Abdullaeva Jamilya Kenesbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Janubiy Orolbo‘yi qandalalari (Heteroptera) bioxilma-xilligi va ekologiyasi», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/V612.
Ilmiy rahbar: Saparov Abdiraxman Danabaevich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/30.04.2021.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Baymuratov Xusniddin Toshboltaevich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Juginisov Tanirbergen Isaevich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Gulistan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Orolbo‘yi qandalalari bioxilma-xilligini baholash, taksonomik strukturasini aniqlash, ekologiyasini asoslash va kadastr tizimi uchun ma’lumotlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Janubiy Orolbo‘yi hududlarida olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijasida yarimqattiqqanotlilarning biologik xilma – xilligining zamonaviy holati baholanib, ularning 4 ta infraturkum, 13 katta oila, 22 oila, 35 kenja oila, 35 triba, 104 avlod, 3 kenja avlodga mansub 167 turi aniqlandgan;
Janubiy Orolbo‘yidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida Reduvidae oilasiga oid Reduvius avlodiga mansub Reduvius carinatus Fabricus,1798 O‘zbekiston faunasi uchun ilk bor aniqlangan;
O‘zbekiston “Qizil kitobi” ga kiritilgan Reduvidae oilasi Reduvius avlodiga mansub Reduvius fedtchencianus Oshanin 1871 hamda Coreidae oilasi Cercinthus Stal, 1860 avlodiga mansub Cercinthus lehmanni Kolenati, 1891 turlarining ilk bor Janubiy Orolbo‘yi hududlarida uchrashi isbotlangan;
Janubiy Orolbo‘yida tarqalgan yarimqattiqqanotli hasharotlarning zoogeografik va turli landshaftlar bo‘yicha tarqalishi aniqlangan;
O‘zbekiston yarimqattiqqanotsimon hasharotlari haqidagi yaratilgan, ma’lumotlar bazasiga Janubiy Orolbo‘yi uchun xos turlar bo‘yicha ma’lumotlar kiritilgan va tavsiyalar ishlab chiqilgan;
Janubiy Orolbo‘yi hududlarining iqlimidan kelib chiqib, yarimqattiqqanotli hasharotlarning ekologik hususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Janubiy Orolbo‘yi qandalalari (Heteroptera) bioxilma-xilligi va ekologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Janubiy Orolbo‘yi hududlarida yarimqattiqqanotlilarning zoofaglardan 55 turi, ommaviy zararkunandalarni yo‘q qilishda butun bir kompleks tarzda doimo ishtiroki ularning faoliyatlarini integrallashni samarali bo‘lishini ta’minlashi bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining Nukus, Qorauzyak, Mo‘ynoq, Qung‘irot va Chimboy tumanlari amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi 2022 yil 2 dekabrdagi 1-702 – son ma’lumotnomasi). Natijada, respublika hududlari bo‘ylab O‘rmon xo‘jalik o‘simliklari zararkunandalarini tartibga solish va tabiiy biologik nazoratdagi jarayonda zoofag qandalalarning muhim rol o‘ynashini aniqlash imkonini bergan;
Janubiy Orolbo‘yidan tarqalgan qandalalarning 22 oilasi 104 avlodi tegishli bo‘lgan 167 turga mansub 167 nusxa namunalari shulardan 4 ta noyob turlarini mansub jami 167ta namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan «Zoologiya kolleksiyasi» noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 24 fevraldagi 4/1255-372-son ma’lumotnomasi). Natijada, namunalar Janubiy Orolbo‘yi hududlari bo‘yicha hasharotlar fondini boyitgan va ular populyasiyalari tarqalishining zamonaviy holatini baholash, turli landshaftlarda tarqalishi va ekologiyasini o‘rganish hamda interfaol atlaslar tayyorlash imkonini bergan.