiston hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari Davlat reestriga 2018 yildan kiritilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish