Isomiddinov Yunusjon Yusubboevichning  
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Globallashuv sharoitida korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyati: islohotlar va asosiy paradigmalar” mavzusidagi 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.DSc/Fal142
Ilmiy maslahatchi: G‘aybullaev Otabek Muhammadievich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillari instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Musaev Faxriddin Abdusattorovich, falsafa fanlari doktori, professor; Toshev Boboqul yuridik fanlari doktori professor; Qodirov Anvar Qaxxorovich falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent iqtisodiyot universtiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi globallashuv sharoitida korrupsiyaning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ta’sirini kamaytirishga xizmat qiladigan postmodernistik paradigmalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rivojlangan mamlakatlarda ma’naviyat va ma’rifat asosida korrupsiyaning davlat va jamiyat boshqaruviga ta’sirini kamaytirishning milliy modellari (huquqiy, ma’rifiy va axloqiy ongni yuksaltirish) aniqlangan;
korrupsiyani sotsiumga ta’siri borasidagi tashkiliy paradigmadagi o‘zgarishlar tizimi, boshqaruv organlari va fuqaro munosabatlaridagi barqarorlikni izdan chiqaruvchi, o‘zgartiruvchi omillarning ob’ektiv qonuniyatlari (o‘zgarishlar, tahdidlarning muqarrarligi) va subektiv qonuniyatlari (milliy mental xususiyatlar) ochib berilgan;
korrupsiyaga qarshi kurashning xalqaro tajribasi ijobiy yutuqlarini o‘rganish asosida ijtimoiy-falsafiy profilaktikaning gomeostazis (muvozanat) va sotsiostazis (o‘zini o‘zi tartibga solish) mexanizmlari vositasida ijtimoiy hamkorlikning ta’minlanishi aniqlangan;
korrupsiyani jamiyat hayotidagi ta’sirining kamaytirish maqsadida fuqarolarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning ta’sirchan media vositalarini qo‘llash usullari takomillashtirilgan;
“korrupsiya” va “poraxo‘rlik” fenomenlarini siyosiy-huquqiy, ma’naviy-axloqiy tahdid sifatida namoyon bo‘lishning destruktiv, manipulyativ, esxatologik xususiyatlari, ularga qarshi kurashning ijtimoiy-falsafiy jihatlari asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Globallashuv sharoitida korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyati:islohotlar va asosiy paradigmalar mavzusida amalga oshirilgan tadqiqoti ishi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
rivojlangan mamlakatlarda ma’naviyat va ma’rifat asosida korrupsiyaning davlat va jamiyat boshqaruviga ta’sirini kamaytirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekistonda oliy ta’lim sohasini takomillashtirishda Samarqand davlat chet tillar institutida Erasmus+ dasturining 2016-2018-yillarga mo‘lgallangan 561624-EPP-1-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: “O‘zbekistonda Oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” mavzusidagi loyiha doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 26-iyundagi №1886/30.02.01-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar oliy ta’lim muassasalari boshqaruviga jamoatchilik nazoratini kiritish, rahbariyat moliyaviy faoliyatini tanqidiy baholash mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
korrupsiyani sotsiumga ta’siri borasidagi tashkiliy paradigmadagi o‘zgarishlar tizimi, boshqaruv organlari va fuqaro munosabatlaridagi barqarorlikni izdan chiqaruvchi, o‘zgartiruvchi omillarning ob’ektiv qonuniyatlari (o‘zgarishlar, tahdidlarning muqarrarligi) va sub’ektiv qonuniyatlariga doir taklif va tavsiyalardan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga doir qo‘shma qarorlar loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2023-yil 14-sentyabrdagi 02/6-05-1337-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar mazkur tadqiqot ishi natijalarining ilmiy-amaliy jihatlari, metodologik g‘oyalari, taklif-tavsiyalari hamda xulosalaridan korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida milliy ma’ruzasini tayyorlash yuzasidan alohida reja jadval asosida tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirishga xizmat qilgan;
korrupsiyaga qarshi kurashning xalqaro tajribasi ijobiy yutuqlarini o‘rganish asosida ijtimoiy-falsafiy profilaktikaning gomeostazis (muvozanat) va sotsiostazis (o‘zini o‘zi tartibga solish) mexanizmlari vositasida ijtimoiy hamkorlikka oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “2022-2023-yillarda hududlarda yoshlarga oid davlat dasturlari ijrosini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar” dasturi va “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 20-iyuldagi 04-01/04/7254-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar yoshlarni ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiylash jamiyat taraqqiyotining garovi ekanligini inobatga olgan holda asoslangan dasturlarni ishlab chiqilishiga hizmat qilgan;
jamiyat hayotida ijtimoiy hamkorlik tizimini izdan chiqaruvchi salbiy ijtimoiy fenomenlar (byurokratiya, korrupsiya, uyushgan jinoyatchilik) ta’sirining oldini olish maqsadida fuqarolarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning ta’sirchan media vositalariga oid taklif va tavsiyalardan “Mening yurtim” telekanalida “Markaziy studiya” information dasturini ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“Mening yurtim” telekanalining 2023-yil 31-iyuldagi 336/23-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yanada rivojlantirishiga xizmat qilgan;
“korrupsiya” va “poraxo‘rlik” fenomenlarini siyosiy-huquqiy, ma’naviy-axloqiy tahdid sifatida namoyon bo‘lishining destruktiv, manipulyativ, esxatologik xususiyatlari, ularga qarshi kurashning ijtimoiy-falsafiy jihatlariga oid taklif va tavsiyalardan Samarqand radiosining 2023-yil yanvar va fevral oylari davomida efirga uzatilgan “Samarqand sadosi” eshittirishlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 7-iyuldagi 01-07/229-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarda radiotinglovchilarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha eng samarali usul bo‘lgan jamoatchilik nazoratiga oid bilimlarini kuchaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish