Dusmuxamedov Shavkat Maxmudjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dental implantatsiyani raqamli texnologiyalar asosida rejalashtirish va operatsiyadan keyingi asoratlar profilaktikasi» 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2838.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Abduazim Abduvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019. Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Baymuradov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shunui Lee tibbiyot fanlari doktori, professor (Koreya Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Tokay tibbiyot markazi (Yaponiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tish katori nuqsoni mavjud bemorlarda dental implantatsiyani tekshirish algoritmini ishlab chiqish va uni individual jarroxlik shablonidan foydalangan xolda mukammallashtirish xamda operatsiyadan keyingi asoratlarni oldini olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
og‘iz ichi skanerlash va kompyuter modellashtirishdan foydalangan holda dental implantatsiyani rejalashtirish va o‘rnatish implantning cho‘qqisida va platformasida og‘ish xatoligining kamayishi va shu bilan implantatsiyaning yuqori aniqligiga olib kelishi rentgenologik tadqiqotlar bilan asoslangan;
jarrohlik sohasida uch o‘lchovli kompyuter modellashtirish, implantlarni virtual joylashtirish va og‘iz bo‘shlig‘ining yumshoq to‘qimalarini og‘iz ichi skanerlash usullaridan foydalanish, darhol dental implantatsiyasining suyak va yumshoq to‘qimalar augmentatsiyasi bilan birgalikda o‘tkazish imkonini berishi aniqlangan;
darhol dental implantatsiyaga tayyorgarlik ko‘rishda milk cho‘ntagi mikroflorasi tarkibini olinadigan tish sohasidagi tish katakchasiga implantatsiyadan oldin va operatsiya vaqtida antibakterial preparatlarni qo‘llaganda St. Aureus, St. Hemoliticus, Str. Sanguis kabi qo‘zg‘atuvchilar tomonidan yallig‘lanishi asoratlar va periimplantit rivojlanishining oldini olishga olib kelishi mikrobiologik tekshirish asosida isbotlangan;
darhol dental implantatsiyasning taklif etilayotgan uch o‘lchovli kompyuter modellashtirish va intraoral skanerlash asosida individual jarrohlik shabloni yordamida o‘tkaziluvchi diagnostik va davolash algoritmidan foydalanish, alveolyar tizma qalinligini va milkning biotipini aniqlash orqali estetik jihatdan ahamiyatga ega bo‘lgan sohaning optimal tiklanishiga imkon berishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dental implantatsiyani raqamli texnologiyalar asosida rejalashtirish va operatsiyadan keyingi asoratlar profilaktikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2024-yil 8-iyuldagi 2-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: og‘iz ichi skanerlash va kompyuter modellashtirishdan foydalangan holda dental implantatsiyani rejalashtirish va o‘rnatish implantning cho‘qqisida ham, platformasida ham og‘ish xatoligining kamayishi va shu bilan implantatsiyaning yuqori aniqligiga olib kelishi rentgenologik tadqiqotlar bilan asoslanganligi Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspertlar kengashi tomonidan 2023-yil 31-maydagi 04-r/31-son bilan tasdiqlangan “Dental implantologiyada raqamli texnologiyalarni qo‘llash” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma xamda Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspertlar kengashi tomonidan 2023-yil 31-maydagi 04-r/32-son bilan tasdiqlangan “To‘liq ikkilamchi adentiya holatidagi bemorlarni yakuniy protezlash bosqichida vaqtinchalik protezlarni skanerlashning samaradorligi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shaxar 4-son Bolalar stomatologiya poliklinikasining 10.09.2023-yildagi №64 sonli buyrug‘i bilan xamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasining 09.09.2023-yildagi №84 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: implantatsiyasining aniqligini oshirishga imkon berib, shu bilan birga operatsiya vaqtida jarrohlik shablonining harakatchanligi tufayli implantat og‘ishining namoyon bo‘lishini minimallashtirish va operatsiyadan keyingi yuqori aniqlikga erishishda, texnik muammolarni va asoratlarni oldindan prognozlash, oldini olishda tibbiy-ijtimoiy ahamiyatga ega. Iqtisodiy samaradorligi: birlamchi qisman adentiya bilan og‘rigan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘ini to‘g‘ri va muvaffaqiyatli reabilitatsiya qilish, ayniqsa implantni darhol o‘rnatish va yuklash imkonini beradi. Implant va uning tayanch birikmasi noto‘g‘ri o‘rnatilishi natijasida vintning bo‘shashishi/sinishi, keramik qoplamaning sinishi/ezilishi /uchishiga olib keladi, bu esa ularni almashtirishni talab qiladi (300000 + 12000000 = 12300000 so‘m). Ba’zan alveolyar o‘siq hajmining kamayishi, yallig‘lanishi va implantning yo‘qolishi sababli ham medikamentoz (200000 so‘m), ham jarrohlik (12000000 so‘mgacha) davolanishni talab qiladi. Xulosa: implantatsiyadan oldin og‘iz ichi skanerlash va kompyuter tamografiya atijalari yordamida modellashtirish texnikasidan foydalangan xolda bemor to‘qimalarining individual konturlariga ko‘ra implantatsiyani oldindan rejalashtirish va baxolash imkonini beradi. Bu esa o‘tkaziladigan implantatsiyani implant platformasidagi og‘ish xatoligi ko‘rsatkichlarini 4,8 baravarga, implant cho‘qqisida 1,5 baravarga va angulyasiya bo‘yicha xatolikni 2,52 baravarga kamaytirib, yuqori aniqlikda bajarish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: jarrohlik sohasida uch o‘lchovli kompyuter modellashtirish, implantlarni virtual joylashtirish va og‘iz bo‘shlig‘ining yumshoq to‘qimalarini og‘iz ichi skanerlash usullaridan foydalanish, darhol dental implantatsiyasining suyak va yumshoq to‘qimalar augmentatsiyasi bilan birgalikda o‘tkazish imkonini berishi aniqlanganligi Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspertlar kengashi tomonidan 2023-yil 31-maydagi 04-r/31-son bilan tasdiqlangan “Dental implantologiyada raqamli texnologiyalarni qo‘llash” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shaxar 4-son Bolalar stomatologiya poliklinikasining 10.09.2023-yildagi №64 sonli buyrug‘i bilan xamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasining 09.09.2023-yildagi №84 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: estetik milk va suyak ko‘rsatkichlarining uzoq muddatdagi ehtimoliy o‘zgarishlarining informatsion me’zonlari o‘rnatildi va ularda asoratlar rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan guruhlar shakllantirildi. Iqtisodiy samaradorligi: ikkilamchi qisman adentiya bilan og‘rigan bemorlarda implantatsiya asoratlarini kompleks davolashda kamida 5 kun (300000 so‘m) dori bilan yoki suyak plastikasini replantatsiya usuli yordamida amalga oshiriladi (13200000 + 3300000 = 16500000 so‘m). Xulosa: og‘iz ichi skanerlash va kompyuter tomografiyasi ma’lumotlaridan foydalangan xolda zudlik bilan tish implantatsiyasi va yumshoq to‘qimalarni augmentatsiyasi usullarini birgalikda qo‘llash jarroxlik aralashuvning davomiyligini qisqartirib, tabassum estetikasi me’zonlarini (shilliq qavat qalinligi 161,5%ga, gingival konturning karama karshi ushbu tishi zenitlari orasidagi farqini 612%ga, tishning mezial va distal so‘rg‘ichi balandligi 53,4%ga) sezilarli darajada yaxshilanishiga, bu bilan operatsiyadan keyin yumshoq to‘qimalarning tabiiy konturini saqlab qolishga imkon berishi bilan asoratlar sonini kamaytirishga va bemorlarning sifatli hayotini oshirishga yordam berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: darhol dental implantatsiyaga tayyorgarlik ko‘rishda milk cho‘ntagi mikroflorasi tarkibini olinadigan tish sohasidagi tish katakchasiga implantatsiyadan oldin va operatsiya vaqtida antibakterial preparatlarni qo‘llaganda St. Aureus, St. Hemoliticus, Str. Sanguis kabi qo‘zg‘atuvchilar tomonidan yallig‘lanishi asoratlar va periimplantit rivojlanishining oldini olishga olib kelishi mikrobiologik tekshirish asosida isbotlanganligi Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspertlar kengashi tomonidan 2023-yil 31-maydagi 04-r/31-son bilan tasdiqlangan “Dental implantologiyada raqamli texnologiyalarni qo‘llash” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shaxar 4-son Bolalar stomatologiya poliklinikasining 10.09.2023-yildagi №64 sonli buyrug‘i bilan xamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasining 09.09.2023-yildagi №84 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: surunkali periodontit bilan og‘rigan bemorlarda darxol tish implantatsiyasini rejalashtirishda zamonaviy texnologiyalar yutuqlariga asoslanib operatsiyadan keyingi asoratlarni kamaytirish va implantni uzoq muddatli yashab qolish ko‘rsatkichini yaxshilash (12%ga) orqali tish implantatsiyasi samaradorligini oshirishga qaratilgan. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarning reabilitatsiya davrini qisqartirish, qo‘llanilayotgan material tannarxi, sarflangan vaqt, qatnovlar soni va bir qatnov uchun ketgan vaqtlarning o‘rtacha arifmetik qiymati bo‘yicha har bir bemor uchun 16800000 so‘mga (300000 so‘m (dori bilan davolash) – 16500000 so‘m (jarrohlik davolash)) xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: mikrobiologik tadqiqotlarni dinamikada tahlil qilish asosida, periodontal suyuqlikdagi mikroblarning antibiotiklarga sezgirligini taxlil qilish va shu asosida operatsiyadan oldin va to‘g‘ridan-to‘g‘ri implantatsiya vaqtida antibakterial preparatlarni qo‘llash operatsiyadan keyingi davrlarda maxalliy yallig‘lanish asoratlarini 2,5 baravar kamaytirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: darhol dental implantatsiyasning taklif etilayotgan uch o‘lchovli kompyuter modellashtirish va intraoral skanerlash asosida individual jarrohlik shabloni yordamida o‘tkaziluvchi diagnostik va davolash algoritmidan foydalanish, alveolyar tizma qalinligini va milkning biotipini aniqlash orqali estetik jihatdan ahamiyatga ega bo‘lgan sohaning optimal tiklanishiga imkon berishi isbotlanganligi Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspertlar kengashi tomonidan 2023-yil 31-maydagi 04-r/31-son bilan tasdiqlangan “Dental implantologiyada raqamli texnologiyalarni qo‘llash” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma xamda Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspertlar kengashi tomonidan 2023-yil 31-maydagi 04-r/32-son bilan tasdiqlangan “To‘liq ikkilamchi adentiya holatidagi bemorlarni yakuniy protezlash bosqichida vaqtinchalik protezlarni skanerlashning samaradorligi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shaxar 4-son Bolalar stomatologiya poliklinikasining 10.09.2023-yildagi №64 sonli buyrug‘i bilan xamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasining 09.09.2023-yildagi №84 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: adentiya bilan og‘rigan bemorlarga operatsiyadan keyingi asoratlarni rivojlanish xavfini kamaytiradi, bu esa implantatsiyaning davomiyligi va funksionalligiga ijobiy ta’sir qiladi xamda kompyuter yordamida modellashtirish suyak tapografiyasi va milk biotipi turiga qarab YoSR va EBTTga bo‘lgan extiyojni aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ikkilamchi qisman adentiya bilan og‘rigan bemorlarda implantatsiya asoratlarini kompleks davolashda kamida 5 kun (300000 so‘m) dori bilan davolash, shuningdek, asoratning murakkablik darajasiga qarab qayta implantatsiyadan tortib suyak plastikasini o‘tkazishgacha (13200000 + 3300000 = 16500000 so‘m) bo‘lgan miqdordagi iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkun. Xulosa: jag‘ning uch o‘lchovli kompyuter modellashtirish natijalari va intraoral skanerlash ma’lumotlari asosida estetik jihatdan muhim sohadagi milk biotipi va alveolyar suyak xajmini aniqlagan xolda darxol tish implantatsiyasi uchun diagnostika va davolash algoritmi ishlab chiqilgan.