Utepova Nigora Burxonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pestisidlar ta’siri sharoitida tug‘ilgan avlod limfa tugunlarining postnatal rivojlanishi», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2640.
Ilmiy rahbar: Azizova Feruza Xusanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Oripov Firdavs Sur’atovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Xamrakulova Muqaddasxon Askarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xo‘ja Axmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: ona organizmiga pestisidlarning surunkali ta’siri sharoitida tug‘ilgan avlodda ilk postnatal davrda mezenterial limfa tugunlari (MLT)ning struktur-funksional xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik dozada surunkali yuborilgan fipronilning urg‘ochi kalamushlarni fertillik xususiyatlarini pasaytirishi va ulardan tug‘ilgan avlodning ilk postnatal davrda fiziologik rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
urg‘ochi kalamushlarga homiladorlik va laktatsiya davrlarida fipronilning surunkali ta’siri avlod mezenterial limfa tugunlarining struktur-funksional zonalarini ilk postnatal rivojlanishi va shakllanishi sur’atlarini sezilarli darajada pasaytirishi isbotlangan;
urg‘ochi kalamushlarga fipronilning surunkali ta’siri natijasida mezenterial limfa tugunlari hujayralarining proliferatsiyasi va apoptozi jarayonlari o‘rtasida yuzaga keladigan nomutanosiblik a’zoning timusga tobe zonalarini gipotrofiyasi va gipoplaziyasiga olib kelishi aniqlangan;
ona organizmiga fipronilning surunkali ta’siri sharoitida avlodning mezenteral limfa tugunlarida immunkompetent hujayralarning proliferativ faolligining pasayishi va apoptoz darajasining oshishi ilk postnatal davrda rivojlanadigan ikkilamchi immuntanqisligining morfologik asosi ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ona organizmiga pestisidlarning surunkali ta’siri sharoitida tug‘ilgan avlodda ilk postnatal davrda MLTning struktur-funksional xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: kichik dozada surunkali yuborilgan fipronilning urg‘ochi kalamushlarni fertillik xususiyatlarini pasaytirishi va ulardan tug‘ilgan avlodning ilk postnatal davrda fiziologik rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 16 iyunda 05-23/43-t-son bilan tasdiqlangan «Piretroid pestisidlarining prenatal ta’sirining mezenterial limfa tugunlarining postnatal rivojlanishiga toksik ta’sirini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent davlat stomatologiya instituti «Stomatologiya va yuz-jag‘ jarrohligi» markazi qoshidagi «Morfologiya ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi» bo‘yicha 17.06.2023 yildagi 221/AF-son hamda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti tibbiy va biologik kimyo, tibbiy biologiya, umumiy genetika kafedrasi qoshidagi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi bo‘yicha 19.06.2023 yildagi 261-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 03/56-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: fipronilning mezenteral limfa tugunlarini postnatal rivojlanishiga salbiy ta’sirining morfologik mexanizmlarini ochib beruvchi mazkur tadqiqot natijalari bolalarda rivojlanishi mumkin ikkilamchi immun tanqisligining oldini olish va tuzatishning samarali usullarini ishlab chiqish uchun nazariy asos bo‘ladi. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitida bolalarda immuntanqislik holatini tashhislash va davolashga sarflanadigan byudjet mablag‘lari ona organizmi orqali fipronil pestisidining surunkali ta’siri natijasida avlodda rivojlanadigan immun buzilishlarni oldindan ko‘ra bilish va erta aniqlash natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: urg‘ochi kalamushlarga homiladorlik va laktatsiya davrlarida fipronilning surunkali ta’siri avlod mezenterial limfa tugunlarining struktur-funksional zonalarini ilk postnatal rivojlanishi va shakllanishi sur’atlarini sezilarli darajada pasaytirishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 16 iyunda 05-23/43-t-son bilan tasdiqlangan «Piretroid pestisidlarining prenatal ta’sirining mezenterial limfa tugunlarining postnatal rivojlanishiga toksik ta’sirini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent davlat stomatologiya instituti «Stomatologiya va yuz-jag‘ jarrohligi» markazi qoshidagi «Morfologiya ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi» bo‘yicha 17.06.2023 yildagi 221/AF-son hamda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti tibbiy va biologik kimyo, tibbiy biologiya, umumiy genetika kafedrasi qoshidagi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi bo‘yicha 19.06.2023 yildagi 261-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 03/56-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: fipronilning mezenteral limfa tugunlarini postnatal rivojlanishiga salbiy ta’sirining morfologik mexanizmlarini ochib beruvchi mazkur tadqiqot natijalari bolalarda rivojlanishi mumkin ikkilamchi immun tanqisligining oldini olish va tuzatishning samarali usullarini ishlab chiqish uchun nazariy asos bo‘ladi. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitida bolalarda immuntanqislik holatini tashhislash va davolashga sarflanadigan byudjet mablag‘lari ona organizmi orqali fipronil pestisidining surunkali ta’siri natijasida avlodda rivojlanadigan immun buzilishlarni oldindan ko‘ra bilish va erta aniqlash natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: urg‘ochi kalamushlarga fipronilning surunkali ta’siri natijasida mezenterial limfa tugunlari hujayralarining proliferatsiyasi va apoptozi jarayonlari o‘rtasida yuzaga keladigan nomutanosiblik a’zoning timusga tobe zonalarini gipotrofiyasiga olib kelishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 16 iyunda 05-23/43-t-son bilan tasdiqlangan «Piretroid pestisidlarining prenatal ta’sirining mezenterial limfa tugunlarining postnatal rivojlanishiga toksik ta’sirini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent davlat stomatologiya instituti «Stomatologiya va yuz-jag‘ jarrohligi» markazi qoshidagi «Morfologiya ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi» bo‘yicha 17.06.2023 yildagi 221/AF-son hamda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti tibbiy va biologik kimyo, tibbiy biologiya, umumiy genetika kafedrasi qoshidagi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi bo‘yicha 19.06.2023 yildagi 261-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 03/56-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: fipronilning mezenteral limfa tugunlarini postnatal rivojlanishiga salbiy ta’sirining morfologik mexanizmlarini ochib beruvchi mazkur tadqiqot natijalari bolalarda rivojlanishi mumkin ikkilamchi immun tanqisligining oldini olish va tuzatishning samarali usullarini ishlab chiqish uchun nazariy asos bo‘ladi. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitida bolalarda immuntanqislik holatini tashhislash va davolashga sarflanadigan byudjet mablag‘lari ona organizmi orqali fipronil pestisidining surunkali ta’siri natijasida avlodda rivojlanadigan immun buzilishlarni oldindan ko‘ra bilish va erta aniqlash natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ona organizmiga fipronilning surunkali ta’siri sharoitida avlodning mezenteral limfa tugunlarida immunkompetent hujayralarning proliferativ faolligining pasayishi va apoptoz darajasining oshishi ilk postnatal davrda rivojlanadigan ikkilamchi immuntanqisligining morfologik asosi ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 16 iyunda 05-23/43-t-son bilan tasdiqlangan «Piretroid pestisidlarining prenatal ta’sirining mezenterial limfa tugunlarining postnatal rivojlanishiga toksik ta’sirini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent davlat stomatologiya instituti «Stomatologiya va yuz-jag‘ jarrohligi» markazi qoshidagi «Morfologiya ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi» bo‘yicha 17.06.2023 yildagi 221/AF-son hamda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti tibbiy va biologik kimyo, tibbiy biologiya, umumiy genetika kafedrasi qoshidagi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi bo‘yicha 19.06.2023 yildagi 261-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 03/56-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: fipronilning mezenteral limfa tugunlarini postnatal rivojlanishiga salbiy ta’sirining morfologik mexanizmlarini ochib beruvchi mazkur tadqiqot natijalari bolalarda rivojlanishi mumkin ikkilamchi immun tanqisligining oldini olish va tuzatishning samarali usullarini ishlab chiqish uchun nazariy asos bo‘ladi. Iqtisodiy samaradorligi: statsionar sharoitida bolalarda immuntanqislik holatini tashhislash va davolashga sarflanadigan byudjet mablag‘lari ona organizmi orqali fipronil pestisidining surunkali ta’siri natijasida avlodda rivojlanadigan immun buzilishlarni oldindan ko‘ra bilish va erta aniqlash natijasida iqtisod qilinadi.