Topildieva Muyassar Raximjonovnaning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston SSR Oliy sudi tarixi (1924–1991-yy.)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tar451
Ilmiy rahbar: Ziyaeva Dono Xamidovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Alisher Gaffarovich, siyosiy fanlari doktori, professor; Xasanov Baxtiyor Vaxapovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekisnon davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1924–1991-yillarda O‘zbekiston SSR Oliy sudining tashkil etilishi va uning faoliyati tarixini oshib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sovet davlatining dastlabki yillarida huquqiy me’yorlarga zid ravishda “troyka”lar, favqulodda sudlar kabi turli sud tuzilmalarning tashkil etilishi, ayniqsa, qatag‘onlar davrida ijro etuvchi organlarning qarorlarini ko‘r-ko‘rona amalga oshirilishi O‘zbekiston SSRdagi Oliy sudning ham faqatgina mustaqil yuqori sud instansiyasi sifatida shaklllanishiga to‘sqinlik qilganligi ko‘rsatib berilgan;
Ikkinchi jahon urushi yillarida Oliy sud zimmasiga sudlarda “vatan xoinlari”, davlat sirlarini oshkor qilganlik uchun jazo choralarini kuchaytirish, mehnat va boshqa majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin tovlash, davlat intizomini buzuvchilar va “sotsialistik mulk”ga zarar etkazganlarga qarshi qat’iy choralarni ko‘rishga qaratilgan vazifalarni qo‘yilishi harbiy va fuqarolik sudlari o‘rtasidagi chegaralarning uzoqlashishiga olib kelganligi asoslangan;
Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda davlat uchun zarur bo‘lgan natijalarni ta’minlab beradigan o‘ta markazlashgan va boshqariladigan sudlov tizimining shakllantirilganligi partiya tomonidan berilgan topshiriqlar bo‘yicha qarorlarini qabul qilishga yo‘naltirilishi partiya va ijroiya organlarining bevosita ta’sir va ko‘rsatmalari asosida faoliyat olib boradigan tizimga aylanib qolganligi asoslangan;
Oliy sud tizimida yuqori lavozimlarga rahbar kadrlarni tayinlashda yurist kadrlarning tajriba, bilim va ko‘nikmalariga emas balki, ijtimoiy kelib chiqilishi, siyosiy qarashlari va “partiya chaqiriqlariga labbay deb javob beradigan kadrlar”ning tayinlanishi sud qonunchiligini isloh qilish, sudyalarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, odil sudlovni amalga oshirish kabi eng muhim vazifalarni amalga oshirilishida eng asosiy to‘siqlar bo‘lganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda Oliy sud faoliyatiga oid ishlab shiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
sovet davlatining dastlabki yillarida huquqiy meyorlarga zid ravishda “troyka”lar, favqulodda sudlar kabi turli sud tuzilmalarning tashkil etilishi, ayniqsa, qatag‘onlar davrida ijro etuvchi organlarning qarorlarini ko‘r-ko‘rona amalga oshirilishi O‘zbekiston SSRdagi Oliy sudning ham faqatgina mustaqil yuqori sud instansiyasi sifatida shaklllanishiga to‘sqinlik qilganligi bilan bog‘liq natijalardan O‘zbekiston Respublikasida sudyalar va sud tizimi kadrlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash kurslari o‘quv jarayonida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil 18-apreldagi 11-06-23-son ma’lumotnomasi). Natijada sudyalarni tayyorlash, tayinlash, qayta tayyorlashda va o‘qitishda o‘quv jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan.
Ikkinchi jahon urushi yillarida Oliy sud zimmasiga sudlarda “vatan xoinlari”, davlat sirlarini oshkor qilganlik uchun jazo choralarini kuchaytirish, mehnat va boshqa majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin tovlash, davlat intizomini buzuvchilar va “sotsialistik mulk”ga zarar etkazganlarga qarshi qat’iy choralarni ko‘rishga qaratilgan vazifalarni qo‘yilishi harbiy va fuqarolik sudlari o‘rtasidagi chegaralarning uzoqlashishiga olib kelganligi bilan bog‘liq natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi huzuridagi Sud tarixi muzeyi fondlarini boyitishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil 18-apreldagi 11-06-23-son ma’lumotnomasi). Bu muzeyga tashrif buyuruvshilarga sovet davridagi Oliy sud faoliyatiga xolisona baho berish imkoniyatini bergan.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda davlat uchun zarur bo‘lgan natijalarni ta’minlab beradigan o‘ta markazlashgan va boshqariladigan sudlov tizimining shakllantirilganligi partiya tomonidan berilgan topshiriqlar bo‘yicha qarorlarini qabul qilishga yo‘naltirilishi partiya va ijroiya organlarining bevosita ta’sir va ko‘rsatmalari asosida faoliyat olib boradigan tizimga aylanib qolganligi bilan bog‘liq natijalardan “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” darsligida o‘z ifodasini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 17-martdagi 106 raqamli guvohnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi sohaga oid izlanuvshilarning odil sudlov munosabatlariga oid bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan.
Oliy sud tizimida yuqori lavozimlarga rahbar kadrlarni tayinlashda yurist kadrlarning tajriba, bilim va ko‘nikmalariga emas balki, ijtimoiy kelib chiqilishi, siyosiy qarashlari va «partiya chaqiriqlariga labbay deb javob beradigan kadrlar»ning tayinlanishi sud qonunchiligini isloh qilish, sudyalarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, odil sudlovni amalga oshirish kabi eng muhim vazifalarni amalga oshirilishida eng asosiy to‘siqlar bo‘lganligi bilan bog‘liq natijalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” DUK qoshidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” DUK qoshidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2022-yil 7-noyabrdagi 02-31-1859-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijalarning qo‘llanilishi teletomoshabinlarda Oliy sudning fuqarolik va jinoiy ishlar bo‘yisha faoliyati, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida amalga oshirgan ishlari bilan bog‘liq tasavvurlarining kengayishiga xizmat qilgan.