Aliyarov Muxiddin Absamatovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Moshning ertapishar, sho‘rlanish va issiqlikka chidamli navini yaratish”, 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Qx1315.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Fayzulla Xabibullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpogʻiston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/29.08.2023.Qx.172.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: Moshning «Barqaror» navi (№ NAP 00380).
II. Tadqiqotning maqsadi Xorijdan introduksiya yoʻli orqali Milliy genofondga jalb etilgan moshning yangi kolleksiya namunalarini kompleks o‘rganish asosida mahalliy tuproq-iqlim sharoitlariga mos, stress omillarga chidamli, qimmatli morfoxo‘jalik belgilarga ega, ertapishar va yuqori mahsuldor navni yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Vigna radiata (L.) var. radiata R.Wilczek turiga mansub bo‘lgan Milliy genofondida mavjud moshning introduksiya etilgan 138 yangi kolleksiya namunalari morfobiologik va qimmatli-xo‘jalik belgilari bo‘yicha kompleks o‘rganilgan va mahalliy tuproq-iqlim sharoitlariga mos istiqbolli namunalar ajratb olingan;
mosh kolleksiyani qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha o‘rganish natijasida vegetatsiya davri 64,8-66,8 kun bo‘lgan ultra ertapishar 8 ta ultra ertapishar, 1 ta ertapishar (74,5 kun), don hosildorligi bo‘yicha 3 ta (24,5-26,5 s/ga), dukkakdagi donlar soni bo‘yicha (11,5 dona) 2 ta, 1000 dona urug‘ vazni bo‘yicha (65,2-90,0 g) 3 ta namunalar ajratib olingan;
moshning introduksiya etilgan yangi kolleksiya namunalarini kompleks o‘rganish asosida mahalliy tuproq-iqlim sharoitlariga mos, stress omillarga chidamli, qimmatli morfoxo‘jalik belgilarga ega, ertapishar va yuqori mahsuldor «Barqaror» navi yaratilgan;
moshning yaratilgan «Barqaror» yangi navi respubikada etishtirilayotgan mahalliy an’anaviy navlarga nisbatan ertapisharligi (74,5 kun), donining yirikligi (1000 dona urug‘ vazni- 90,0 g), don hosildorligi (24,0-25,0 s/ga), o‘rta sho‘rlanishga chidamli, mexanizasiya yordamida hosilni yig‘ishtirib olishga yaroqli bilan farq qilishi tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorijdan introduksiya yoʻli orqali Milliy genofondga jalb etilgan moshning yangi kolleksiya namunalarini kompleks o‘rganish asosida mahalliy tuproq-iqlim sharoitlariga mos, stress omillarga chidamli, qimmatli morfoxo‘jalik belgilarga ega, ertapishar va yuqori mahsuldor navni yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotar asosida:
Ilmiy izlanishlar davomida Milliy Genbankda mavjud introduksiya etilgan moshning 140 ta yangi kolleksiya namunalarini morfoxo‘jalik belgi va xususiyatlari hamda mahalliy tuproq-iqlim sharoitlariga moslashuvchanligini o‘rganish asosida istiqbolli 25 ta namunlar tanlab olingan va natijada moshning «Barqaror» navi yaratilib, O‘GRITI Milliy Genofondiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirlining 2024 yil 17-yanvardagi №06/22-21-06/84-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu namunalar mosh seleksiyasining turli yoʻnalishlari bo‘yicha yangi nav va duragaylar yaratishda birlamchi manba sifatida foydalanilmoqda.
Mahalliy tuproq-iqlim sharoitlariga mos, stress omillarga chidamli, qimmatli morfoxo‘jalik belgilarga ega, ertapishar va yuqori mahsuldor «Barqaror» naviga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan №NAP 00380 raqamli mualliflik huquqini tasdiqlovchi patent olingan hamda ushbu nav konkurs sinovlari natijalari va ekspert komissiyasi xulosasiga asosan 2022 yildan Toshkent, Sirdaryo va Buxoro viloyatlari bo‘yicha sug‘oriladigan asosiy va takroriy muddatlarda etishtirish maqsadida respublika hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari Davlat reestrida istiqbolli navlar ro‘yhatiga kiritilgan hamda 2021-2022 yillar davomida Toshkent viloyatining Qibray tumanining O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti Ishlab chiqarish bo‘limi dalasida 30,0 ga er maydonida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirlining 2024 yil 17-yanvardagi №06/22-21-06/84-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu xo‘jalikda moshning «Barqaror» navidan o‘rta hisobda 19,5 s/ga don hosildorligi hosili etishtirilib olingan.
Intensiv tipidagi moshning «Barqaror» navi 2021-2022 yillar davomida Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani Turkiston hududida joylashgan «Inovatsiya va texnologiyalarni joriy qilish markazi» MChJ xo‘jaligida 45,0 ga va Moyli va tolali ekinlar ilmiy-tajriba stansiyasi xo‘jaligida 33,0 ga, jami tuman bo‘yicha 78 ga er maydonlarida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil, 17-yanvardagi №03/22-21-06/84-sonli ma’lumotnomasi). Natijada moshning hosildorligi 19,5 s/ga ni tashkil qilib, har bir gektar maydondan 26,3 mln so‘m miqdorida sof foyda, sarflangan har 1,0 so‘m evaziga 13,3-14,0 so‘m qo‘shimcha foyda olingan.