Tajibaev Komiljon Qurbanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy iste’mol bozorlarida kichik biznes subektlari raqobatbardoshligini oshirish mexanizmi  (Namangan viloyati misolida)», 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1623.
Ilmiy rahbar: Sirojidinov Kamoliddin Ikromiddinovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Aripov Oybek Abdullaevich,  iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent;   Ibragimov Isroil Usmanovich,  iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Fargona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy iste’mol bozorlarida kichik biznes subektlari raqobatbardoshligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “kichik biznes subekti raqobatbardoshligi” iqtisodiy kategoriyasining mazmuni uning raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish qobiliyati, mamlakat ichida va undan tashqarida mazkur tarmoqning boshqa korxonalariga nisbatan raqobatdosh ustunliklarini aks ettirib, faqat bir tarmoqqa mansub korxonalar guruhi doirasida baholash mumkinligi sababli raqobatbardoshlik darajasini baholash o‘z tarkibiga taqqoslash uchun asosiy ob’ektlarni tanlashni olishi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
kichik biznes subektlarining raqobatbardoshligini baholashda mazkur toifaga mansub bo‘lgan har bir korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati va narxining o‘zaro nisbat tavsifi orqali namoyon bo‘luvchi “o‘ta kuchli raqobatbardosh”  2), “kuchli raqobatbardosh”  ), “muvozanatli raqobat”  , “past raqobatbardosh”  , “o‘ta past raqobatbardosh”   guruh chegaralariga ko‘ra yondashish taklifi asoslangan;
Namangan viloyatidagi kichik biznes subektlarining raqobatbardoshligini korxona to‘g‘risida xaridorlarning ijobiy taassuroti (XT), tovar etkazib berish shartnomalarini bajarish sifati (ShS), mahsulotlarning yangilanib borishi darajasi (MYa), yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish (YuS) omillarining maqbul nisbati (0,17; 0,24; 0,21; 0,28) ni ta’minlash orqali oshirish taklifi asoslangan;
Namangan viloyati mahalliy iste’mol bozorlarida kichik biznes subektlarining raqobatbardoshligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash orqali rivojlanishi tendensiyalarini o‘zgarishi modeli asosida 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab  chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy iste’mol bozorlarida kichik biznes subektlari raqobatbardoshligini oshirish mexanizmi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:  
uslubiy yondashuvga ko‘ra “kichik biznes subekti raqobatbardoshligi” iqtisodiy kategoriyasining mazmunini uning raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish qobiliyati, mamlakat ichida va undan tashqarida mazkur tarmoqning boshqa korxonalariga nisbatan raqobatdosh ustunliklarini aks ettirib, faqat bir tarmoqqa mansub korxonalar guruhi doirasida baholash mumkinligi sababli raqobatbardoshlik darajasini baholash o‘z tarkibiga taqqoslash uchun asosiy ob’ektlarni tanlashni olishi nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Agrosanoat majmuasida marketing” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda raqobatbardoshlik darajasini baholash o‘z tarkibiga taqqoslash uchun asosiy ob’ektlarni tanlashni olishi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “kichik biznes subekti raqobatbardoshligi” iqtisodiy kategoriyasining mazmuniga oid nazariy bilimlar hosil qilish imkoni yaratilgan;
kichik biznes subektlarining raqobatbardoshligini baholashda mazkur toifaga mansub bo‘lgan har bir korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati va narxining o‘zaro nisbat tavsifi orqali namoyon bo‘luvchi “o‘ta kuchli raqobatbardosh”  2), “kuchli raqobatbardosh”  ), “muvozanatli raqobat”  , “past raqobatbardosh”  , “o‘ta past raqobatbardosh”   guruh chegaralariga ko‘ra yondashish taklifidan Namangan viloyatidagi “Namangan ta’mirlash va butlash” MChJ amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024 yil 26 iyuldagi 13/08-3-4-10294-sonli  ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Namangan ta’mirlash va butlash” MChJ faoliyat rentabelligining 4,1 punktga yaxshilanishiga olib kelgan;
Namangan viloyatidagi kichik biznes subektlarining raqobatbardoshligini korxona to‘g‘risida xaridorlarning ijobiy taassuroti (XT), tovar etkazib berish shartnomalarini bajarish sifati (ShS), mahsulotlarning yangilanib borishi darajasi (MYa), yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish (YuS) omillarining maqbul nisbati (0,17; 0,24; 0,21; 0,28) ni ta’minlash orqali oshirish taklifidan Namangan viloyatidagi “Namangan ta’mirlash va butlash” MChJ amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024 yil 26 iyuldagi 13/08-3-4-10294-sonli  ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Namangan ta’mirlash va butlash” MChJda ishlab chiqarilgan har bir tovarini bozorda sotish ulushining o‘zgarishini va ularning korxona sotuv hajmidagi ulushi o‘zgarishini hisobga olgan holda korxona raqobatbardoshligi integral ko‘rsatkichining dinamikasi aniqlanib, korxona raqobatbardoshligi integral ko‘rsatkichi 2021 yildagi 0,0724 dan 2022 yilda 0,1798 gacha oshgan;
Namangan viloyati mahalliy iste’mol bozorlarida kichik biznes subektlarining raqobatbardoshligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash orqali rivojlanishi tendensiyalarini o‘zgarishi modeli asosida 2030 yilga qadar ishlab  chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan “Namangan viloyati kichik biznes subektlarning 2030 yilgacha bo‘lgan raqobat strategiyalari”ni ishlab  chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024 yil 26 iyuldagi 13/08-3-4-10294-sonli  ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida  Namangan viloyatida uzoq muddatli istiqbolda mahalliy iste’mol bozorlarida kichik biznes subektlarining raqobatbardoshligini ta’minlashning asosiy parametrlarining aniqligi va o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish