Azizov Farxod Amanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Soliq ma’murchiligida soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Iqt1107.
Ilmiy rahbar: Gadoev Erkin Fayzievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Kuzieva Nargiza Ramazanovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshmatov Shuxrat Amonovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Davlat boshqaruv akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: soliq ma’murchiligida soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
soliq organlarida soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan maslahat tuzilmalarini tashkil etish orqali soliq organlarining xizmat ko‘rsatish faoliyatini takomillashtirish taklif etilgan;
soliq to‘lovchilarning majburiyatlarini bajarishga ko‘maklashishga yo‘naltirilgan elektron soliq xizmatlarini kengaytirish orqali soliq organlarini yuqori texnologiyali tashkilotga transformatsiya qilish taklifi ishlab chiqilgan;
soliq organlarida soliq to‘lovchilarga oid mavjud ma’lumotlar asosida yuridik shaxslarning mol-mulk va er soliqlari bo‘yicha soliq hisobotlarining soliq organlari tomonidan hisoblab chiqarish amaliyotini joriy etish taklif etilgan;
aholini o‘zini-o‘zi band qilish tartibini soddalashtirish, mazkur yo‘nalishda amaldagi to‘lovlarni kamaytirish va faoliyat turlarini kengaytirish hisobiga o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslarning ijtimoiy muhofaza darajasining oshirilishi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Soliq ma’murchiligida soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar acocida:
soliq organlarida soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan maslahat tuzilmalarini tashkil etish orqali soliq organlarining xizmat ko‘rsatish faoliyatini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6098-sonli Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 23 sentyabrdagi 06/04-01-01-37/1728-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat soliq xizmati organlari tarkibiy tuzilmasi yangilandi, Soliq qo‘mitasi markaziy apparati, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi tuzilmasida, hududiy davlat soliq boshqarmalari hamda davlat soliq inspeksiyalarida 3000 ga yaqin shtatlar doirasida soliq solish bo‘yicha maslahat va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘limlar tashkil etildi;
soliq to‘lovchilarning majburiyatlarini bajarishga ko‘maklashishga yo‘naltirilgan elektron soliq xizmatlarini kengaytirish orqali soliq organlarini yuqori texnologiyali tashkilotga transformatsiya qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-6155-son Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 23 sentyabrdagi 06/04-01-01-37/1728-son ma’lumotnomasi). Natijada, soliq to‘lovchilar, ayniqsa tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik hamda jismoniy shaxslar uchun ko‘rsatiladigan xizmat turlari 45 tagacha kengaytirilib, qo‘shimcha imkoniyatlar yaratildi;
soliq organlarida soliq to‘lovchilarga oid mavjud ma’lumotlar asosida yuridik shaxslarning mol-mulk va er soliqlari bo‘yicha soliq hisobotlarining soliq organlari tomonidan hisoblab chiqarish amaliyotini joriy taklifi 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155-son “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Recpublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 23 sentyabrdagi 06/04-01-01-37/1728-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi natijasida 2023 yilda birgina yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha 78,3 mingta korxonalarga soliq hisobotlarining soliq organlari tomonidan hisoblab chiqarilishi va shakllantirib berilishi tajribasi yo‘lga qo‘yildi;
aholini o‘zini-o‘zi band qilish tartibini soddalashtirish, amaldagi to‘lovlarni kamaytirish va faoliyat turlarini kengaytirish hisobiga o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslarning ijtimoiy muhofaza darajasini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4742-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 23 sentyabrdagi 06/04-01-01-37/1728-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholi bandligini ta’minlash maqsadida joriy qilingan tizim ishtirokchilariga ro‘yxatdan o‘tishlarida yanada qulay shart-sharoit yaratildi va aholini rasmiy iqtisodiyotga jalb qilish faollashtirildi, bunda o‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar 2,5 mln. nafardan ortib, 306,4 mlrd.so‘m ijtimoiy soliq davlat byudjetiga to‘landi.