Nomonova Yulduz Soyibnozor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklarida korporativ boshqaruvni takomillashtirish orqali xorijiy investisiyalarni jalb qilish yo‘llari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2983.
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Hosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipoteka-bank”aksiyadorlik tijorat ipoteka banki.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Alimardonov Ilhom Muzrabshoxovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Gadoev Suhrob Jumakulovich, PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: AT «Aloqabank».
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarida korporativ boshqaruvni takomillashtirish orqali xorijiy investisiyalarni jalb qilish yo‘llari bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tijorat banklarida korporativ boshqaruv kodeksini qabul qilish jarayonida biznesning barqaror rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi yangilangan korporativ boshqaruv standartlari asosida ichki o‘zgarishlarni boshqarish boshqarmasini tashkil etish taklifi ishlab chiqilgan;
fond bozorini rivojlantirish orqali xorijiy institutsional investorlarni milliy kapital bozoriga faol jalb etish, IPO va SPO evroobligatsiyalarini xalqaro VENA fond birjasiga joylashtirish orqali tijorat bankini xalqaro reyting va indekslarda yo‘nalishlar bo‘yicha barqaror kutilma darajasiga erishishini ta’minlash asoslangan;
investisiya loyihalarini moliyalashtirishda tijorat banklarining ishtirokini faollashtirish, banklarda loyihalar boshqarish idorasi (PMO)ni tashkil qilish orqali jalb qilingan yoki jalb qilinishi rejalashtirilayotgan investision mablag‘larning sarflanish darajasi bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar shakllantirish hamda ularning samarali taqsimlanishi ustidan nazorat olib borish taklifi asoslangan;
tijorat banki Kuzatuv kengashi o‘z faoliyatini yiliga bir marta baholashi hamda Kuzatuv kengashi faoliyatini mustaqil ekspert tomonidan 3 yilda bir marta baholash tizimini joriy qilish asosida tijorat banklari faoliyatida kuzatuv kengashining mas’ulligini oshirish va o‘rnini mustahkamlash taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi.
Tijorat banklarida korporativ boshqaruv samaradorligini ta’minlash orqali bankning investision jozibadorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarida korporativ boshqaruv kodeksini qabul qilish jarayonida biznesning barqaror rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi yangilangan korporativ boshqaruv standartlari asosida ichki o‘zgarishlarni boshqarish boshqarmasini tashkil etish taklifidan «Ipoteka-bank» ATIB Korporativ boshqaruv standartlarini qabul qilish jarayonida foydalanilgan («Ipoteka-bank» ATIBning 2024-yil 21-maydagi 1-4.1/5185-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Ipoteka-bank tizimida yangilangan korporativ boshqaruv standartlari asosida ichki o‘zgarishlarni boshqarish boshqarmasi tashkil etilib, xodimlarning ishlash samaradorligini 30%ga oshirish va negativ fikrlash darajasini 35%ga kamaytirish imkonini bergan;
fond bozorini rivojlantirish orqali xorijiy institutsional investorlarni milliy kapital bozoriga faol jalb etish, IPO va SPO evroobligatsiyalarini xalqaro VENA fond birjasiga joylashtirish orqali tijorat bankini xalqaro reyting va indekslarda yo‘nalishlar bo‘yicha barqaror kutilma darajasiga erishishini ta’minlash taklifidan «Ipoteka-bank» ATIBning o‘rta muddatli strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan («Ipoteka-bank» ATIBning 2024-yil 21-maydagi 1-4.1/5185-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2024-yil 25-aprelda Ipoteka-bankning 1,4 trillion so‘mlik uch yillik evroobligatsiyalari xalqaro Vena fond birjasida yillik 20,5% kupon stavkasi bilan muvaffaqiyatli joylashtirilib, Ipoteka-bankning Moody's “Ba3 (barqaror)”, Fitch Ratings “Ipoteka kreditlari bo‘yicha kuchli franshiza”, S&P Global Ratings “BB-/B (barqaror)” xalqaro reytinglarini yangilash imkonini bergan;
investisiya loyihalarini moliyalashtirishda tijorat banklarining ishtirokini faollashtirish, banklarda loyihalar boshqarish idorasi (PMO)ni tashkil qilish orqali jalb qilingan yoki jalb qilinishi rejalashtirilayotgan investision mablag‘larning sarflanish darajasi bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar shakllantirish hamda ularning samarali taqsimlanishi ustidan nazorat olib borish taklifdan “Ipoteka-bank”ATIBning transformatsiya qilish jarayonlarida foydalanilgan («Ipoteka-bank» ATIBning 2024-yil 21-maydagi 1-4.1/5185-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2021-yil oktyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Vengriyaning OTP banki bilan bankni xususiylashtirish bo‘yicha Memorandum imzolangan bo‘lsa, 2023-yil 15-iyunda Vengriyaning OTP banki Ipoteka-bankning rasman asosiy aksiyadoriga aylanish imkonini bergan;
tijorat banki Kuzatuv kengashi o‘z faoliyatini yiliga bir marta baholashi hamda Kuzatuv kengashi faoliyatini mustaqil ekspert tomonidan 3 yilda bir marta baholash tizimini joriy qilish asosida tijorat banklari faoliyatida kuzatuv kengashining mas’ulligini oshirish va o‘rnini mustahkamlash taklifidan «Ipoteka-bank»ATIB Korporativ boshqaruv kodeksini qabul qilish jarayonida foydalanilgan («Ipoteka-bank» ATIBning 2024-yil 21-maydagi 1-4.1/5185-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2023-yil davomida Ipoteka-bank Kuzatuv kengashi tomonidan o‘tkazilgan korporativ boshqaruv, biznes sohalar, IT, risk va kapitalni boshqarish strategiyalari, ichki nazorat, audit va komplayens yo‘nalishiga aloqador 57 tadan ziyod strategik masalalarni muhokama qilish imkonini bergan.